Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-1-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

71-1-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
AYRIM HUDUDLARIDA SOLIQ SOLISHNING 
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan bob) 
480-1-modda. Umumiy qoidalar 
480-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida 
soliq stavkalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari 
480-1-modda. Umumiy qoidalar 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 480-2-
moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning 
alohida tartibi belgilanishi mumkin. 
(2-q.)
Soliq solishning alohida tartibiga ega Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlari 
quyidagilardan iborat: Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara 
mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot 
mahallasining Toshtepa - 2 koʻchasi. 
480-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida 
soliq stavkalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi 
miqdorlarda belgilanadi: 
1) foyda soligʻi boʻyicha - 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim 
hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan 
daromadlar olayotgan soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha - 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi 
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chogʻida 
qoʻllaniladi. 
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirayotgan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad soligʻi har chorakda yigirma besh ming soʻm miqdorida toʻlanadi; 
3) ijtimoiy soliq boʻyicha: 
yuridik shaxslar uchun (bundan budjet tashkilotlari mustasno) - 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi 
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 
jismoniy shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondiga nisbatan qoʻllaniladi; 


Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari 
miqdorida; 
4) aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha - 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi soliq toʻlovchilarga 
nisbatan ular tushumining Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan 
faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qoʻllaniladi. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlarida joylashgan koʻchmas mulk 
obyektlariga va yer uchastkalariga, shuningdek ushbu hududlarda foydalaniladigan suv 
resurslariga nisbatan mazkur Kodeksning 415, 422, 429, 437 va 445-moddalarida belgilangan mol-
mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,1 
koeffitsiyent qoʻllaniladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin