O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə14/24
tarix23.08.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#140214
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Arslon dissertatsiya

Epoksid guruh miqdorini aniqlash [109; 963-b]. Sayqallangan tiqinli konussimon kolbaga tekshirilayotgan moddadan 0,0002 g aniqlikda 0,2-0,3 g tortim olinib, uni eritish uchun 20-25 ml aseton quyildi va ustiga pipetka bilan 20 ml HCl ning to‘yingan NaCl dagi 0,2 n eritmasidan ham solindi. (1 l hajmli o‘lchov kolbasiga 16 ml kimyoviy toza konsentrlangan HCl (p=1,19 g/sm3) solib, “k.t.” NaCl ning to‘yingan eritmasi bilan suyultirildi). Kolba og‘zi tiqin bilan yopilib, 2 soat davomida chayqatildi, so‘ngra ikki tomchi metil qizili indikatori eritmasidan qo‘shib, 0,1 n NaOH eritmasi bilan sariq rang hosil bo‘lguncha titrlandi. Namuna tarkibidagi epoksid guruhining miqdori quyidagi formula bilan hisoblandi:
Epoksid guruh miqdori, %=
Bu yerda: V1 – bo‘sh nazorat tajribasida titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,1 n NaON eritmasining hajmi, ml; V2–sinalayotgan namunani titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,1 n NaON eritmasi hajmi, ml; K – 0,1 n NaON eritmasini to‘g‘irlash koeffitsienti; 0,0043 – 1 ml 0,1 n NaON eritmasiga to‘g‘ri keladigan epoksid guruhining miqdori, g; R – smola tortimi, g.
Olingan mahsulotlarning qovushqoqligini aniqlash [110; 259-264-b]. Eritmalarning qovushqoqligini o‘lchash uchun Ostvaldning kapillyar vizkozimetridan foydalanildi. Vizkozimetrning chap tirsagiga kapilyar va ichi bo‘sh sharcha kavsharlanib, sharchaning yuqori va pastki qismiga belgi qo‘yildi. Dastlabki, eritmalarni suyultirish yo‘li bilan turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlandi. Mahsulotlar qovushqoqligini o‘lchash tekshirilayotgan suyuqlikning eng suyultirilgan eritmasidan boshlandi. Viskozimetrning o‘ng tirsagiga tekshirilayotgan suyuqlikdan 15 ml (D=0,86) kiritildi. Rezina naycha va grusha yordamida viskozimetr kolonkasiga suyuqlik meniskning yuqori belgisidan biroz balandroq bo‘lgunga qadar tortib olindi. Suyuqlik kapillyar orqali oqizilib, suyuqlikning yuqoridan pastki belgigacha yetib borish vaqti sekundomer yordamida o‘lchandi.
Tajribani bajarishdan oldin erituvchining oqish vaqtini aniqlash zarur. Eritmalarning oqish vaqtini o‘lchash eng suyultirilgan eritmadan boshlanadi.
Eritmaning qovushqoqligini tavsiflash uchun quyidagi kattaliklardan foydalanildi: 1) nisbiy qovushqoqlik, 2) solishtirma qovushqoqlik, 3) keltirilgan qovushqoqlik, 4) xarakteristik qovushqoqlik.
1. Nisbiy qovushqoqlik – bir xil sharoitda o‘lchangan eritma qovushqoqligining erituvchi qovushqoqligi nisbatiga teng kattalik:
;
–eritma qovushqoqligi, erituvchi qovushqoqligi,
Agar erituvchi va eritma zichiklari o‘zaro teng bo‘lsa, eritmaning oqib tushish vaqtini erituvchining oqib tushish vaqti bilan almashtirish mumkin.
2. solishtirma qovushqoqlik « »

3. Keltirilgan qovushqoqlik « »

Bu yerda, S – o‘lchanayotgan eritma konsentratsiyasi.
4. Xarakteristik qovushqoqlikni [ topish uchun keltirilgan qoushqoqlikning konsentratsiyasiga bog‘liqlik grafigi tuziladi.
Tiokarbamidning epixlorgidrin bilan o‘zaro ta’sirlashish reaksiyasi turli reaksion qobiliyatga ega bo‘lgan funksional guruhlar ishtirokida jarayonning murakkab kechishi bilan tavsiflanadi.
Kimyoviy reaksiya dastlabki moddalarning 1:1 mol nisbatida, 40-80 °C harorat intervalida spirtli eritmada o‘tkazildi. Jarayonning kinetikasini o‘rganishda reaksion massadagi xlor ionlari konsentratsiyasining o‘zgarishi aniqlandi.
Karbamid va tiokarbamidning epixlorgidrin bilan o‘zaro ta’sirlashish reaksiyasi turli reaksion qobiliyatli funksional guruhlar ishtirokida murakkab jarayon bilan tavsiflanadi. Reaksiya dastlabki, moddalarning turli mol nisbatlarida, 40-80 °C harorat intervalida spirtli eritmada o‘tkazildi. Jarayonning kinetikasini o‘rganishda reaksion massadagi xlor ionlari konsentratsiyasining o‘zgarishi aniqlandi.
2.1-jadvalda diglitsidilkarbamid va diglitsidiltiokarbamid sintezida dastlabki monomerlar mol nisbatlarining reaksiya unumi va olingan mahsulotlar molekular massasiga ta’siri keltirilgan.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin