О’zbеkistоn rеsрublikаsi оliy tа’lim, fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi



Yüklə 135,02 Kb.
səhifə2/7
tarix03.05.2023
ölçüsü135,02 Kb.
#106672
1   2   3   4   5   6   7
MUS ISH

Mustaqil ishning maqsadi O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi. Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi. Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi. O‘zbekiston Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi. O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi.
Mustaqil ishning vazifalari O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor. O‘zbekiston BMT ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi.
Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.
O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi.

Yüklə 135,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin