8
Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo'jalik yurituvchi
sub'yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 15
yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-
shaklida xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko'rsatilgan:
ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali,
taqsimlanmagan foyda,
xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
1-chizma
. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari
Xususiy kapital
deganda, xo'jalik yurituvchi sub'ektga tegishli bo'lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o'rtasidagi farq sifatida
aniqlanishi mumkin, ya'ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx
- xususiy kapital.
Kj
- jami kapital.
Kq
-qarzga olingan kapital
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks
ettirish uchun ularni bir
qancha belgilar bo'yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy
kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini,
xizmat muddatlarini,
tashkil etish manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar.
Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi,
faoliyatda ishtirok
etish darajasini ham e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari,
Xususiy kapital
Ustav
kapitali
Qo’shilgan
kapital
Zaxira
kapitali
Taqsimlan
magan
foyda
Maqsadli
jamg’arma
lar
9
tasniflash belgilarining tartibini to'g'ri asoslash ham uni o'rganishda muhim
omildir. Chunki, bu tizimni aniq belgilash xususiy
kapital elementlarini
bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks
ettirish, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni umumiylikka qarab yig'ish, jamlash,
to'plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi.
Bu esa nazariy va
metodologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma –
ketlikdan tashkil topishi lozim:
Dostları ilə paylaş: