O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə124/171
tarix07.01.2024
ölçüsü2,2 Mb.
#203584
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171
BIZNESNI Vobkent pedagogika

5-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi ctandartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
6-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; uzluksizlik;
xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
7-modda. Buxgalteriya hisobini tashkil etish
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi.
Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma
asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash; buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini; buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini; hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini; tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini; soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini; hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini. 8-modda. Imzo huquqi
Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek buxgalteriya hisobotlari va balanslari rahbar tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Rahbar imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarini ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga — rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga — buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning imzosi bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin