Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə331/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

456-modda. Soliq toʻlovchilari 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(1-q.)
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar 
ushbu vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti 
uchun yigʻimning soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy 
ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi 
haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga ega boʻlgan 
yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning soliq 
toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi. 
457-modda. Soliq solish obyekti 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 
Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va 
uning hududi orqali tranziti yigʻimlarning soliq solish obyektidir. 
458-modda. Soliq bazasi 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 


Chet davlatlarning avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda 
va uning hududi orqali tranzit oʻtayotganda soliq bazasi hisoblanadi. 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga 
muvofiq 459-modda chiqarib tashlangan 
459-modda. Soliq imtiyozlari 
Avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻimni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: 
1) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil 
avtomobilni va (yoki) motoaravachani sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi boʻlgan 
shaxslar; 
2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va 
motoaravachalar oluvchi fuqarolar;
3) faoliyatining asosiy turi yoʻlovchilar tashish boʻlgan, qonunchilikka muvofiq yoʻlovchilar 
tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega boʻlgan avtomobil transporti korxonalari 
- yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari boʻyicha (yengil avtomobillar va 
yoʻnalishli taksilardan tashqari); (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
4) yuridik shaxslar - qirq tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan, sotib olingan kon 
avtosamosvallari boʻyicha; 
5) homiylik (begʻaraz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, 
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik 
yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan 
tibbiyot muassasalari;
6) yuridik shaxslar - avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xoʻjalik boshqaruvi 
organi) ichida balansdan balansga bepul oʻtkazish chogʻida; 
7) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris; 
8) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan yuridik 
shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar; 
9) faqat elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladigan avtomototransport vositalarini sotib 
oluvchi va (yoki) ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirishni amalga 
oshiruvchi shaxslar. (OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin