O’zbekiston respublikasioliyva o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


Grantlar, subsidiyalar va beg'araz yordamlarni



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/45
tarix13.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#175845
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Kitob 3944 uzsmart.uz

Grantlar, subsidiyalar va beg'araz yordamlarni
hisobga olish 1998-
yil 3-dekabrda Adliya Vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan 
“Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash” nomli 10-son BHMS 
bilan tartibga solinadi. 

Grantlar 
deganda ijtimоiy хususiyatgа egа mаqsаdlаr, iqtisоdiyotni 
rivоjlаntirish, ilmiy-tехnik vа innоvаtsiоn dаsturlаrni bаjаrish uchun Hukumаt, 
nоdаvlаt, хоrijiy hаmdа хаlqаrо tаshkilоtlаr vа jаmg’аrmаlаr tоmоnidаn 
ko’rsаtilаdigаn tеkin, gumаnitаr yoki mоddiy-tехnik mаblаg’lаr tushunilаdi. 

Subsidiyalar
– 
bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida 
ma’lum bir shartlarga ko’ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan 
berilgan yordam summasi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli 
nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg'armalar tomonidan muhim dasturlarni 
amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.

A’zolik badallari
– 
bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq
belgilangan a’zolik badallari summasi. Yig’ilgan a’zolik badallari jamiyatning 
faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik 
badallari uning qarzlarini qoplashga yo’naltiriladi. 

Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari-
 
bu davlat qonunlari 
asosida korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish 
natijasida to’plangan mablag’lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning
hisobi maxsus Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq yuritiladi. 

“Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlar rezerv”
hisobvarag’i bir 
maromda xarajat va to'lovlarani ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga 
kiritish yo'li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va 
harakati to'g'risidagi ma'lumotlami jamlash uchun qo'llaniladi. Xususan, ushbu 
hisobvaraqda asosiy vositalami ta'mirlash bo'yicha kelgusi xarajatlar summasini 
aks ettirish mumkin.


19 
Хаrаjаtlаrgа qo’shilаdigаn summalаrni rеzеrvlаsh qоnun hujjаtlаri, 
shuningdеk O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 1999-yil 5-
fеvrаldаgi 54-sоnli qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn “Mаhsulоt (ishlаr, хizmаtlаr)ni 
ishlаb chiqаrish vа sоtish хаrаjаtlаrining tаrkibi hаmdа mоliyaviy nаtijаlаrni 
shаkllаntirish tаrtibi to’g’risidа”gi Nizоmi bilаn tаrtibgа sоlinаdi. 
Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlariga muvofiq bunday rezervni 
tashkil qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki korxona uni tashkil etishda o'z 
hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi. 
Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo'lsa, faqat 
sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari 
uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar 
summasiga kamaytiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil 
qilish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan 
mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin