(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim shunday guruhning barcha ishtirokchilari tomonidan
yangidan qoʻshib olinayotgan ishtirokchilarni qoʻshib hisoblaganda
va guruhdan chiqayotgan
ishtirokchilarni istisno etgan holda qabul qilinadi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq organiga quyidagi
muddatlarda taqdim etiladi:
1) mazkur shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda
- soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning
amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin;
2) boshqa hollarda - soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish uchun holatlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran bir oy ichida.
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning masʼul
ishtirokchisi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1) shartnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi bildirish xati;
2) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining
vakolatli shaxslari
tomonidan shartnomani oʻzgartirish, shu jumladan uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi
imzolangan bitimning ikkita nusxasi;
3) shartnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan shaxslarning
vakolatlarini tasdiqlovchi
hujjatlar;
4) shartnomaga kiritilgan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksning 62-
moddasida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorning ikkita nusxasi.
(7-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni ushbu moddaning oltinchi qismida
koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida roʻyxatdan oʻtkazishi va
mazkur guruh masʼul ishtirokchisining vakolatli vakiliga oʻzgartishlarning bir nusxasini, u
roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgini qoʻygan holda, berishi shart.
(8-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar
asos boʻladi:
1) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarning soliq toʻlovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining hech boʻlmaganda bitta
ishtirokchisiga nisbatan
bajarilmaganligi;
2) hujjatlarning bunga vakolati boʻlmagan shaxslar tomonidan imzolanganligi;
3) mazkur shartnomani oʻzgartirish uchun hujjatlar taqdim etish muddatining buzilganligi;
4) ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganligi (toʻliq
hajmda taqdim etilmaganligi).
(9-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim quyidagi tartibda kuchga kiradi:
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomaga bunday guruhga yangi yuridik shaxslar qoʻshib olinishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar
(bundan guruh ishtirokchilari qayta tashkil etilgan hollar mustasno) shartnomaga tegishli
oʻzgartishlar soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan yildan keyingi kalendar yilning kamida
birinchi
kunidan keyin kuchga kiradi;
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomaga bunday guruh tarkibidan ishtirokchilar chiqib ketishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar
shartnomaga tegishli oʻzgartishlar kiritish uchun holatlar yuzaga kelgan yildan (agar ushbu
qismning 3-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa) keyingi kalendar yilning birinchi
kunidan kuchga kiradi;
3) boshqa hollarda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartishlar uning taraflari koʻrsatgan sanadan eʼtiboran, lekin tegishli
oʻzgartishlar soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin keladigan sanada kuchga
kiradi.
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlash shartnomaga
tegishli majburiy
oʻzgartishlar kuchga kirishi kerak boʻlgan kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran
shartnomaning amal qilishi tugatilishiga sabab boʻladi.
Dostları ilə paylaş: