O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi


Qalqonsimon oldi bez preparatlari



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix06.06.2020
ölçüsü2,19 Mb.
#31554
1   2   3   4   5   6
gormonal preparatlar


Qalqonsimon oldi bez preparatlari. 

Qalqosimon  bez  yonidagi  bezlar  paratgormonni  ajratadilar.  U    84  ta  aminokislota  qoldig‘idan 

iborat polipeptid bo‘lib, uni ishlab chiqarilishi qondagi kalsiy ionlarining miqdori bilan belgilanadi. 

Paratgormon  ta'sirining  asosiy  ko‘rinishi  -  kalsiy  va  fosfor  almashinuviga  ta'sir  etish  bo‘lib, 

suyaklarda  dekalsifikatsiya  jarayonini  kuchaytirib  ajralgan  kalsiy  ionlarini  qonga  o‘tkazadi  hamda 



18 

 

me'da-ichak  traktidan  kalsiy  ionlarini  so‘rilishini  osonlashtiradi.  Ichakdan  kalsiy  ionlarini  so‘rilishini 



kuchayishi paratgormoning bevosita emas, balki  bilvosita ta'siri  bo‘lib, uning ta'sirida kalsiytriol  hosil 

bo‘lishining ortishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Ma'lumki kalsitriol vitamin D

3

 (xolekalseferol) ni eng 



faol  metobolitidir. Paratgormon  buyrak  naychalarida kalsiy  ionlarini qayta  so‘rilishini kuchaytiradi  (4-

rasmga qarang). Natijada qonda kalsiy ionlarining miqdori ortadi. 

 

 

 



 

         4. rasm .Kalsiy almashinuvini boshqaruvchi moddalar ta'sirining yo‘nalishi.                 

         →   rag‘batlantiruvchi ta'sir (kuchaytiruvchi);

    

 →     susaytiruvchi ta'sir 



 

Qonda fosfor miqdori ozayadi

1

,

 



chunki uni

 

buyrak naychalarida qayta so‘rilishi kamayadi.  



Tabobat amaliyotida so‘yilgan qora mollarning qalqonsimon bez yonidagi bezlaridan olinadigan  p 

a r a t i r ye o d i n  preparati qo‘llaniladi.  Ushbu preparatning biologik faolligini itlarda qonda kalsiy 

ionlari miqdorini oshirish xossasi asosida aniqlanadi. 

 Paratireoidinning ta'siri taxminan 4 soatdan keyin boshlanib, 24 soatgacha davom etadi. U asosan 

surunkali  gipoparatireozda,  spazmafiliyada

2

  qo‘llaniladi.  Teri  osti  va  mushak  ichiga  kiritiladi.  Ta'sir 



birligida  (TB)  dozalanadi.  O‘tkir  gipoparatireoz  (tetoniya)  ni  kalsiy  preparatlari  (tomir  ichiga)  ni 

paratireodin  bilan  birgallikda  qo‘llash  bilan  davolash  maqsadga  muvofiqdir.  Ta'siri  ancha  kech 

boshlanishini  e'tiborga  olganda  ushbu  xastalikni  faqat  paratireodin  bilan  davolash  kerakli  natija 

bermaydi.  

______________________________________________ 

1

  Bir  qancha  olimlar  fosfor  (fosforlar  nazarda  tutilmoqda)  almashinuvidagi  o‘zgarishlar  birlamchi 



bo‘ladi    deb hisoblaydilar   

Bolalarda uchraydigan xastalik bo‘lib, gipokalsemiya va tirishish bilan kechadi. 



19 

 

 



                      Preparatlar 

Nomi 


Chiqarish shakllari 

Qalqonsimon bez gormonlarining preparatlari 

L- Tiroksin- 



L-Thyroxin 

Tabletkalar 0, 00005 va 0,0001g 

Triyodtironin gidroxlorid-

Triiodthyronini 

hydrochloridum 

0,00002 va 0,00005 g li tabletkalar 

Treoidin-Thyreoidinum 

0,5 g dan tabletka va kukunlar 0,1 va 

0,2 yuzasi qoplangan tabletka 

Kalsitrin-Calcitrinum 

10 – 15 TB steril, liofillangan kukun 

tutgan flakonlar (in'eksiya uchun 

mo‘ljallangan suvda eritiladi). 

Antireoid vositalar 

Merkazolil - Mercazolilum 

0,005 g dan tabletkalar 

Qalqonsimon bez yonidagi bezlar preparati 

Paratireoidin – 



Parathyreoidinum 

1 ml (20 TB) dan ampulalarda 

   

Me'da osti bezi gormonlarining preparatlari va diabetga  

qarshi sintetik vositalar 

   Uglevodlar  almashinuvini  boshqarishda  me'da  osti  bezi  gormonlari  katta  axamiyatga  ega. 

Langergans  orolchalarining  (pankreasning  orolchalari)  V-xujayralari  proinsulinni  sintezlaydilar,  undan 

kuchli  darajada  gipoglikemik

1

  ta'sirga  ega  insulin  xosil  bo‘ladi.  A-xujayralar  giperglikemiya



2

  

chaqiruvchi glyukagon ishlab chiqaradilar.  



 Amaliy tabobat uchun qandli diabetni davolashda qo‘llaniladigan me'da osti bezi gormoni insulin 

eng  ko‘p  qiziqish  uyg‘otadi.  Ammo  hozirda  ushbu  xastalikni  davolashda  qo‘llaniladigan  moddalar 

quyidagi guruxlarga bo‘linadi. 

1.O‘rin almashish (terapiyasi) vositalari  

 Insulin preparatlari 



2.Endogen insulin ajralishini rag‘batlantiruvchi vositalar  

          Sulfonilmochevina xosilalari (xlorpropamid, glibenklamid va boshqalar) 

3.Glyukoneogenezni  susaytiruvchi  va  glyukozani  to‘qimalarga  kirishiga  imkoniyat  yaratuvchi 

vositalar   

          Biguanidlar (metformin) 



4.To‘qimalarni insulinga sezgirligini oshiruvchi vositalar 

 Tiazolidindionlar (roziglitazon, pioglitazon) 



5. Ingichka ichakda glyukozidora so‘rilishini susaytiruvchi   vositalar (α-glyukolidaza ingib-torlari) 

          Akarboza 

Insulin diabetga qarshi eng samarador va universal vosita xisoblanadi. U disulfid ko‘prikchalari 

bilan bog‘langan (tuzilishiga qarang) 2 ta polipepdit zanjirlaridan  (biri 21 ta aminokislotadan, boshqasi 

30 ta aminokislotadan iborat) tashkil topgan polipeptiddir. 

____________________________________________________ 

Qonda shakar miqdorini kamayib ketishi. Grekcha so‘zdan olingan   hypo- kamayish, glekys-shirin,   



haima- qon 

2

 Langergans orolchalari quyidagi endokrin hujayralaridan iborat.  



   A(ά

2

)- hujayralar- glyukagon ishlab chiqaradilar  



   V (β)-  hujayralar- insulin ishlab chiqaradilar (hamda amilin polipeptidini) 

   D (δ,ά

1

) – hujayralar –somatostatin ishlab chiqaradilar. 



   F (PP) – hujayralar- pankreatik polipeptid ishlab chiqaradilar.  

20 

 

Inson  va  ko‘pgina  jonivorlarning  insulinini  sintezlash  amalga  oshirilgan.  Xozirgi  vaqtda  inson 



insulini  gen  injeneriyasi  usuli  bilan  olinmoqda.  Dori  vositasi  sifatida  inson  insulinni  va  so‘yilgan 

qoramollar (xo‘kiz va cho‘chqa) me'da osti bezidan olingan insulin preparatlari qo‘llanilmoqda. Ularni 

ta'sir birligida (TB) dozalanadi.  

Insulinning  sekretsiyasi  kalsiy  ionlariga  bog‘liqligi  haqida  ma'lumotlar  mavjud.  Ushbu 

mexanizmni  glyukoza  ishga  tushiradi.  V-xujayralar  ichiga  kirib,  glyukoza  metabolizmga  uchraydi  va 

xujayra


 

ichidagi ATF miqdorini oshib ketishiga imkon beradi. ATF esa o‘ziga bog‘liq kaliy kanallarini 

qamallab  xujayra  membranasini  depolyarizatsiyalaydi.  Bu  V-xujayralarga  kalsiy  ionlarini  kirishiga 

(ochilayotgan potensialga  bog‘liq kalsiy kanallari  orqali)  va ekzotsitoz yo‘li  bilan  insulinni ajralishiga 

imkoniyat tug‘diradi. Insulinni  xosil  bo‘lishini  aminokislotalar  xam rag‘batlantiradilar. Jigarda  insulin 

insulinaza fermenti vositasida faolsizlantiriladi. 

Insulinning  gipoglikemik  ta'sir  mexanizmi  oxirigacha  aniqlanmagan.  Insulin  xujayra  yuzasidagi 

ikkita  α-  va  β-  qisimchalardan  iborat  o‘ziga  xos  bo‘lgan  retseptorlar  bilan  bog‘lanadi.  Hosil  bo‘lgan 

“insulin + retseptor” majmuasi endotsitoz orqali  xujayra  ichkarisiga kiradi  va u  yerda ajralgan  insulin 

o‘z  vazifasini  amalga  oshiradi.  Bundan  tashqari,  xujayra  yuzasidagi  retseptorlar  bilan  bog‘lanishda 

tirozinkinaza  faolligiga  ega  bo‘lgan  β-qisimchalar  faollashadi.  Insulin  glyukozani  xujayra 

membranalaridan  olib  o‘tishini  va  uni  mushaklar,  yog‘  to‘qimalarida    sarflanishini  faollashtiradi  (5-

rasm).  Glikogenogenez    ortadi  (insulin  glikogensintetaza  fermentini  faollashtiradi).  Jigar  va  skelet 

(ko‘ndalangtarg‘il)  mushaklarida  u  glikogenolizni  kuchaytiradi.  Aminokislotalarni  glyukozaga 

aylanishini  susaytiradi.  Oqsil  sintezini  kuchaytiradi.  Yog‘  to‘qimasida  triglitseridlarni  depolanishini 

osonlashtiradi.  Qandli  diabetda  insulinni  qo‘llash  qonda  qand  miqdorini  kamayishiga  va  to‘qimalarda 

glikogenni to‘planishiga olib keladi. Qonda glyukozani kamaytirish glyukuzuriyani  va u  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan poliuriyani

(peshobni ko‘p miqdorda ajralishi) xamda polidipsiya



2

 (chanqash)ni bartaraf etadi. 

Uglevod  olmoshinuvini  meyyorlanishi  oqibatida  oqsil  (qonda  peshob  azotli  brikmalar  miqdori 

kamayadi)  va  yog‘  (qonda  va  peshobda  keton  tanachalari  –atseton,  atsetosirka  kislotasi,  β-oksimoy 

kislotasini  aniqlanishi  bartaraf  bo‘ladi)  almashinuvi  tiklanadi.  Yog‘larni  parchalanishi  va  oqsillarni 

yuqori  darajada  glyukozaga  aylanishi  bilan  bog‘liq  ozib  ketish  va  xaddan  tashqari  ochlik  xissi 

(bulimiya

3

) yo‘qoladi. Insulin qandli diabetning barcha og‘irlik darajalarida ham  samarador.  



                  

  

          5-Rasm. Insulin bilan rag‘batlantirilgan glyukozani aylanish yo‘llari 

___________________________ 

1

 grekchadan   poli – ko‘p,  uron - peshob 



2

 grekchadan   dipsa – chanqoq             

3

grekchadan    bus – xo‘kiz,  limos – ochlik 



21 

 

 



 Xozirgi  kunda  insonning  rekombinatlangan  insulini  asosiy  preparat  xisoblanadi    Ammo 

jonivorlar  to‘qimasidan  olingan  preparatlar  va  asosan  cho‘chqa  insulinni  ham  keng 

qo‘llanilmoqda.Cho‘chqa insulini tozalangan xolda ( xromatografik toza maxsulot nazarda tutilmoqda - 

bitta  cho‘qqiga  ega)  va  yuqori  darajada  tozalangan  (tarkibi  bitta  komponentdan  iborat)  preparat 

chiqarilmoqda. Inson insuliniga o‘xshash(analog)  insulin yaratilgan – x u m a l o g  (insulin  lispro). U 

odatdagi qisqa ta'sirli inson insuliniga nisbatan tezroq va qisqaroq ta'sirga ega. Tabobat  amaliyoti uchun 

insulinning  ta'sirini  boshlanish  tezligi,  davomli-ligi,  xamda  allergenlik  darajasi  bilan  farqlanuvchi 

ko‘pgina preparatlari yaratilgan.  

  Xozirgi zamon insulin preparatlari quyidagi gruxlardan iborat. 

1. Maksimal natijasi tez (1-4 soatdan keyin) rivojlvnuvchi va qisqa ta'sir etuvchi (4-8 soat) preparatlar. 

2. Maksimal natijasi o‘rtacha tezlik (6-12 soatdan keyin) bilan rivojlanuvchi va ta'sir davomligi (8-24 

soat) o‘rtacha preparatlar. 

3. Maksimal natijasi sekin (12-18 soatdan keyin) rivojlanuvchi va davomli (24-40 soat) ta'-sirli 

preparatlar. 

Insulinning  ba'zi  preparatlari  5-jadvalda  berilgan.  Ko‘pchilik  preparatlar  maxsus  shprits  - 

ruchkalarda chiqariladi. 

 5-jadval. Insulinning ba'zi preparatlari

1

  



Inson insulini preparatlari 

Cho‘chqa insulini preparati 



Qisqa  ta'sir etuvchilar 

Aktrapid NM 

Insulin Rapid   

Inutral ChM    

Xomorap 40    

Xumulin Regulyar                                                                                                                                            

Aktrapid MS 

Iletin II Regulyar 

Neytral insulin betasint ye-40S                                          

Insulin Maksirapid VO-S 

Insulin S 

Insulran SPP 

Inutral SPP 

O‘rtacha ta'sir etuvchi 

2

 

Izofan Insulin ChM    

Insulin Bazal  

Monotard NM 

Protafan NM 

Xomolong 40 

Xumulin L 

Xumulin X                                                                                                                                                                                                                                                                 

Iletin II  

Iletin II NPX 

Insulin betasint lente ye 40S 

Insulin betasint lente NPX ye 40S 

Insulin lente SPP 

Insulin SPP 

Insuman Bazal 

Monotard MS  

Protafan MS 

Xumulin NPX                                        

                                                                   

Davomli ta'sir etuvchilar 

Xumulin Y-L    

Ultratart NM    

 

1



Jadval Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni–saqlash vazirligining davlat reestri asosida tuzilgan. 

2

  Bundan  tashqari  tez  va  qisqa    ta'sirli  preparatlarning  o‘rtacha  ta'sir  etuvchi  preparatlar  bilan 



aralashmasi ham chiqarilmoqda. 

Izoh. S-cho‘chqaning; M-bir tarkibli; Ch (N; NM)- insonning (Numan); L-lente; U-L-ultralente     

          Insulin preparatlarini parenteral yo‘l bilan kiritiladi: odatda teri ostiga va mushak ichiga, kamroq 

ko‘k tomir ichiga (ichilganda insulin ovqat hazm qilish fermentlari ta'sirida parchalanib ketadi)

1

. Qisqa 


ta'sirli  insulin  preparatlari  tez  ta'sir  eta  boshlaydilar,  ayniqsa  ko‘k  tomirlarga  kiritilganda.                  

_________________ 

1

  Ingalyasion  yo‘l  bilan  qo‘llash  va  til  ostiga  (lunjga)  qo‘yish  uchun  ishlab  chiqarilgan  insulin 



preparatlari klinik sinovlardan o‘tmoqda.   

22 

 

 



Bunday  yo‘l  bilan  kiritish  ayniqsa  prekomatoz  va  komatoz    holatlarida  tavsiya  etiladi.  Bunday 

holatlar  va  insulinga tobe bo‘lgan qandli diabetda  insulin  boshqasiga almashtirish  mumkin  bo‘lmagan 

preparat hisoblanadi.  

Davomli  ta'sir  etuvchi  insulin  preparatlari  kiritilgan  joylaridan  sekin  so‘riladilar.  Ushbu 

preparatlarning  shubhasiz  ustunligi  shundan  iboratki,  ularni  bir  marotaba  parenteral  kiritilishi  davomli 

ta'sirni  ta'minlaydi.  Ammo  davomli  ta'sir  etuvchi  preparatlarni  qo‘llaganda  kuchli  darajadagi 

gipoglikemiya  yuzaga  kelib  qolsa  bemorlarni  unday  holatdan  chiqarib  olish,  darajasi  bir  xil  bo‘lgan, 

lekin ta'sir vaqti qisqa insulindan vujudga kelgan gipoglikemiyaga nisbatan qiyinroq bo‘ladi.  

Davomli  ta'sir  etuvchi  insulin  preparatlarning  ta'siri  sekin  rivojlanganligi  sababidan  ular  diabetik 

koma holatini bartaraf etishga yaroqsizdirlar, ko‘pgina preparatlar tarkibida protamin oqsili bo‘lganligi 

tez-tez allergik reaksiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 

Davomli  ta'sir  etuvchi  insulin  preparatlarini  teri  ostiga  yoki  mushak  ichiga  kiritiladi.  Ushbu 

preparat o‘rtacha va og‘ir darajali qandli diabet xastaligida qo‘llaniladi.  

Insulin preparatlari bir qancha kamchiliklardan xoli emasdir. Jumladan insulin in'eksiyalari og‘riq 

bilan  kechadi.  Preparat  kiritilgan  joylarda  yallig‘lanish  (infiltratlar)  rivojlanishi  mumkin.  Bundan 

tashqari insulinga sezuvchanlik katta oraliqda o‘zgarib turadi. Ba'zi bemorlar ularga sezuvchanligi juda 

past  bo‘lsa  boshqalarida  aksincha,  juda  xam  yuqori  bo‘ladi.  Ushbu  preparatlarga  rezistentlik 

rivojlangishi retseptorlar sonini kamayishi, ular affinitetini psayishi va boshqa sabablar tufayli bo‘lishi 

mumkin.  Insulinga  antitelalar  ishlab  chiqarilishi  uning  samaradorligini  kamayishi  va  ta'sirini  yo‘q 

bo‘lishiga sabab bo‘lishi  mumkin. Insulin  preparatlari allergik reaksiyalar chaqirishi  mumkin. Bunday 

holat odam insulini preparatlarida kuchsizroq bo‘ladi. 

Ichilganda  ham  samarador  bo‘lgan  gipoglikemik  vositalar  katta  qiziqish  uyg‘otadi.  Ular  sintetik 

yo‘l bilan olingan va 2 ta kimyoviy birikmalar guruxlariga mansubdirlar. 

I. Sulfonil mochevina unumlari      

   1. Ta'sir davomligi o‘rtacha (8-24 s) bo‘lgan preparatlar 

                Butamid 

   2. Ta'siri davomli bo‘lgan preparatlar (24- 60 s) 

                Xlorpropamid,    Glibenklamid,      Glipizid 



 P.     Biguanid unumlari 

                Metformin 

         Sulfanil mochevina xosilalarining gipoglikemik ta'sir mexanizmi ularni ATFga tobe bo‘lgan  K

+

 - 



kanallarini  qamal  qilish  xossalari  bilan  bog‘liq  (2  chizma).  Bu  potensialga  bog‘liq  Sa

2+

  kanallarini 



ochilib  xujayra  ichida  kalsiy  ionlari  miqdorini  kuchayishiga  va    V-xujayralardan  insulin  ajralishini 

kuchayishiga  olib  keladi.  Bunda  V-xujayralarning  insulinni  ishlabchiqarilishini  rag‘batlantiruchi 

glyukoza  va  aminokislotalarga  bo‘lgan  sezgirligi  ortadi.  Shunday  qilib,  ushbu  preparatlar  insulin 

sekretsiyasini  bilvosita  ta'sir  tufayli  kuchaytiradilar.  Sulfonil  mochevina  unumlari  ovqat  xazm  qilish 

traktidan tez va to‘liq so‘riladilar.  

Bu gurux preparatlarining birinchisi b u t a m i d  (tolbutamid, rastinon) xisoblanadi. 

 Butamidni  bemorlar  yaxshi  qabul  qiladilar,  ammo  uni  qullaganda  noxush  ta'sirotlar  rivojlani  shi 

mumkin  (dispepsik  o‘zgarishlar,  allergik  reaksiyalar,  kamdan-kam  xolatlarda  –  leykopeniya, 

trombotsitopeniya, gepatotoksik ta'sir). Butamidga o‘rganish (ko‘nikish) rivojlanishi mumkin. 

    2-chizma. Sulfonil mochevina unumlarining gipoglikemik ta'sirining mexanizmlari  

                                                                                     

                                                    Sulfonilmochevina unumlari 

                                                    (xlorpropamid va boshqalar) 

                                                                              ↓          

                                                    Langergans orolchalarining                       

                                                    V-xujayralarini ATFga tobe                     

                                                    bo‘lgan K

+

 kanallarini qamallanishi                                                    



                                                                             ↓          

                                                    V-xujayralar membranasining    

                                                    depolyarizatsiyalanishi       


23 

 

                                                                             ↓          



                                                    V-xujayralarning potensialga tobe    

                                                    bo‘lgan Sa

2+

 kanallarini ochilishi 



                                                                             ↓          

                                                    Sa

2+

 ni V- xujayra ichiga kirishi 



                                                                             ↓          

                                                            Insulinni ajralishi 

 

        Xlorpropamid (diabaril, oradian) butamiddan  faolligini yuqoriligi va ta'sirini davomlili gi bilan farq 



qiladi.  Organizmda  faol  metabo  litlar  xosil  qilish  bilan  kechuvchi  biotransformatsiyaga  uchraydi. 

Xlorpropamid  va  uning  metabolitlari  buyrak  orqali  ajraladi.  Xlorpropamid    boshqa  sulfanilamidlarga 

nisbatan  ko‘proq  turli xil noxush asoratlar keltirib chiqardi. Jumladan, etil spirtini metabolizmi buzilishi 

tufayli uni qabul qilganda yuz terisini qizarib ketishi va boshqa ko‘tara olmaslik belgilari yuzaga keladi. 

Organizmda suvni ushlanib qolishi va giponatriemiya, dispepsik buzilishlar, terida allergik  reaksiyalar, 

xolestaz, kamdan-kam xolatlarda qon xosil bo‘lishini susayishi kuzatiladi.  



 

 

Diabetni davolashda qo‘llaniladigan ba'zi vositalarning kimyoviy tuzilishi. 

 

          

 

 


24 

 

Ta'siri  davomli  bo‘lgan  preparatlar  qatoriga  glibenklamid  (maninil)  va  glipizid  xam    kiradi.  Ta'sir 



mexanizmi bo‘yicha ular butamid va xlorpropamidga uxshashdir. Asosiy farqi bu farmakokinetikasiga 

ta'luklidir  (6-jadval).  Ularni  bir  kunda  bir  marta  ovqatlanishdan  30  min  avval  qabul  qilinida.  Ta'siri 

tezroq yuzaga chiquvchi preparat glipizid xisoblanadi. Preparatni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Ular 

dispepsik  buzilishlar  (ko‘ngil  aynash,  qayt  qilish,  diareya  va  boshqalar),  teri  allergik  reaksiyalar, 

kamdan kam xolda qon xosil bo‘lishini susayishini chaqirishlari mumkin.  

 

       6-jadval. Sulfanilmochevina xosilalarining farmakokinetikasi 

 

 

P



re

pa

ra



Nis


biy 

fa

oll



igi

 

1



 

 

 



Gipogli

ke

mi



 ta's


ir

ni

  



  

rivoj


lanis

tez



li

gi

 



B

iodos


tupnos

t



½

  

 s



oa

2



 

T

a's



ir

 da


voml

il

igi



 ,

 s

 



Z

ar

dob 



oqs

il

lar



bil


an 

bog‘


lanis

hi 


   

%

 



F

aol 


meta

boli


tl

ar

 xos



il

 

bo‘



li

shi


 

 

 



 

 

 



Iz

ox

 



 

 

 



 

Butamid 


 1     

 3-5  85-95  4-6     6-12 

 96 

 

Qalqonsimon bezda  yod  



shimilishini 

buzishi mumkin 

Xlorpropamid  4-5 

3-5 


>90 

30-


36 

24-72  96 

  + 

Suvni ushlanib 



qolishi, giponatrie-

miya,etil spirtini 

oksidlanishini buzilishi 

Glibenklamid  150-200  3-5 

64-90  1-12  12-24  97-98   

Kuchsiz diuretik ta'sir 

Glipizid 

100 


1-3 

  95 


2-4 

10-24  98-99   

Kuchsiz diuretik ta'sir 

       _______________________________________________ 

          1 

Faolliklari o‘rtacha terapevtik dozalarini taqqoslash asosida berilgan. Maksima gipoglikemik ta'siri   

        bo‘yicha  (qo‘llangan  terapevtik  dozalarda) xloropamid, glibenklamid  va glipizid  taxminan teng-   

        dirlar. Butamid kamroq samaradordir. 

           2 

 Modda konsentratsiyasini qon zardobida  50 % ga kamayishi 

 

       Sulfonilmochevina unumlariga gliklazid (diabeton) ham kiradi. U qonda glyukoza miqdorini kuchli 



darajada  kamaytiradi  va  ovqat  qabul  qilingandan  boshlab  to  insulin  sekretsiyasi  ni  boshlanishigacha 

bo‘lgan  vaqtni  qisqartiradi.  Preparat  shunisi  bilan  axamiyatliki  u  gipoglikemik  ta'sir  bilan  bir  qatorda 

mikrotsirkulyasiyaga  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatadi,  chunki  glikazid  trombotsitlar  agregatsiyasini  susaytiradi. 

Xamda  tomirlar  devori  o‘tkazuvchanligini  mo‘tadillashtiradi.  Tana  vaznini  oshirmaydi,  aksincha  uni 

kamaytiradi (albatta ovqat qabul qilishni to‘g‘ri tashkil etilgan xolda).  

Gliklazid  ovqat  xazm  qilish  traktidan  yaxshi  so‘riladi.  Qon  zardobida  eng  katta  konsentratsiyasi 

taxminan  4  soatdan  keyin  aniqlanadi.  Ko‘p  qismi  zardob  oq  sillari  bilan  bog‘lanadi.  Jigarda 

metabolizmga    uchraydi.  t

½

  taxminan  12  soat.  Asosan  metabolitlar  ko‘rinishida  buyrak  orqali  ajraladi. 



Noxush asoratlar sifatida dispepsik o‘zgarishlar, kamdan-kam xollarda trombotsitopeniya, leykopeniya, 

agranulotsitoz, anemiya, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. 

Sulfonilmochevina unumlarini 2-tipdagi qandli diabet (insulinga tobe  bo‘lmagan)da qo‘llaniladi. 

Repaglinid  (benzoy  kislotasi    xosilasi)  shularga  o‘xshab,  insulin  ajralishiga  imkoniyat  beruvchi 

preparat hisblanadi.  

Enteral  yo‘l  bilan  qo‘llashga  yangi  preparat  D-  fenilalanin  xosilasi  bo‘lgan  nateglinid  (starliks) 

tavsiya  etilgan.  U  asosan  me'da  osti  bezining  V-hujayralaridagi  ATF  ga  tobe  bo‘lgan  K

+

-kanallarini 



qamallaydi.  Bunda  yuzaga  keluvchi  membranalar  depolyarizatsiyasi  Sa

2+

  kanallarini  ochilishiga  va 



insulin sekretsiyasini ortishiga olib keladi. Nateglinid ovqatdan oldin ichiladi. U tez va qisqa ta'sir etadi. 

Ichilganda  uni  taxminan  73%  qonga  o‘tadi.  t

½

  1.5s.  Nateglinid  jigarda  metobolik    o‘zgarishlarga 



25 

 

uchraydi.  Preparat  va  uning  metobolitlarini  ko‘p  qismi,  asosan  buyrak  orqali  avvalgi  6  soat  ichida 



ajraladi.  2-tipdagi  qandli  diabetda  (postprandial

1

  giperglikemiyani  bartaraf  etish  uchun)    ovqatdan  



keyingi    insulin    sekretsiyasining    birinchi      davrini    kuchaytirish  uchun  qo‘llaniladi.  Preparat  yaxshi 

qabul  qilinadi.  Kamdan-  kam  hollarda  gipoglekemiya  rivojlanadi.  Ovqat  qabul  qilingandan  keyin 

ingichka  ichakdan  glyukoza  darajasini  boshqaruvchi  -  glyukozaga  tobe  bo‘lgan  insulinotrop  gormon 

(GIP


2

) va glyukagonsimon peptid (GLP-1

3

) ajraladi. Ular inkretinlar nomini olganlar. Tabobat amaliyoti 



uchun  nisbatan  turg‘un  bo‘lgan  glyukogonsimon  peptid-  eksenatid  sintezlangan.  U  2-tip  diabetni 

davolash  uchun  yaratilgan  birinchi  inkretinomimetik.  Eksenatid  (GLP-1kabi)  GLP-1  retseptorlarining 

agonistidir.  U  giperglikemiya  xolatida  glyukoza  ta'sirida  ajraluvchi  insulin  sekretsiyasini  kuchaytiradi. 

Eksenatidinni  kuniga    2  marta  teri  ostiga  kiritiladi.  t

½

    taxminan  2,4  soat.  Buyrak  orqali  ajraladi.  Eng 



ko‘p uchraydigan  noxush taasirotlari qatoriga ko‘ngil aynash, qayd qilish,  ich ketish, gipoglikemiyani 

kiritish  mumkin. Biguanidlar guruxidan  tabobat amaliyotida  m  ye t  f o r m  i  n  (siofor) qo‘llaniladi. 

Uning  ta'sir  mexanizmi  aniq  emas.  Metforminni  jigarda  glyukoneogenezni  tuxtish  xossasi  asosiy 

xisoblanadi. U mushaklarni glkozani shimib olishiga imkon beradi deb xisoblashadi, ammo bu glkogen 

xosil  bo‘lishiga  olib  kelmaydi.  Mushaklarda  sut  kislotasi  to‘planib  qoladi  (anaerob  glikolizni 

kuchaytirishi tufayli bo‘lsa kerak). Glyukozani yog‘ to‘qimasiga shimilishi xam kuchayadi. Metformin 

ichakda uglevodlarni so‘rilishini oz miqdorda bo‘lsa ham kamaytirishi xaqida ma'lumot mavjud.  

Anoreksigen  ta'siri  xisobiga  metformin  tana  vaznini  kamytiradi.  Qon  zardobida  triglitserid  va 

xolesterini miqdorini biroz kamaytiradi. Ichakdan yaxshi so‘riladi. Qonga preparatning 50-60 % o‘tadi. 

Organizmda  metabolizmga  uchramay-di,  zardob  oqsillari  bilan  bog‘lanmaydi.  O‘zgarmagan  xolda 

asosan buyrak orqali ajraladi.  t

½ =


 1,5 – 3 soat. Kuniga 2-3 marta kiritiladi. 

 Noxush  asoratlari  tez-tez  me'da  ichak  trakti  tomonidan  yuzaga  chiqadi  (  ko‘ngil  aynash,  qayt  qilish, 

dispepsiya,  og‘izda  temir  mazasini  sezish,  diareya  va  boshqalar).  Sulfanil  mochevina  xg‘osilalaridan 

farq qilib metforminni qo‘llaganda gipoglikemiya juda kam xollarda qayd etiladi.  

Sut  kislotasi ortishi tufayli  rivojlanadigan atsidoz sanoqli  bemorlarda kuzatilsa  ham  jiddiy  asorat 

xisoblanadi.  Bundan  xoli  bo‘lish  uchun  preparatni    minimal  samarador  dozalarda  qo‘llash  va  buyrak 

yetishmovchiligida qo‘llamaslik lozim. 

Metmorfin  2-tip  qandli  diabetda  qo‘llaniladi.    Metmorfin  ko‘pincha  ta'sir  mexanizmi  boshqacha 

bo‘lgan gipoglikemik vositalar bilan birga qo‘llaniladi.   Masalan, glibenklamid va metmorfindan iborat  

g  l  i  b  o  m  ye  t    preparati  ishlab  chiqariladi.  Gipoglikemik  vositalarni  qonda  va  peshobdagi  qand 

miqdorini  o‘zgarishiga  qarab  dozalanadi.  Har  bir  bemor  uchun  preparatlarning  muntazam  qo‘llaganda 

qondagi  miqdorini kerakli  miqdorda turg‘un  bo‘lishini ta'minlovchi dozasini  individual tanlash  lozim. 

Gipoglikemik vositalarni uglevodlar miqdori cheklangan parxez taom bilan birgallikda qo‘llash lozim.  

Ko‘pgina  diabetga  qarshi  vositalarni  qo‘llashda  yuzaga  chiquvchi  asosiy  asorat  –gipoglikemiya 

hisblanadi.  U  asosan  preparat  dozasi  oshirib  yuborilishi  yoki  parxezni  buzilishi  tufayli  yuzaga  keladi. 

Og‘ir  holatlarda  gipoglikemik  karaxtlik  rivojlanishi  mumkin.  yengil  darajadagi  gipoglikemiyani  qand 

yoki uglevodlarga boy bo‘lgan taom bilan bartaraf etish mumkin. Kerak hollarda parenteral yo‘l bilan 

glyukoza kiritiladi. Adrenalin va glyukagonlar ham giperglikemiyani rivojlantiradilar. 

Hozirgi  vaqtda yangi tipdagi  yangi  tipdagi  diabetga qarshi  vositalarda qo‘llanila boshlandi, ular 

xujayralarning  insulinga  nisbatan  sezgirligini  oshirish  xususiyatiga  ega.  Ushbu  preparatlar 

(tiazolidindion unumlari bo‘lmish  r o z i g l i t a z o n  va  p i o g l i t a z o n ) endogen insulin hosil 

bo‘lishini  yetishmovchiligida    va  unga  rezistentlik

4

  rivojlanganda  ahamiyatlidirlar.Bu  preparatlar 



yadroda  joylashgan  maxsus  retseptorlar  bilan  bog‘lanib,  ba'zi  insulinga  sezgir  genlar  transkripsiyasini 

oshiradilar  va  natijada  insulinga  bo‘lgan  rezistentlik  kamayadi.  To‘qimalarda  glyukozani,yog‘ 

kislotalarini yutib olish ortadi, lipogenez kuchayadi, glyukoneogenez kamayadi. 

 _____________________________________ 

ingizchada  prandial –ovqatlanish bilan bog‘liq. Post  prandial – ovqatlanishdan so‘ng rivojla nuvchi.  



 GIP –glucose-dependent insulinotropic peptide – so‘zidan olingan 

 GLP-1 – glucogon – lice peptide – so‘zidan olingan. 



4

 Jigarga Idiosinkraziya bilan bog‘liq gepatotoksik ta'sirga ega bo‘lgan troglitazon bu guruxning birinchi 

preparati  hisoblanadi.  Shu  sababli  ushbu  preparat  samarador  bo‘lishiga  qaramay  uni  qo‘llash 

to‘xtatilgan. Ingliz tilidagi adabiyotlarda bunday preparatlar ko‘pincha “insulin sensitizers” nomi bilan 

atalgan. 


26 

 

         Ichakda  uglevodlarni  so‘rilishini  qiyinlashtiruvchi  preparatlar  yaratilishi  qandli  diabetni 

davolashda yangi yo‘nalish hisoblanadi. Shunday preparatlardan biri  a k a r b o z a d i r . Uning ta'sir 

prinsipi  ichak  fermenti  α-glyukozidazani qamallashdir.  Bu (laktozadan boshqa) ko‘pgina uglevodlarni 

so‘rilishini  to‘xtatadi.  Hazm  bo‘lmagan  uglevodlarning  (kraxmal,  sukraza,  dekstrinlar,  maltozalar) 

ortig‘idan  ko‘p  miqdori  yo‘g‘on  ichakda  to‘lanadi  va  u  yerdagi  mikroorganizmlar  ta'sirida  gaz  hosil 

bo‘lishi  bilan  parchalanadilar.  Odatda  20-30%  bemorlarda  meteorizm  kuzatiladi.  Taxminan  3% 

bemorlarda kuchli diareya rivojlanadi. 

         Akarboza  bilan  monoterapiya  (ovqatlanishning  avvalida  qabul  qilinadi)  o‘tkazilganda  yuqori 

darajadagi  gipoglikemiya  rivojlanmaydi.  Ammo  uni  insulin  yoki  sulfonilmochevina  unumlari  bilan 

birgallikda qo‘llaganda gipoglikemik ta'sir kuchayadi. Akarboza ichakdan yomon so‘riladi. Shu sababli 

u  metformin  absorbsiyasini  buzadi,  shunga  ko‘ra  ularni  birgalikda  qo‘llash  samarasizdir.  Qandli 

diabetda  glyukozaning  zaxarli  ta'sirlarini  (neyropatiya,  retinopatiya,  nefropatiya)  kamaytiruvchi 

vositalarni  izlab  topish  dolzarb  yo‘nalishlardandir.  Noxush  asoratlar  glyukozadan  organizmda 

fruktozaga  va  keyinchalik  sorbitolga  aylanishi  bilan  bog‘liq  ekanligini  hisobga  olganda  ushbu 

metabolitik  yo‘lni  qamallash  maqsadga  muvofikdir.  Shu  maqsadda  aldozreduktoza  (qandlarni 

poliollarga  aylantiruvchi  ferment)  ning  birinchi  ingibitorlari  yaratilgan  bo‘lsa  ham,  ularning  klinik 

ahamiyatini baholash xozircha qiyin.   Me'da osti bezining gormoni bo‘lmish glyukogonni Langergans 

orolchalarining maxsus    A-hujayralari   ishlab   chiqaradi. 29  ta   aminokislotalarning   qoldiqlaridan 

iborat  polipep-tiddir.  Glyukagonga  o‘xshagan  enteroglyukagon  12  barmoqli  va  ingichka  ichak,  xamda 

me'da  devorida  aniqlangan.  Glyukagonni  ishlab  chiqarilishi  qonda  glyukoza  miqdori,  ovqat  tarkibi  va 

ichak gormonlari bilan boshqariladi. Glyukagon qisqa ta'sirga ega, chunki jigar, buyrak, qon va boshqa 

to‘qimalarning  glyukagonazasi  bilan  tez  parchalanadi  (qon  zardobidagi  konsentratsiyasi  50%  gacha  7 

min.dan  kamroq  vaqtda  tushadi)  Glyukagonning  uglevod  almashinuviga  ta'siri  giperglikemiyada 

namoyon bo‘ladi. Bu jigarda glikogenoliz va glikoneogenezni kuchayishi bilan bog‘liq. Glyukagonning 

ta'siri uning G

s

 oqsillari bilan bog‘liq spetsifik retseptorlar bilan bog‘lanish xossasiga asoslangan. Bunda  



adenilatsiklaza  faollashib 

s

AMF  miqdori  ortishi  (6-rasm);  natijasida  fosforilaza  faollashadi  va 



glikogensintaza  susayadi.  Jigardan  glyukozani  ajralishi  ko‘payadi.  Bir  vaqtning  o‘zida  glikoneogenez-

glyukozani uglevod bo‘lmagani prekurzorlaridan  (laktat,piruvat, bir qancha aminokislotalar  va  boshqa 

birikmalardan) hosil bo‘lishi kuchayadi.  

                        6-rasm. Glyukogon va adrenalinni glikogenolitik ta'siri (chizma). 

 

              



 

 

              G-G oqsili                + -kuchaytiruvchi ta'sir                    ↑- konsentratsiyasini ortishi 



27 

 

 



Glyukogon  yurak-tomir sistemasiga  ham kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Glyukagonning asosiy ta'-sirlari: 

ijobiy  inotrop,  taxikardiya,  atrioventrikulyar  o‘tkazuvchanlikni  yengillashishidir.Glyukagon 

miokardning qisqarish faollligini oshiradi.U esa yurakni siqib chiqarayotgan qon hajmini ko‘payishiga 

olib keladi. Glyukagon ta'sirida qorinchalar aritmiyasi rivojlanmaydi. 

Glyukagon  miokardda  sAMF  miqdorini  oshiradi.  Glyukagon  miokard  adenilatsiklazasiga 

rag‘batlantiruvchi ta'siri α - adrenoblokatorlar bilan daf etilmasligi glyukagon va katexolaminlar uchun 

alohida-alohida retseptorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, glyukagon buyrak usti 

bezining  miya  qismidan  adrenalin  ajralishini  oshiradi,  o‘sish  gormoni  va  kalsitonin  sekretsiyasini 

kuchaytiradi (gipokalsemiya va giperkalsiuriya rivojlanadi).   

Glyukagon kam  qo‘llaniladi. Gipoglikemik komada parenteral kiritiladi, yurak yetishmovchiligida 

va kardiogen karaxtlikda  kon tomirga kiritiladi.  Keyingi  ikki  xolda glyukagon ta'sirining qisqaligi xal 

etuvchi  omil  xisoblanadi.  Shu  bilan  bir  qatorda  kardiotonik    ta'siri  yurak  tomonidan  kislorod 

sarflanishini ortishi bilan kechishini nazarda tutmoq lozim.  


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin