10
Moddiy xususiy kapital
deganda, korxona va tashkilotlarining moddiy
bo'lgan barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning
barcha moddiy xususiy
kapitali barcha aktivlaming bir qismi sifatida buxgalteriya balansining
«AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o'z ifodasini
nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya
balansining aktiv qismida
joylashadi
Xizmat muddati belgisi bo'yicha xususiy kapital
korxona va tashkilotlarda
qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya'ni foyda keltirish bilan
tasniflanadi. Ushbu belgi bo'yicha barcha xususiy
kapitalni uzoq muddatli va
qisqa muddatli xususiy kapitalga ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi
sifatida buxgalteriya hisobida, odatda, bir yillik muddat qabul qilingan. Ushbu
muddatga ko'ra bir yildan ko'p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli,1
yilgacha amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa
muddatli xususiy kapital
hisoblanadi.
Uzoq muddatli xususiy kapitalga
asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar
(patent, litsenziya, turli huquqlar, yangi g'oyalar va boshqalar) va bir yildan kam
bo'lmagan muddatga qo'yilgan qo'yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy
kapitalni adabiyotlarda (shu
jumladan, 2004 yil 1 yanvardan qo'llanilib
kelinayotgan buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar.
Ularga ishlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag'lari va
boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: