(1-q.)
Ushbu boʻlimda nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarni
inobatga olgan holda chegirilishi lozim boʻlgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi soliq
toʻlovchining zarari deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan koʻrilgan zararlar deb
eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Oldingi soliq davrida (davrlarida) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq
hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) boʻlgan soliq toʻlovchi joriy soliq davrining foydasini ushbu
koʻrilgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga
muvofiq toʻrtinchi-beshinchi qismlar chiqarib
tashlangan
(4-q.) Soliq toʻlovchi zararni ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi oʻn yil mobaynida
kelgusiga oʻtkazishni amalga oshirishga haqlidir.
(5-q.) Oʻtkazilayotgan zararning har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan jami
summasi ushbu boʻlimga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy soliq davri soliq bazasining 60
foizidan oshib ketishi mumkin emas.
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq oltinchi-toʻqqizinchi qismlari
toʻrtinchi-yettinchi qismlar deb hisoblansin
(4-q.)
Soliq bazasi oldingi soliq davrida (davrlarida) koʻrilgan zarar summasiga faqat joriy
soliq davrining yakunlari boʻyicha kamaytirilishi mumkin.
(5-q.)
Bir kalendar yildan ortiq yillarda koʻrilgan zararlar ular koʻrilgan ketma-ketlikda
oʻtkaziladi.
(6-q.)
Bosh bankdan umidsiz qarzlarni oluvchi shoʻba tashkiloti tomonidan koʻrilgan
zararlar kelgusi davrlarga oʻtkazilmaydi.
(7-q.)
Zararlarni oʻtkazishning alohida hollardagi oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning
334-336-moddalarida nazarda tutilgandir.
Dostları ilə paylaş: