О’zbеkistоn rеsрublikаsi оliy tа’lim, fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi



Yüklə 135,02 Kb.
səhifə1/7
tarix03.05.2023
ölçüsü135,02 Kb.
#106672
  1   2   3   4   5   6   7
MUS ISH


О’ZBЕKISTОN RЕSРUBLIKАSI ОLIY TА’LIM, FАN
VА INNОVАTSIYАLАR VАZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI


IQTISODIYOT FAKULTETI


“INNOVATSION IQTISODIYOT»
kafedrasi
“IDTTSU” FANIDAN

MUSTAQIL ISH


Mavzu: O’zbekistonning tashiq iqtisodiy siyosati va xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarda ishtirokining xususiyatlar


Bajardi: 4 kurs I-162-19 guruh talabasi
Aliqulov Diyorbek Abdihakim o’g’li
(Talabaning ismi-sharifi va otasining ismi)

Ilmiy rahbar: Professor, i.f.d Ergashеv R.X


(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)

Qarshi -2023.




MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB: O’zbekistonning tashiq iqtisodiy siyosati va xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarda ishtirokining xususiyatlar
1.1. Xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashlilotlar…………………………………….7
1.2. Zamonaviy dunyoda Oʻzbekiston tashqi siyosatining kun tartibi……………………11

1.3. O'zbekiston va xalqaro xafzizlik masalalari………………………………..21



Xulosa va tafsiyalar……………………………………………………………...29
Foydalanilga adabiyotlar ro’yhati……………………………………………...31

KIRISH
Mustaqil ish mavzusining dolzarbligi O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor.O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aloqalarni kengaytirishni, mazkur mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish, energetik va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak berishda davom etadi. Barqaror va ravnaq topayotgan Afg‘oniston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning kafolatidir.MDH malakatlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega.
O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi.O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 4-5-aprelda Rossiyaga davlat tashrifi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinning 2018 yil 18-19 oktyabrda O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi hamda 2017 yil 12 maydagi Har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to'g'risida qo'shma bayonotga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 24-27 aprelda «Bir makon, bir yo‘l» Ikkinchi xalqaro forum doirasida ilgari surgan tashabbus va takliflarni to'liq va o'z vaqtida amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi. O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan 2002-yil 12-mart oyida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asnosida o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitiaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashga ko‘maklashishdan iboratdir.

Yüklə 135,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin