Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

463-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish 
obyektidir, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan 
oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chogʻida inobatga olinmaydigan 
daromadlar mustasno. 
(2-q.)
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad 
deganda quyidagilar tushuniladi:
qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va 
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-
montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini 
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni 
materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, 
ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz 
kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan 


hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi 
daromadi sifatida belgilanadi;
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara 
(lizing) boʻyicha foizli daromad summasi; 
vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid 
boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun - 
koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun - agar ushbu moddada 
boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish 
bahosi (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, 
sogʻlomlashtirish hamda xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat, aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, taʼlim muassasalariga bepul beriladigan 
tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi. 
OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son
Qonuniga 
muvofiq oltinchi xatboshi chiqarib tashlangan 
notijorat tashkilotlarining ushbu Kodeks 318-moddasining birinchi qismida koʻrsatilmagan 
daromadlari. 
(3-q.)
Soliq solish obyekti boʻlib quyidagilar ham hisoblanadi: 
1) tovarlarni (xizmatlarni) quyidagilarga: 
a) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchi chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud uning yuridik 
shaxsdagi ulushi kamaytirilganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan uning ushbu 
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning qismi) qaytarib sotib olinganda ushbu 
ishtirokchiga berish; 
b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar 
qaytarib sotib olinganda aksiyadorga berish; 
v) yuridik shaxs tugatilganda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish; 
2) tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxs mehnatiga haq toʻlash hisobidan yoki dividend 
toʻlash hisobidan berish; 
3) tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish uchun berish, agar tovarlar va 
(yoki) mulk qayta ishlash mahsuloti sifatida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan 
boʻlsa; 
4) koʻp marta aylanadigan, sotuvchiga qaytarilishi shart boʻlgan idishlarni, agar idish 
mahsulotni shunday idishda yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan 
boʻlsa, berish. 
(4-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vaucherlarni realizatsiya qilish 
yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha daromadlar ushbu Kodeksning 303-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda jami daromad tarkibiga kiritiladi. 
(6-q.)
Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chogʻida kursdagi ijobiy va salbiy 
farqlar oʻrtasidagi saldo soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladi. Kursdagi salbiy farqning summasi 
kursdagi ijobiy farq summasidan ortiq boʻlgan taqdirda oshib ketgan summa aylanmadan 
olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliq bazasini kamaytirmaydi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoxud 
qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlash davrida aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga 
oʻtguniga qadar olingan daromadlar jami daromadga kiritilmaydi. 



Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin