Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-1-modda. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə333/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

460-1-modda. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya
qilish huquqi uchun yigʻim toʻlash tartibi 
(OʻzR 12.10.2021-y. OʻRQ-721-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) 
(1-q.) Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim alkogol mahsulotlarini 
realizatsiya qilish boshlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran toʻlanadi. 
Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yigʻim ushbu oy uchun 
toʻliq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi 
oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqiladi. 
(2-q.) Agar alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish 
korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish 
punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar 
belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining 
soniga hamda ularning har biri joylashgan hudud miqdoriga mutanosib ravishda hisoblab 
chiqariladi va undiriladi. 
(3-q.) Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati toʻxtatib turilganda yoki 
tugatilganda yigʻimni hisoblash keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatib turiladi. 
(4-q.) Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim har oyda oldindan 
toʻlov shaklida, joriy oyning oʻninchi sanasiga qadar toʻlanadi. 
(5-q.) Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yigʻimlar 
qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi. 
XX BOʻLIM. 
AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ 
66-bob. Aylanmadan olinadigan soliqni 
hisoblab chiqarish va toʻlash (461 - 470-1-moddalar) 


66-BOB. AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQNI 
HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH 
461-modda. Soliq toʻlovchilar 
462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni 
qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari 
463-modda. Soliq solish obyekti 
464-modda. Soliq bazasi 
465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq 
bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
466-modda. Daromadlarga tuzatish kiritish 
467-modda. Soliq stavkalari 
468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish 
469-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq 
hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
470-1-modda. Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi 
boʻyicha soliq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin