toʻliq summasi oʻrnini qoplash uchun yetarli boʻlmaganda esa - renta daromadi summasiga
kamaytiriladi. Bunda jamgʻarilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga
qaratilgan summaga kamaytiriladi.
(13-q.)
Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq toʻlovchi kapital
xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari boʻyicha renta zararini olgan
hollarda, bu zarar "jamgʻarilgan renta zarari" maxsus hisobvaragʻiga kiritiladi va unga nisbatan
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
(14-q.)
Ushbu moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda
keyingi soliq davrida "jamgʻarilgan renta zarari" hisobvaragʻida hisobga olinadigan summa ushbu
moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi.
(15-q.)
Agar jamgʻarilgan renta zarari toʻlanganidan va renta daromadi shakllanganidan
keyin soliq toʻlovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, koʻrsatilgan zararning oʻrni mazkur
moddaning oʻn ikkinchi - oʻn toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibga oʻxshash tartibda
qoplanadi.
(16-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qaʼri
uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga oʻtkazilganda, sotilgan
sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud boʻlgan renta zararining qoldigʻi ushbu moddaning
beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga
oʻtadi.
(17-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun
ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida oʻrni qoplanmagan jamgʻarilgan renta zarari
soliq toʻlovchiga kompensatsiya qilinmaydi.
(18-q.)
Soliq toʻlovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va
daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek
majburiy auditdan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur
xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart.
Dostları ilə paylaş: