Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə338/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq 
bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi boʻlib ushbu Kodeks 463-moddasiga 
muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi 
hisoblanadi. 
(2-q.)
Jismoniy shaxs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda oʻzining 
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat koʻrsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish 
holatining oʻzidan yaqqol kelib chiqmasa, koʻrsatishi shart. 


(3-q.)
Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad soligʻi solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy 
(oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.
466-modda. Daromadlarga tuzatish kiritish 
(1-q.)
Hisobot soliq davrida soliq bazasini koʻpaytirish yoki kamaytirish daromadlarga 
tuzatish kiritish deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi: 
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda; 
2) bitim shartlari oʻzgarganda; 
3) narxlar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda; 
4) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir 
yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha esa kafolat 
muddati doirasida amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi 
qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiradi. 
(5-q.)
Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish 
kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(6-q.)
Daromadlarga tuzatish kiritish soliq toʻlovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan 
aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish 
kiritiladigan daromadlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash hollari mustasno. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin