Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

T/r 
Soliq toʻlovchilar 
Bir yillik soliq
stavkalari 
(mln soʻmda) 
1. 
Jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar 
20 
2. 
Jami daromadi besh yuz million soʻmdan yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar 
30 
(4-q.)
Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlash tartibi ushbu 
Kodeksning 470-1-moddasida belgilangan. 
468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish 


(1-q.)
Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat 
turi bilan shugʻullanadigan soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida 
hisob yuritishi hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha 
soliqni toʻlashi shart.
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik 
shaxs boʻlmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq 
toʻlovchilarga nisbatan ham qoʻllaniladi. 
(3-q.)
Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining 4, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21, 
22, 23, 25 va 27-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga 
soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi 
ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha soliq solinadi. 
(4-q.)
Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining 2-14-bandlarida koʻrsatilgan 
faoliyat turlari mavjud boʻlmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan 
daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq 
solinadi. 
469-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
(1-q.)
Kalendar yil soliq davridir. 
(2-q.)
Bir oy hisobot davridir. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(Oldingi tahririga qarang) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin