24
Korxona aksiyalari nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotilganda
.
Ushbu holatda sotish va nominal qiymatlar o‘rtasida
vujudga kelgan farq
emissiya daromadi deb ataladi. Ushbu daromad qo‘shilgan kapitalni tashkil
etadi va maxsus 8410 “Emission daromad”
schyotining kreditida pul
mablag‘lari schyotlarining (5010,5110 va boshqalar) debeti bilan
korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Emission daromad korxonalarning
soliqqa tortiladigan daromadiga kiritilmaydi.
Kelgusida emission daromad
aksiyalarni nominal qiymatidan past qiymatda sotishdan ko‘rilgan zararlarni,
shuningdek sotib olingan xususiy aksiyalarini bekor qilishdan ko‘rilgan
zararlarni qoplash uchun ishlatiladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari
aks ettiriladi
:
Debet
8410 “ Emission daromad”,
Kredit
8610 “Sotib olingan oddiy xususiy aksiyalar”, 8620 “Sotib olingan
imtiyozli xususiy aksiyalar”. Emission daromad sifatida to‘planib
qolgan
qo‘shilgan kapital faqatgina korxona tugatilishida taqsimlanmagan foydaga
qo‘shiladi va ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Ustav kapitalini shakllantirish davrida valyuta kursalari o‘rtasida
farq vujudga kelganda.
Bunday qo‘shilgan kapital, odatda,
chet el
investitsiyasi kiritilgan qo‘shma korxonalarda mavjud bo‘lishi mumkin. Ustav
va ta’sis shartnomasiga muvofiq chet el investorining qo‘shma
korxonaning
ustav kapitaliga hissasi korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasidagi
rasmiy kurs bilan baholanadi. Shuning uchun
chet el investori tomonidan
hissani haqiqatda kiritilishi vaqtida vujudga kelgan valyuta kurslari o‘rtasidagi
ijobiy va salbiy farqlar ustav kapitaliga tegishli bo‘lmaydi va ular qo‘shma
korxonada alohida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan
kurslar o‘rtasidagi farq” schyotida hisobga olinadi. Valyuta kurslari o‘rtasida
vujudga kelgan ijobiy farq, bir
tomondan, investorning hissasi sifatida kiritilgan
uzoq va qisqa muddatli aktivlarning ( asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, TMZ,
pul mablag‘lari) qiymatiga qo‘shiladi (ya’ni 0110-0190, 0410-0490, 1010-
1090,2810,2910-2990,5010,5110,5210,5210 va boshqa schyotlar debetlanadi),
25
ikkinchi tomondan, qo‘shilgan kapital sifatida tan olinadi va 8420 “Ustav
kapitalini shakllantirishda vujudga kelgan kurslar o‘rtasidagi farq” schyotining
kreditida aks ettiriladi. Xuddi emission daromadga o‘xshab, valyo’ta
kurslari
o‘rtasidagi ijobiy farqlar evaziga vujudga kelgan ushbu qo‘shilgan kapital ham
soliqga tortiladigan daromadga kiritilmaydi, u faqatgina
korxona tugatilishida
taqsimlanmagan foydaga qo‘shiladi va ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: