Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə350/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

72-BOB. ALOHIDA SHAROITLARDA SOLIQ 
MAJBURIYATLARINI BAJARISH 
(OʻzR 01.12.2020-y. OʻRQ-652-son Qonuniga muvofiq kiritilgan bob) 
481-modda. Alohida sharoitlarda qoʻshimcha vakolatlar berish 
482-modda. Soliqlarni, soliqlar boʻyicha 
boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foizsiz toʻlashni 
kechiktirishning yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni qoʻllashning 
va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini 
bajarishning vaqtinchalik tartibi 
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari 
481-modda. Alohida sharoitlarda qoʻshimcha vakolatlar berish 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yilning alohida sharoitlarida quyidagilarni 
nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir: 
1) ushbu Kodeksda va "2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti 
toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan ayrim soliqlar va yigʻimlar (bundan 
qoʻshilgan qiymat soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) stavkalarini 
oʻzgartirish; 
2) ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar, shu jumladan ular boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlar 
hamda yigʻimlarni toʻlash muddatlarini uzaytirish; 
3) soliq, moliyaviy hisobotlarni va (yoki) soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bogʻliq boshqa 
hujjatlarni, shuningdek ularni taqdim etmaganlik (oʻz vaqtida taqdim etmaganlik) uchun 
javobgarlikni qoʻllamaslik asoslari va (yoki) shartlarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish; 
4) soliqlar, penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash 
imkoniyatini berish, shuningdek ularni berish tartibi va shartlarini qayta koʻrib chiqish; 
5) soliqlar, yigʻimlar, penyalar va jarimalarni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomalarni joʻnatish 
va ijro etish muddatlarini, shuningdek soliqlar, yigʻimlar, penyalar, jarimalarni undirish toʻgʻrisida 
qarorlar qabul qilish muddatlarini uzaytirish; 
6) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi va yer qaʼridan 
foydalanganlik uchun soliq mustasno) soliq imtiyozlarini berish; 
7) soliqlar, penyalar va jarimalarni majburiy undirish choralarini toʻxtatib turish. 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal 
qilishi davrida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda 


nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan 
tartibga solinadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin