6
I.
BOB.
IQTISODIYOTNI
MODERNIZATSIYALASH
SHAROITIDA KORXONADA USTAV, QO’SHILGAN VA REZERV
KAPITALNI HISOBGA OLISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Korxonada ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalni hisobga olishning
ahamiyati
Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi
fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat
natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak.
Bugungi rеjali
bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali
iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar
оchib bеradi.
Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil
qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida
bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan
ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z
nоmidan mulk va yutuqlar
egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda.
Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan
chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga
aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish,
tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy
maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi.
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish
jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan
va turli mulkchilikka
asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy
kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega
bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va
bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi.
Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib
borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning,
7
shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik
beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada
ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham
xususiy kapital hisobiga
katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar
tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu
shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga
topshirilishi lozim.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi
korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik
faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi.
Lekin shu
bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining
o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga
olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday
ob'ektlaridan biri korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va
unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat
ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq
operatsiyalar,
xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend
to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi
jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan
jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.
Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya
hisobining muhim
fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga
asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
Dostları ilə paylaş: