O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix06.06.2020
ölçüsü2,19 Mb.
#31554
1   2   3   4   5   6
gormonal preparatlar


3-rasm. Laktotrop gormonni ishlab chiqarilishiga ta'sir ko‘rosatuvchi vositalarning ta'sir etish joylari:  

+ (plyus)- kuchaytiruvchi ta'sir,  

- (minus)- susaytiruvchi ta'sir, D-dofamin retseptorlari. 

         Gipofizning  orqa  bo‘lagi  gormonlari    bo‘lmish  oksitotsin  va  vazopressin  (antidiuretik  gormon) 

polipeptidlar  hisoblanadi.  Sintetik  yul  bilan  xam  olingan.  Miometriyga  rag‘batlantiruvchi  ta'sir  etish 

oksitotsinning  asosiy    ta'siridir.  Oksitotsin  ta'siriga  xomiladorlikning  oxirgi  davridagi    miometriy 

ayniqsa  sezgir  bulib,  u  tug‘ishdan  keyingi  bir  necha  kun  ichida  xam    shundayligicha  saqlanadi. 

Organizmda  oksitotsin  aminopeptitazalarga  mansub  bo‘lgan  oksitotsinaza  ta'sirida  faolsizlantiriladi. 

Oksitotsin  dori  preparati  sifatida  tug‘ish  jarayonini  rag‘batlantirish    va    tug‘ishdan  keyingi  davrda 

bachadondan qon ketishini to‘xtatish uchun, xamda laktatsiyani kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. 

 Oksitotsin toza holda chiqailadi (TB-ta'sir dozalanadi,  mushak va qon tomirga kiritiladi). Bundan 

tashqari pituitrin (gipofiz bezining orqa bo‘lagi suvli ekstrakti ) preparat tarkibida ham bor.  

______________________________ 

1

Grekcha  hemera-kun,  alaos-ko‘r,  qorong‘i,  ops-nigoh,  ko‘z,  shapko‘rlik,  qorong‘ida  ko‘rishni 



buzulishi. 

12 

 

 



D  ye  z  a  m  i  n  o  o  k  s  i  t  o  s  i  n  (sandopart,  demoksitotsin)  oksitotsinni  sintetik  hosilasidir. 

Oksitotsindan  farq  qilib,  fermentlar  ta'siriga  chidamli  va  ta'siri  davomlidir.  Transbukal  (lunjda  tutish) 

yo‘l bilan qo‘llaniladi.  

     Vazopressin  (antidiuretik  gormon  )o‘ziga    xos  V-retseptorlar  bilan  bog‘lanadi.U  asosan  ikkita 

podtipga  bo‘linadi:  V

1

  va  V



(3-jadval).  V

2

-retseptorlar  adenilatsiklaza,  V



1

-retseptorlar  – 

fosfatidilinozitol    sikli  (inozitoltrifosfat  va  diatsilglitserol  ikkilamchi  vositachilardir)  bilan  alaqadorlar. 

Vazopressin  ikkita  asosiy  xossaga  egadir:  1)nefronning  distal  qismida  suvni  qayti  so‘rilishini 

(reabsorbsiyasini) boshqaradi; 2) silliq mushaklarga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. 

     

 

         3-jadval.Vazopressin ta'sirini yo‘nalishi. 

Vazopressin 

Retseptorlarnin

g podtiplari 

 

Ta'sir doirasi 



 

Ta'sir mexanizmi 

 

Efekt 


V

Buyraklar (nefronni 



distal qismi) 

Suvni reabsorbsiyasini 

kuchayishi 

 

Antidiuretik ta'sir 



V

Qon ivish sistemasi 



Qonda VIII omilini   

miqdorini ortishi 

Gemostatik ta'sir 

V



Trombotsitlar 

Trombotsitlar 

agregatsiyasi  va 

degranulyasiyasini 

kuchayishi 

Tromb xosil bo‘lishini 

kuchayishi 

V

1a 



Arteriya tomirlari 

Tomirlar silliq 

mushaklari tonusini 

ortishi 


Vazopressor ta'sir 

V

1b 



Gipofizning oldingi 

bo‘lagi 


Kortikotropin ajralishini   

kuchayishi 

Gidrokortizon 

ajralishini ortishi 

 

Vazopressinning  asosiy  ta'siri  –  bu  suv  almashinuviga  ta'siridir.  Distal  naychalar  va  yig‘uvchi 



kanalchalar  o‘tkazuvchanligini  oshirib  (V

2-

  retseptorlar  bilan  o‘zaro  ta'siri  tufayli)  vazopressin  suvni 



reabsorbsiyasiga  imkoniyat  yaratadi  va  shuning  natijasida  peshob  xajmini  kamaytiradi  (yoki 

meyyorlashtiradi).    



 

Gipofiz orqa bo‘lagi gormonlarining kimyoviy tuzilishi. 

 

    Pro – Ley – Gli(NH



2

)                              Pro – Arg – Gli(NH

2



 

       |                                                                         | 

Sis      –    Asp(NH

2

)                                  Sis      –    Asp(NH

2



/                   \                                               /                     \ 

             S                     Glyu(NH

2

)                             S                       Glyu(NH

2



|                       |                                             |                        | 

     S                     Iley                                       S                       Iley 

\                   /                                               \                    / 

Sis     –      Tir                                           Sis     –      Tir 

 

Oksitotsin                                                       Vazopressin 

 

Silliq  mushaklarga      jumladan,  tomirlarga  ta'siri    V



1a-

  retseptorlari  orqali    amalga  oshadi.  Bu 

vazopressinning  juda  kata  dozalarida  (antidiuretik  ta'sirni  yuzaga  chiqaruvchi  dozalardan  yuz  marta 


13 

 

kattaroq)  gina  namoyon  bo‘ladi.  Qon  bosimini  ko‘tarilishi  arteriola  va  kapillyarlar  mushaklaridagi 



retseptorlarga bevosita ta'siri bilan bog‘liq. 

   Katta  dozalarda  vazopressin  ichakning  silliq  mushaklariga  rag‘batlantiruvchi  ta'sir  etadi    va 

miometriyning qisqarish faolligini  oshiradi. Xomilasiz va xomiladorlikning erta muddatlarida bachadon 

oksitotsinga nisbatan vazopressinga ko‘proq sezgirdir. Xomiladorlik muddatini ortishi bilan buning aksi 

kuzatiladi,  ya'ni  oksitotsin  samaradorligi  ortadi,  vazopressinniki  pasayadi.  Shu  narsa  ko‘rsatilganki, 

MNSda  vazopressin  neyromediator  va    neyromodulyator  vazifasini  o‘taydi.  Gipofizning  oldingi 

bo‘lagidan kortikotropin ajralishiga  (V

1b 


– retseptorlarini rag‘batlantirish xisobiga) imkoniyat yaratadi. 

Bundan  tashqari  vazopressin  trombotsitlar  agregatsiyasini  (V

1

  –retseptorlarga    ta'siri)  kuchaytiradi  va 



qon ivishida qatnashuvchi XIII omil miqdorini oshiradi.   

 Dori  preparati  bo‘lmish  v  a  z  o  p  r  ye  s  s  i  n    qisqa  ta'sir  etadi  (30  min-  2  soat),  chunki 

organizmda  aminopeptidazalar  ta'sirida  parchalanadi.  O‘zgarish  maxsulotlari  buyrak    orqali  ajraladi. 

Vazopressinning antidiuretik faolligi kuchliroq va tomirlarni toraytirish (vazokonstriksiya) xossasi juda 

sust bo‘lgan  xosilalari  yaratilgan (desmopressin). Asosan  vazopressor ta'sir ko‘rsatuvchi preparat xam 

olingan (felipressin va boshqalar).  

Qo‘llashga  asosiy  ko‘rsatma  –  qandsiz  diabet.  Bu  maqsadda  v  a  z  o  p  r  ye  s  s  i  n  (teri  ostiga, 

mushak  ichiga kiritiladi, TB- ta'sir birligida dozalanadi) p  i t u i t r i n  va  a d i u r  ye k r  i  n (quruq 

pituitrin  burun  ichiga  kiritiladi),  shu  bilan  birga    d  ye  s  m  o  p  r  ye  s  s  i  n  kabi  yangi  preparatlar 

qullaniladi.                  



                           Preparatlar 

Nomi 


 Chiqarish shakllari 

Somatotropin- 



Somatotropinum    

 Tarkibida 2 va 4 TB   preparat        

 bo‘lgan flakonlar                                                                  

 

Oktreotid- Octreotide                



Tarkibida 0,00005; 0,0001 va 0,0005 g 

preparat  bo‘lgan  ampulalar;  0,001  g 

prepart bo‘lgan flakonlar                                                                                                                                                                                                                    

Kortikotropin- 



Corticotropinum 

10,20,30, va 40 TB tutgan  flakonlar 

(kiritilishdan oldin eritiladi)                                                                                                             

Menopauza gonadotropini- 



Gonadotropinum 

menopaustieum  

75  TB  preparat  tutgan  flakonlar 

(kiritishdan avval eritiladi) 

Xorionik gonadotropin- 



Gonadotropinum 

chorionicum 

500;  1000;  1500  i  2000  TB  preparat 

tutgan  flakonlar  (kiritishdan  avval 

eritiladi) 

Laktin -Lactinum 

100-200  TB  preparat  tutgan  flakonlar 

(kiritishdan avval eritiladi) 

Oksitotsin- Oxytocinum   

1 ml (5TB) preparat tutgan ampula 

Pituitrin- Pituitrinum 

1 ml (5TB) preparat tutgan ampula   

Adiurekrin- Adiurecrinum 

1,5  ml  preparat  bo‘lgan  tomchilash 

tyubiklari.  5ml  (20  TB/ml)  preparat 

tutgan flakon. 

 

Epifiz gormonlari preparatlari

 

Epifiz  (g‘urrasimon  yoki  pineal  bez)  har-xil  biologik  faol  birikmalar  shu  jumladan,  ko‘pincha 



peptidlar  tutadi.  Epifizning  asosiy  gormoni  bo‘lib  melatonin

1

  hisoblanadi.  U  epifizning  hujayralari  



(pinealotsitlar)da  serotonindan  hosil  bo‘ladi.,  shu  sababli  uni  (triptofan)  aminokislotalar  hosilasiga 

mansub deb hisblanadi. 

___________________________________________________ 

1

 Melatonin bu  N-5- metoksitriptamindir 



14 

 

 



 

                                Serotonin                                            SeROTONIN 

                                N-metiltransferaza         ] ---------->          ↓ 

                                                                                       N- atsetilserotonin 

                                Gidroksiindol 

                                O- metiltransferaza       ] ---------->          ↓ 

                                                                                        MELATONIN 

 

Melatoninnig  asosiy  funksiyasi,  chamasi  tashqi  muhitni  yoritilganligi  haqidagi  ma'lumotlarni 



bir  kunlik  biologik  (sirkat)  ritmlarni  keyingi  navbatda  boshqarish  uchun  qayta  ishlashdan  iboratdir. 

Epifizga  tashqi  yorug‘lik  informatsiyasi  quyidagi  yo‘l  bilan  tushadi:  ko‘zning  to‘r  pardasi  → 

gipotalamusning  supraxiazmatik  yadrolari →  bo‘yindagi  yuqorigi  simpatik gangli → simpatik  nervlar 

→ epifiz. Insonlarda melotaninni eng ko‘p miqdori tunda ishlab chiqaradi. Demak, ko‘z to‘r pardasini 

yorug‘lik bilan rag‘batlantirish susayganda melotaninni sintezi ortadi. Fiziologik va  ta'sirotlarga javob 

beruvchi  kunlik  boshqaruvi    melotaninni  reproduktiv  sistema  faolligiga  mavsumiy  ta'sir  bilan 

to‘ldiriladi.  Melatonin  o‘rtacha  uxlatuvchi,  tana  xaroratini  tushirish,  lyuteinlashtiruvchi  gormon 

ajralishini susaytirish ta'siriga ega. Vaqt poyaslarini keskin o‘zgarishlarida (masalan, katta masofalarni 

tayyoralarda  bosib  o‘tilganda),  kunlik  ritmlarga  (ayniqsa  uyqu)  meyorlashtiruvchi  ta'sir  melatoninda 

kuchli  ifodalangan.  Bundan  tashqari  unda  antioksidantlik  va  immun  tizimiga  rag‘batlantiruvchi 

faolliklar aniqlangan. 

Melatoninni ta'sirlari uni  faqat o‘ziga  hos bo‘lgan  melatonin retseptorlari (Me1 IA, IB, IC) bilan 

o‘zaro  ta'siroti  tufayli  yuzaga  keladi.  Ular  ko‘p  miqdorda  supraxiazmatik  yadrolar,  ko‘zning  to‘r 

pardasida  aniqlangan.  Shu  bilan  bir  qatorda  ular  talamusning  paraventrikulyar  yadrolari,  oldingi 

gipotalamus,  bosh  miyaning  ko‘pgina  qisimlarida,  xamda  ba'zi  periferik  to‘qimalarda  (masalan  teri 

bezlarida), limfotsitlarda joylashganlar. 

Melatoninning preparati (m ye l a k s ye n)  uzoq masofalarni tayyora vositasida bosib o‘tishda bioritmni 

boshqarish uchun qo‘llaniladi. Bu uyqu – tetiklik sikllarini  meyyorlashuvida  namoyon bo‘ladi. Asosiy 

natija  epifiz  gormonal  faolligining  soatpoyaslarini  tez  almashinuviga  adaptatsiyasi  (moslashuvi)  bilan 

bog‘liq.  Preparatni  kechqurun  (ichish  yoki  til  ostiga)  qo‘yish  tavsiya  etiladi.  U  ovqat  xazm  qilish 

traktidan yaxshi va tez so‘riladi. Gematoensefalik to‘siqdan oson o‘tadi. Tez parchalanadi (metabolizmi 

tez kechadi). Noxush asoratlari: uyg‘ongandan keyin uyqusirash (mudroq bosish), kuchsizroq darajada, 

katta bo‘lmagan shishlar. 

 

 



QALKONSIMON BEZ GORMONLARI PREPARATLARI VA ANTITIREOID VOSITALAR. 

KALSITONIN

Qalqonsimon bez gormonlari preperatlari 

Qalqonsimon  bez  L-tiroksin  (L-tetrayodtironin)    va  L-triyodtironin  (4-jadval  va  kimyoviy 

tuzilishlariga  qarang)  ishlab  chiqariladi.  Ularni  sintezida  taom  tarkibidagi  yod  ishtirok  etadi.  Qonda 

aylanib yurgan yodidlarni qalkonsimon bez yutadi va yodgacha oksidlaydi, u esa o‘z navbatida tirozin 

aminokislotasi  bilan  bog‘lanadi.  Bunda  qalqonsimon  bez  gormonlarining  o‘tmishdoshi  bo‘lgan 

monoyod  tirozin  va  diyod  tirozin  xosil  bo‘ladi.  Ulardan  sintezlangan  tiroksin  va  triyodtironin 

qalkonsimon 

bez 


follikulalarida 

tireoglobulin 

tarkibida 

depolanadilar. 

Bezdan 

gormonlar 



tireoglobulindan  ularni  ajratib  oluvchi  fermentlar  vositasida  qonga  o‘tadi.  Yodidlarni  bezga  yutilishi, 

gormonlar  sintezi  va  ularni  qonga  o‘tishi  gipofizning  oldingi  bo‘lagidan  ajraluvchi  tireotrop  gormon   

vositasida boshqariladi. Qondagi L-tiroksinning deyarli xammasi,  L-triyodtironini esa kamroq miqdori 

globulin bilan bog‘langan bo‘ladi. Tiroksinni  progormon deb hisoblash mumkin, chunki u hujayralarda 

triyodtironinga  aylanadi.  U  esa  hujayra  yadrolaridagi  o‘ziga  hos  retseptorlar  bilan  o‘zaro  ta'sirlanadi. 

Retseptorlar tiroksinga nisbatan triyodtironinga ancha yuqori affinitetga egadirlar. 



15 

 

Qalqonsimon bez gormonlariga xos ta'sir bu modda almashinuvini rag‘batlantirishdir. Asosiy moda 



almashinuvi  ortadi,  shunga  mos  ravishda  ko‘pchilik  to‘qimalarda  kislorodni  istemol  qilish  kuchayadi, 

tana  xarorati  ko‘tariladi.  Osillar,  uglevodlar,  yog‘larni  parchalanish  tezligi  ortadi,  qonda  xolesterin 

miqdori  kamayadi.  Tana  vazni  kamayishi  mumkin.  Qalqonsimon  bez  gormonlari  adrenalin  ta'sirini 

kuchaytiradilar. Ana shunday ta'sirlardan biri bu taxikardiyani namoyon bo‘lishidir.  



  

4-jadval.  Qalqonsimon,  qalqonsimon  bez  oldi  va  me'da  osti  bezi  gormonlari,  ularning  preparatlari, 

sintetik o‘rin bosuvchilari va gormonlar hosil bo‘lishini kamaytiruvchi vositalar. 

Endokrin bezlar 

Gormonlar 

Gormon 

preparatlari 



Gormonning 

sintetik o‘rin 

bosuvchilari 

Gormonlar 

hosil 

bo‘lishini 



kamaytiruvchi 

vositalar 

Qalqonsimon 

Tiroksin 

Triyodtironin 

Tiroksin 

Triyodtironin 

gidroxlorid 

Tireoidin 

(gormonlar 

aralashmasini 

tutadi) 


 

Metiltiouratsil 

Merkazalil 

Propiltiouratsil 

Diyodtirozin, 

Kaliy yodid,  

Yod 

Kalsitonin 



(trikalsitonin) 

Kalsitonin  

Kalsitrin 

 

 



Qalqonsimon  oldi 

bezi 


Parat gormon 

Parotireoidin 

 

 

Me'da osti 



Insulin 

Odam va  

jonivorlar  insulini 

preparatlari 

Glibenklamid 

Butamid 


Xlorpropamid 

Medformin 

 

Glyukogon 



Glyukogon 

 

 



 

Qalqonsimon bez gormonlari preparatlarining va ba'zi antitireoid vositalarning kimyoviy 

tuzilishi. 

 

Q a l q o n s i m o n   b ye z   g o r m o n l a r i   p r ye p a r a t l a r i 



 

O

CH



2

O

H



I

I

I



CH

NH

2



C

O

OH



HCl  

Triyodtironin gidroxloridi 

                                                   

O

CH



2

O

H



I

I

I



I

CH

NH



2

C

O



OH

  

tiroksin 



 

 

 



 

 


16 

 

A n t i t i r ye o i d   v o s i t a l a r 



N

N

C



H

3

SH



 

Merkazolil 

 

 

Diyodtirozin 



 

    Tireoid  gormonlar  organizmning  o‘sishi  va  rivojlanishini  boshqarishda  ishtirok  etadilar.  Ular  miya, 

suyak  to‘qimasi  va  boshqa  a'zo  sistemalarini  shakllanishiga  ta'sir  ko‘rsatadilar.  Ularni  bolalik  davrida 

yetishmovchiligida  kretinizm  rivojlanadi.  Kattalarda  qolqonsimon  bez  yetishmovchiligi  modda 

almashinuvini susayishi, jismoniy va aqliy mexnat qilish qobiliyatini kamayshi, befarqlik, to‘qimalarni 

shishishi  (mukoid  infiltratsiya),  yurak  faoliyatini  buzilishi  bilan  nomoyon  bo‘ladi.  Bu  patologiya 

«meksedema»

1

 nomini olgan. 



Tabobat amaliyotida qalqonsimon bez gormonlarining quyidagi preparatlari qo‘llaniladi: tiroksin, 

triyodtironin gidroxlorid , tireoidin. 

L-tiroksinning  natriyli  tuzini  odatda  ichishga,  kamroq  tomirga  kiritish  uchun  tavsiya  etiladi. 

Tiroksinning  ta'siri asta sekin rivojlanadi va 8-10 kundan keyin eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Ta'sir 

davomligi bir necha haftani tashkil etadi. Jumladan, asosiy modda almashinuvining ortishi tiroksinni bir 

marta kiritilgandan keyin 2-4 xafta davom etadi.  

Triyodtironin gidroxlorid (liotironin) tiroksin kabi  qalqonsimon  bez gormonining sintetik analogi 

hisoblanadi. Uning ta'siri tiroksinnikiga nisbatan tezroq boshlanadi.(24-48 soat oralig‘ida) va bir necha 

kun  davom  etadi.  Moda  almashinuviga  tiroksinga  nisbatan  3-5  marta  kuchliroq  ta'sir  ko‘rsatadi, 

triyodtironin gidroxlorid ichish uchun beriladi. 

        Tireoidin  so‘yilgan  qora  molning  quritilgan  qalqonsimon  bezidan  iborat  preparat.  Tireoid 

gormonlar  aralashmasidir.  Preparatning  faolligi  turg‘un  emas,  chunki  uni  standartlash  takomil  emas 

(tarkibidagi yodning miqdorini kimyoviy yo‘l bilan aniqlashga asoslangan). 

Tireoid    gormon  preparatlarini  qo‘llashga  asosiy  ko‘rsatmalar  bu  gipotireoidizm.  Bunday 

xolatlarda  ko‘roq  tiroksin  va  tireoidin  qo‘llaniladi.  Ta'siri  tez  nomoyon  bo‘ladigan  preparat  sifatida 

triyodtironin  faqat o‘tkir kechuvchi patologik  xolatlarda,  masalan  miksedema komasidagi   bemorlarda 

qullaniladi.  Tireoid  gormonlari  preparatlarining  dozasi  oshirib  yuborilganda  qo‘zg‘oluvchanlikni 

oshishi, terlash, taxikardiya, tremor (mushaklarning titrashi), tana vaznini kamayishi va boshqa belgilar  

kuzatiladi.   

Ovqat maxsulotlari tarkibida yodning yetishmasligi tufayli rivojlanuvchi gipotireoidizmda (oddiy 

yoki  endemik  bo‘qoq)  davolash  asosan  ovqatga  yoki  istemol  qilinuvchi  tuzga  yodidlarni  qo‘shishdan 

iborat bo‘ladi. 



ANTITIREOID VOSITALAR 

Qalqonsimon  bez  giperfunksiyasida  (gipertireoidizm,  bazedov  xastaligi)  ta'sir  yo‘nalishi  

quyidagicha bo‘lgan prepartlar qo‘llaniladi. 

a) gipofizning oldingi bo‘lagida tireotrop gormonni xosil bo‘lishini susaytiruvchilar; 

    Yod    Diyodtirozin 

_______________________________ 

Grekcha myxa - shilliq,   oideva – shish   



17 

 

b)qalqonsimon bezda tireoid gormonlar sintezini susaytiruvchilar 

    Merkazolil      Propiltiouratsil 

v) qalqonsimon bezga yodni shimilishini buzuvchilar 

    Kaliy perxlorat 

g)qalqonsimon bez xujayra follikulalarini yemiruvchilar 

    Radioaktiv yod 

Yod molekulyar yoki yodidlar ko‘rinishida qo‘llaniladi. Me'da –ichak traktidan u yaxshi so‘riladi. 

Tiroliberin  va keyinchalik gipofizning tireotrop gormonini  ishlab chiqarishini susaytiradi. Shunga  mos 

ravishda tireoid gormonlarini  ishlab chiqarilishi  kamayadi. Qalqonsimon  bez  hajmini kamaytiradi.  2-3 

xafta mobaynida samarador.  

D  i  y  i  o  d  t  i  r  o  z  i  n  (ditirin)  ni  kiritganda  xuddi  shunday  ta'sir  mexanizmi  asosida  tireotrop 

gormon ajralishi susayadi.  

M ye r k o z o l i l (metimazol, metotirin) qalqonsimon bezda bevosita tiroksin va triyodtironinni 

sintezini buzadi. Merkozalil ichiladi. 

Unga  xos  eng  kuchli  nojo‘ya  ta'sir  bu  -  leykopeniya  va  agranulotsitoz.  Shu  sababli  merkozalilni 

qon  tarkibini  nazorati  ostida  qo‘llash  kerak.  Ba'zan  dispepsik  holatlar  kuzatiladi.  “Bo‘qoq”  yuzaga 

kelishi mumkin. U gipofizning oldingi bo‘lagidan tireotrop gormonini ishlab chiqarilishini ortishi bilan 

bog‘liq (qondagi tireoid gormonlar miqdorini kamayishiga bo‘lgan reaksiya). “Bo‘qoq” yuzaga kelishini 

oldini olish uchun yod va diyodtirozindan foydalanish mumkin.  

Antitireoid  vositalar  sifatida,  merkazolindan  tashqari  tiomochevinaning  qator  boshqa  unumlarini 

qo‘llash  mumkin:  karbimazol,  propiltiourotsil.  Ta'siriga  ko‘ra  ular  merkazolilga  o‘xshashdir. 

Karbimazol organizmda merkazolilga aylanadi.  

Kaliy  perxlorad  (xlorigen;  KS1O

4

),  qalqonsimon  bezning  yodni  shimib  olishini  kamaytiradi. 



Kamdan-kam  hollarda  qo‘llaniladi,  asosan  yengil  va  o‘rtacha  darajadagi  tireotoksikozni  davolashda 

ishlatiladi. U leykopeniya va agranulotsitoz rivojlvnishining sababchisi bo‘lishi mumkin.   

Giperteriozning  ba'zi  shakllarida  radiaktiv  yod  _

131


I  (yarim  parchalanish  davri  8  kun)  yoki  - 

132


(yarim parchalanish davri 2-3 soat) qo‘llaniladi. Qalqonsimon bez hujayralarning destruksiyasi asosan β 

nurlar (90% nur ajratadi)  va oz darajada  γ-nurlar ta'sirida rivojlanadi. Natija asta-sekin  yuzaga chiqadi 

(1-3  oy  va  undan  ko‘proq  vaqtda).  Bir  qator  bemorlarda  preparatning  dozasi  chiqib  ketganidan 

miksedema  belgilari  paydo  bo‘ladi.    Preparatning  natriyli  tuz  sifatida  ichishga  tavsiya  etiladi.  Dozasi 

millikyuri (mKi) da belgilanadi.  

Antitiroid  preparatlar  tireotoksikozni  (bazedov  xastaligi)  davolashda  hamda  qalqonsimon  bezni 

jarroxlik  yo‘li  bilan  olib  tashlashga  bemorlarni  tayyorlash  uchun  (bemorlar  holatini  yaxshilash 

maqsadida) qo‘llaniladi.  

 

KALSITONIN (TIROKALSITONIN) 

Kalsitonin  asosan  qalqonsimon  bezning  maxsus  hujayralarida  ishlab  chiqariladi.  U  32  ta 

aminokislotalardan  iborat  bo‘lgan  polipeptid.  Kalsitoninning  sekretsiyasi  qondagi  kalsiy  ionlari 

miqdoriga  bog‘liq.  Kalsitonin  kalsiy  almashinuvini  boshqarishda  qatnashadi  (4-rasm).  Uning  asosiy 

ta'siri  –  suyaklarda  dekalsifikatsiya  jarayonini  susaytirishdir.  Ichakdan  kalsiy  ionlarini  so‘rilishiga  va 

ularni  buyrak  orqali  ajralishiga  kalsitonin  ta'sir  ko‘rsatmaydi.  Sintetik,  odam  kalsitonini  olingan 

(sibakalsin).  

Lasosning  kalsitonini  sintezlangan  bo‘lib,  m  i  a  k  a  l  s  i  k  nomi  bilan  chiqarilmoqda.  Faolligi 

bo‘yicha insonning kalsitoninidan 30-40 marta ustun keladi va davomliroq ta'sir etadi.  

Kalsitonin cho‘chqalarning qalqonsimon bezidan olinadigan   k a l s i t r i n     preparati tarkibida 

ham  bor.  Kalsitoninni  ostioporozlarda  (m-n:  davomli  immobilizatsiya  tufayli,  qariyalardagi, 

glyukokortiko-idlarni davomli qo‘llaganda) hamda nefrokalsinozda qo‘llaniladi.  

 


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin