Mis (II) ioni bo‘yicha ionitning almashinish sig‘imini aniqlash. Sorbsiyadan keyingi eritmadan 5 ml alikvot qism olinib, 50 mlgacha suyultiriladi, so‘ngra, ammiakli kompleks rangi hosil bo‘lguncha bir necha tomchi ammiak qo‘shiladi. Aralashmaga yorqin sariq rangli eritma hosil bo‘lguncha, mureksid indikatori qo‘shiladi, so‘ngra, trilon Bning 0,05 n.li eritmasi bilan och binafsha rang hosil bo‘lguncha titrlandi. Mis (II) ioni bo‘yicha ionitning almashinish sig‘imi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Bu yerda, VK – trilon B eritmasining nazorat eritmani titrlashga ketgan hajmi, ml; VP – polimer bilan kontaktdan keyin metall eritmasini titrlashga sarflangan trilon B hajmi, ml; N –trilon B eritmasining normalligi; V1 – MeSO4 eritmasining umumiy hajmi, ml; V2 – alikvot, ml; g – anionit tortimi, g.
Nikel (II) ioni bo‘yicha almashinish sig‘imini aniqlash. 5 ml alikvot qism olinib, 15 ml gacha suv bilan suyultirildi va 30 ml konsentrlangan ammiak eritmasi qo‘shilib, aralashma mureksid ishtirokida sariq rang binafsha rangga o‘tguncha 0,05 n.li Trilon B eritmasi bilan titrlandi. Almashinish sig‘imi yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlandi.
Kobalt (II) ioni bo‘yicha almashinish sig‘imini aniqlash. Kompleks birikma hosil bo‘lishi kobalt (II) ionlari oksidlanishining oldini olish uchun argon muhitida o‘rganildi. Sorbsiyada muvozanat hosil bo‘lgandan so‘ng, olingan 5 ml eritma 15 ml suv bilan suyultirildi va bir necha tomchi mureksid va ammoniy asetatning to‘yingan eritmasidan och qizil rang hosil bo‘lguncha qo‘shildi. So‘ngra, eritma sariq rangga kirguncha tomchilatib 2 % ammiak eritmasi quyildi. Aralashma 0,05 n.li Trilon B eritmasi bilan sariq rangdan binafsha rangga o‘tguncha titrlandi. Almashinish sig‘imi yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlandi.
Kumush (I) ioni bo‘yicha almashinish sig‘imini aniqlash. Kompleks hosil qiluvchi ionitdan 0,1 g tortim olinib, unga tarkibida kumush nitrat bo‘lgan (6,77 g AgNO3 – 1 l 0,5 M HNO3) 10 ml 0,5 M nitrat kislota eritmasi quyildi va 24 soatga muvozanat hosil bo‘lguncha, qorong‘i joyga qo‘yildi. So‘ngra, 5 ml eritma olinib, unga 1 ml temir ammoniyli achchiqtosh (40 g/l) eritmasi qo‘shildi va aralashtirib turilgan holda mikrobyuretkadagi 0,1 M KCNS eritmasi bilan sariq rang hosil bo‘lguncha titrlandi. Sorbsiyalangan kumush ionlari miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblandi:
Bu yerda, V1 – bo‘sh namunani titrlash uchun sarf bo‘lgan KCNS eritmasi miqdori, ml; V2- ishchi eritmani titrlash uchun sarflangan KCNS eritmasi miqdori, ml; k – umumiy eritma hajmining alikvot qism hajmiga nisbati; p- ionit massasi, g.
Barcha o‘lchashlar statik sharoitda o‘tkazildi. Metallar ionlari bo‘yicha almashinish sig‘imini aniqlashda mis (0,05 n, pH=3,5-3,8), nikel (0.1 n, pH=6,5), kobalt (0.1 n, pH=5,5), rux (0.1 n, pH=5,5), kadmiy (0.1 n, pH=5,5) sulfat eritmalaridan foydalanildi. Dastlabki va muvozanat eritmalar tarkibidagi metallar kationlarining miqdori trilonometrik titrlash, fotokolorimetriya (Cu2+) va atom-absorbsion spektrometriya (Au3+, Ag+) usullari yordamida aniqlandi. Eritmalarning ionitlar bilan o‘zaro kontakt vaqtining davomiyligi 1 sutka bo‘lib, eritmalar pHi potensiometrik usulda aniqlandi. Ionitlarning gidroksil va tuz shakllaridan foydalanildi. Olingan natijalar epixlorgidrin va piridin asosidagi AN – 31, AN – 2F va AV-16 kabi analog ionitlarning sanoat namunalari bilan solishtirildi, taqqoslandi va tegishli xulosalar qilindi.
Dostları ilə paylaş: |