10-Mavzu:Zamonaviy tadbirkorlik madaniyati va mas`uliyati. Tadbirkorlik faoliyatida risklar va ularni kamaytirish nyo`llari.] Reja: Tаdbirkоr mаdаniyati vа etikаsi.
Suhbаtlаshish, tаnishish hаmdа so‘rаshish nоrmаsi. Tаdbirkоr sifаti.
Tаdbirkоrlik risklаrining tаbiаti, tаsnifi vа kаmаytirish yo‘llаri.
Tadbirkorlik yoki biznes(ingl.business — "bandlik"), deb har qanday qonuniytijoratfaoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlikkapitalistikiqtisodiyot negizidir.Sotsialistikiqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.
Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.[1] `Biznes` - so`zi inglizcha so`z bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so`z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta'rifini ko`p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog`liq bo`lgan.
Biznesmen (tadbirkor) so`zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo`lib, u `Mulk egasi` degan ma'noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta'riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g`oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta'kidlaydi. Tadbirkorni o`zi, o`z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o`zi xo`jayinlik qiladi.