O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix06.06.2020
ölçüsü2,19 Mb.
#31554
1   2   3   4   5   6
gormonal preparatlar


                                   Preparatlar 

Nomi 


Chiqarish shakllari 

Butamid – Butamidum  0,25 va 0,5 g     

Xlorpropamid-  

Chlorpropamidum 

tabletkalar 0,1 va 0,25  

Glibenklamid- 

Glibenclamide  

Tabletkalar 0,0025; 0,0035 va  

0,005g  

Glipizid- Glipizide 

0,005 g tabletkalar 

Metformin- 



Metformin                      

0,5  g  tabletkalar 



 

Buyrak usti bezi po‘stloq qavatining gormonlarining  preparatlari (kortikosteroidlar) 

 

   Buyrak  usti  bezining  po‘stloq  qavati  40  dan  ortiq  steroidlar  ishlab  chiqaradi.  Ularning 

ko‘pchiligi muxim biologik axamiyatga ega. Qator kortikosteroidlar xayot uchun zarur (gidrokortizon. 

Kortikosteron, aldosteron). Kortikosteroidlarni 3 gruxga bo‘lingan: 

1.Glyukokortikoidlar 

   Gidrokortizon 

   11- Degidrokortikosteron 

   Kortikosteron 

2.Mineralkortikoidlar 

   Aldosteron 

   11-Dezoksikortikosteron 

   11-Dezoksi-17-oksikortikosteron 

3.Jinsiy gormonlar 

   Androsteron 

   Androstendion 

   Estron 

   Progesteron 

Kartikosteroidlar-xolesterindan sintezlanadi. Glyukokortikoidlarning  biosintezi  va ajralishi  asosan 

gipofizning  oldingi  bo‘lagining  AKTG  boshqariladi  (manfiy  teskari  bog‘lanishi  prinsipi  asosida). 

Mineralokortikoidlarni  ishlab  chiqarilishi  ekstratsellyulyar  suyuqlikning  umumiy  xajmi  va  qon 

zardobiga, natriy va kaliy ionlarning miqdoriga bog‘liq. Bunda Renin-angiotenzin sistemasi ham muhim 

o‘rin tutadi, AKTG kamroq ahamiyatga ega. 

Kartikosteroidlarning katta qismi jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, u yerda glyukuron va 

sulfat kislota qoldiqlari bilan kon'yugatlar hosil qiladilar. Peshob tarkibida ajraladilar.  Jinsiy gormonlar 

alohida bo‘limda keltirilgan; bu bobda faqat glyuko- va mineralkortikoidlar (7-jadval) ko‘rib chiqiladi.  

 


28 

 

7-jadval.  Buyrak  usti  bezining  po‘stloq  qavatining  asosiy  gormonlari,  ularning  preparatlari  va 

sintetik analoglari. 

   


Kortikosteroidlar 

Gormonlar 

Preparatlar 

Glyukokortikoidlar 

Gidrokortizon 

Kortikosteron 



Tabiiy gormonlar 

preparatlari va ularning 

efirlari 

Gidrokortizon 

Gidrokortizon atsetat 

Sintetik preparatlar 

Prednizolon 

Deksametazon  

Triamsinolon 

Sinaflan (fluotsinolon 

atsetonid) 

Flumetozon pivalat 

Beklometozon 

Mineralkortikoidlar 

Aldosteron 

II- Dezoksikortikosteron 

Dezoksikortikosteron atsetat 

Dezoksikortikosteron 

trimetilatsetat 



 

GLYUKOKORTIKOIDLAR 

 

Glyukokortikoidlar  hujayra  ichida  ta'sir  etadilar.  Ular  hujayra  sitoplazmasidagi  maxsus  retseptor 

bilan bog‘lanadilar. Bunda retseptor “faollashadi” va uni korformatsion o‘zgarishiga olib keladi. Hosil 

bo‘lgan “steroid + retseptor” majmuasi hujayra yadrosiga kiradi va DNK bilan bog‘lanib ma'lum genlar 

transkripsiyasini  boshqaradi.  Ular  oqsil  va  ferment  sinteziga  ta'sir  etuvchi,  spetsifik  RNK  hosil 

bo‘lishini rag‘batlantiradi.  

Glyukokortikoidlar (gidrokortizon va  boshqalar) modda almashinuviga ko‘p qirrali  va o‘ziga  xos 

ta'sir  ko‘rsatadilar.  Uglevod  almashinuvi  tomonidan  bu  jigarda  glikoneogenezning  kuchayishi  sababli 

qonda glyukoza miqdorini ortishiga namoyon bo‘ladi. Glyukozuriya bo‘lishi mumkin. 

Aminokislotalarning  glikoneogenez  uchun  sarflanishi  katabolizmni  avvalgi  darajasida  saqlangan 

yoki biroz kuchaygan (manfiy azot balansi yuzaga keladi) holatida oqsil sitezini susayishiga olib keladi. 

Bu  regeneratsiya  jarayonini  susayishining  sabablaridan  biridir  (bundan  tashqari,  hujayralar 

prolifiratsiyasi  va  fibroblastik  funksiyalar  kammayadi).  Bolalarda  to‘qimalarni  shakllanishi  buziladi 

(shu jumladan suyak to‘qimasining), o‘sish sekinlashadi.   

Yog‘  almashinuviga  ta'sir  yog‘  taqsimotining  buzilishida  namoyon  bo‘ladi.  Glyukokortikoidlarni 

muntazam  qo‘llansa  yog‘ning  ko‘p  qismi  yuzda  (oysimon  yuz),  bo‘yinning  dorsal  qismida,  yelkada 

to‘planadi. 

Suv-tuz  almashinuvining  buzilishlari  odatiy  xoldir.  Glyukokortikoidlar  mineralokortikoidlik 

faolligiga  egadirlar:  organizmda  natriy  ionlarini  ushlab  qoladilar  (ularni  buyrak  naychalarida 

reabsorbsiyasi  ortadi)  va  kaliy  ionlari  ushlanib  qolganligi  sababidan  qon  zardobi  xajmi  ,  to‘qimalar 

gidrofilligi  ,  qon  bosimi  ortadi.  Kaliy  ionlari  ko‘p  ajraladi  (ayniqsa  u  organizmda  ko‘p  miqdorda 

bo‘lganda) osteoporoz bo‘lishi mumkin.  

Glyukokortikoidlar 

yallig‘lanishiga 

qarshi 

va 


immunodepressiv 

ta'sir 


ko‘rsatadi-

lar.Glyukokortikoidlarning  yallig‘lanishni  kamaytiruvchi  ta'siri  ularning  yallig‘lanish  mediatorlarini 

hosil bo‘lishiga, tomirlar o‘tkazuvchanligiga xamda yallig‘la nish  jarayonida qatnashuvchi hujayralarga 

ta'siri bilan bog‘liq. Glyukokortikoidlar ta'sirida mayda tomirlar torayadilar va  suyuqdik ekssudatsiyasi 

kamayadi.  Yallig‘lanish  xududida  leykotsidlarning  to‘planishi,  makrofaglar  va  fibroblastlar  faolligi 

kamayadi.  Prostanoidlar,  leykotrienlar  va  trombotsitlarni  faollashtiruvchi  omil  (FAT)  ni  ishlab 

chiqaralishi kamayadi. Oxirgi ta'sir  fosfolipaza A

 faolligini susaytirishi tufayli amalga oshadi. Bunga 



steroidlar  bilvosita  ta'sir  ko‘rsatadilar.Ular  leykotsitlarda  qayd  etilgan  fermentni  susaytiruvchi  maxsus 

29 

 

oqsil 



lipokortinlar 

(sinonimi 



anneksinlar

biosintezini 

kuchaytiradilar. 

Bundan 


tashqari 

glyukokortikoidlar rag‘batlashtirilgan siklooksigenaza (SOG-2) ekspressiyasini kamaytiradilar. 



 

Ba'zi kortikosteroidlar preparatlarining kimyoviy tuzilishi. 

 

G l yu k o k o r t i k o i d    p r ye p a r a t l a r i  



 

                   

O

CH

3



O

H

CH



3

O

H



C

CH

2



OH

O

       



O

CH

3



O

H

CH



3

O

H



C

CH

2



OH

O

 



 

                      

                                  Gidrokortizon                                       Prednizolon 

                     

O

CH

3



O

H

CH



3

O

H



C

CH

2



OH

O

F



CH

3

       



O

CH

3



O

H

CH



3

O

H



C

CH

2



OH

O

F



OH

 

                                  Deksametazon                                          Triamsinolon 



         

 

                  



O

CH

3



O

H

CH



3

C

F



F

CH

2



OH

O

O



O

CH

3



CH

3

   



O

CH

3



O

H

CH



3

O

H



C

O

O



C

O

CH



3

CH

3



CH

3

CH



3

F

F



 

 

                              Sinaflan                                 Flumetazon pivalat 



 

M i n ye r a l o k o r t i k o i d    p r ye p a r a t l a r i 

            

O

CH



3

O

H



C

H

O



C

CH

2



OH

O

   



O

CH

3



CH

3

C



O

CH

2



O

C

O



CH

3

 



                              Aldosteron                        Dezoksikortikosteron atsetat 

 

Glyukokortikoidlarning  immunodepressiv  ta'siri  T-  va  V-limfotsitlar  faolligini  pasayishi,  qator 



interleykinlar  va  boshqa  sitokinlarni  xosil  bo‘lishi  xamda  qon  zardobida  komplement  miqdorini 

kamayishi,  sirkulyasiyadagi  limfotsit  va  makrofaglar  miqdorini    ozayishi,  xamda  migratsiyani 

ingibitsiyalovchi omilga (MIF) susaytiruvchi ta'sir bilan bog‘liqdir. 


30 

 

   Glyukokortikoid  preparatlarini  qo‘llaganda  qon  xosil  bo‘lishi  o‘zgaradi.  Eozinofillar  va 



limfotsitlar  miqdorini  kamayishi  odatiy  xoldir.  Bir  vaqtning  o‘zida  eritrotsitlar,  retikulotsitlar  va 

neytrofillar  miqdori  ortadi.  Glyukokortikoidlar    gipotalamo-gipofizar-buyrak  usti  bezi  sistemasiga 

susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi (manfiy teskari bog‘lanish prinsipiga asosan) va shu tufayli AKTG xosil 

bo‘lishini  kamaytiradilar.  Bunda  rivojlanuvchi  buyrak  usti  bezining  po‘stloq  qavati  yetishmovchiligi, 

ayniqsa, preparat qabul qilishni to‘satdan to‘xtatganda  yorqin  namoyon bo‘ladi. 

 Oliy  nerv  faoliyatining  buzilishlari  bo‘lishi  mumkin.  Bu  eyforiya,  psixomotor  qo‘zg‘olish,  

psixik reaksiyalarda namoyon bo‘ladi.  

Dori vositasi sifatida tabiiy g i d r o k o r t i z o n va uning efirlari (atsetat-suksinat)  qullaniladi. 

Gidrokortizon  preparatlari  parenteral  va  surtma  ko‘rinishida  maxalliy  qo‘llaniladi.  Mushak  ichiga 

kiritish  yoki  ichish  uchun    ko‘rsatma  kamdan-kam  beriladi.  Buyrak  usti  bezi  yetishmovchiligida  va 

boshqa shishilinch xolatlarda suvda eruvchi preparat gidrokortizon gemisuksinat (sopolkort)ni  tomirga 

kiritish lozim.  

Tibbiyot  amaliyotida  qo‘llaniladigan  boshqa  glyukokortikoidlar,  tabiiy  gormonlar  analoglari  va 

ularning  unumlaridir.  Farmakologik  xossalari  bo‘yicha  ular  gidrokortizonga  o‘xshashdirlar.  Undan 

yallig‘lanishga  qarshi  va  mineralokortikoidlik  faolliklarining  ko‘p  yoki  kamligi,  ba'zi  preparatlar 

(sinaflan,flumetazon pivalat) – teriga surtilganda kam so‘rilishlik xossasi bilan farq qiladilar.  

 Prednizolon  (gidrokortizonni  degidrillangan  analogi)  yallig‘lanishga  qarshi  ta'siri  bo‘yicha 

gidrokortizondan 3-4  marta ustun keladi, gidrokortizonga  nisbatan kamroq darajada organizmda natriy 

ionlarini ushlab qoladi. Tomirga kiritish uchun suvda eruvchan prednizolon gemisuksinat qo‘llaniladi. 

Prednizolonning xosilasi bo‘lmish  m ye t i l p r ye d n i z o l o n (metipred) xam chiqarilayapti. 

Unda mineralokortikoidlik faollik kuchsiz darajada mavjud. Metilprednizolonning davomli ta'sir etuvchi 

preparatlari xam yaratilgan.  

Metilprednizolon atseponat(advantan) surtma, krem emulsiya ko‘rinishida maxalliy qo‘llaniladi. U 

terining shox qavatidan oson o‘tadi. Prednizolondan ustun keladigan darajada kuchli yallig‘lanishga va 

allergiyaga qarshi ta'sirga ega. Bir kunda bir marta qo‘llaniladi.  

Teridan  1%  dan  kamroq  qismi  so‘rilganligidan  preparatning  umumiy  (sistemali)  ta'siri  kuchsiz 

namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda u jigarda tez faolsizlanadi.  

Tarkibida  ftor  saqlagan  glyukokortikoidlardan  yaqqol  farq  qilib,  terining  atrofiyasini 

rivojlantirmaydi yoki u juda ham kam darajada namoyon bo‘ladi. 

Tarkibida  ftor  bo‘lgan  prednizolon  xosilalari  –  deksametazon  va  triamsinolonda  yallig‘lanishga 

qarshi va mineralokortikoidlik faolligi orasida nisbat anchagina foydali.        D ye k s a m ye t a z o n 

(deksazon)  yallig‘lanishga  qarshi  vosita  sifatitda  gidrokortizondan  30  marta  faolroq  bo‘lib  suv  tuz 

olmashinuviga  ta'siri  juda  kuchsiz  ifodalangan.  Tomirga  va  mushak  ichiga  kiritish  uchun 

deksametazonning suvda eruvchan preparati (deksametazon-21-fosfatning natriyli tuzi) mavjud. B ye t a 

m ye z o n deksametazonga o‘xshash preparatdir.         

Triamsianolon  (polkortolon)  yallig‘lanishga  qarshi  vosita  sifatida  gidrokortizondan  taxminan  5 

marta  faolroq.  Natriy,  xlor,  kaliy  ionlari  va  suv  ajralishiga  deyarli  ta'sir  ko‘rsatmaydi.  Ammo 

triamsinolon  boshqa  noxush  asoratlar  chqirishi  mumkin:  mushaklar  atrofiyasi,  ishtaxani  yo‘qolishi, 

tushkunlikka tushish xolati (depressiya). 

  Glyukokortikoid preparatlarni qo‘llashga bevosita ko‘rsatmalar bu buyrak usti bezining o‘tkir va 

surunkali yetishmochiligi xisoblanadi. Ammo ularni yallig‘lanish va allergiyaga qarshi vositalar sifatida 

eng ko‘p qo‘llashadi.  Ana shu  xossalari tufayli  glyukokortikoidlar, kollagenozlar, revmatizm, terining 

yallig‘lanish bilan kechadigan xastaliklarda (ekzema va boshqalar), allegik xolatlarda (masalan: bronxial 

astma,  pichan  istmasi)  ko‘zning  ba'zi  xastaliklarida  (iritlar,  keratitlar)  muvaffaqiyat  bilan 

qo‘llanilmoqda.  Ularni  o‘tkir  leykozlarni  davolash  uchun  ham  ishlatiladi.  Tibbiyot  amaliyotida 

glyukokortikoidlarni karaxtlikni  davolashda xam ko‘pincha qo‘llashadi. Immunodepressiv ta'siri inson 

a'zo  va  to‘qimalarni  bemorlarga  o‘tkazishdagi  immun  reaksiyalarni  bartaraf  etshda  foydali  bo‘lishi 

mumkin. 


     Glyukokortikoidlar  ko‘pincha  yallig‘lanish  bilan  kechuvchi  teri  xastaliklarda  keng  qo‘llanilmoqda. 

Ammo qayd etilgan  preparatlarning ko‘plari teriga surtilganda qonga so‘rilib rezorbtiv ta'sir ko‘rsatadi 

va  noxush  asoratlarni  yuzaga  keltiradilar.  Shu  sababli  maxalliy  qo‘llanganda  so‘rilmaydigan  (yomon 

so‘riladigan)  preparatlarni  yaratish  zarurati  paydo  bo‘ldi.  Bunday    glyukokortikoidlar  sintezlandi.  Bu 



31 

 

tarkibida  2  ta  atom  ftor  tutgan  prednizolon  unumlari  –  s  i  n  a  f  l  a  n  (fluotsinolon  atsetonid)  va 



flumetazon pivalatlardir.      

       Ular  yuqori  darajada  yallig‘lanishga,  allergiyaga  va  qichishga  qarshi  ta'sirga  ega.  Ular  faqat 

mahalliy maz, krem sifatida qo‘llaniladi

1

.  



   Ular teridan juda oz so‘riladilar va amaliy jixatdan rezorbtiv ta'sir ko‘rsatmaydilar. Biroq terapevtik 

ta'sirdan tashqari bu kabi preparatalar teri va shilliq qavatlarning qarshilik qilish qobiliyatini kamaytirib 

superinfeksiya  rivojlanishining  sababi  bo‘lishi  mumkin.  Shu  sababdan  ularni  mikroblarga  qarshi 

vositalar  bilan  birga  qo‘llash  ratsional  xisoblanadi.  Masalan,  neomitsin  bilan  (“Sinalar–N”, 

«Lokakorten-N» surtmalari).  

       Maxalliy qo‘llashga surtma va krem shaklida chiqarilayotgan glyukokortikoidli preparat b u -  dye s 

o  n  i  d    (apulein)  tavsiya  etilgan.  Faol  moddaning  surtmadan  so‘rilishi  kremdan  surtilishga  nisbatan 

sekinroq  kechadi.  Shu  sababdan  maxalliy  yallig‘lanishga  qarshi  ta'sir  preparatni  vazelenli  asosda 

qo‘llanganda  davomliroq  saqlanadi.  Budesonid  kukun  sifatida  ingalyasiya  uchun  (benakort)  xam 

qo‘llaniladi. 

Amaliy  jixatdan  umumiy  (sistemali)  ta'sir  ko‘rsatmaydigan  glyukokortikoid  preparatlariga  asosan 

bronxial astma va  vazomotor rinitda (pollinoz)  ingalyasiya yo‘li  bilan  qo‘llaniladigan B ye k l o m ye 

t  a  z  o  n    d  i  p  r  o  p  i  o  n  a  t

2

  kiradi.  Amaliy  jixatdan  sistemali  ta'sir  ko‘rsatmaydigan  (ingalyasiya 



qilinganda preparatning biologik membranalardan o‘tish darajasi 1% atrofida) glyukokortikoid f l u t i k 

a z o n    p r o p i o n a t (fliksotid) ingalyasiya qilishga tavsiya etilgan. Bronxial astmada qo‘llaniladi. 

Kuniga 2 marotaba  ishlatiladi. 

Glyukokortikoidlarning  noxush  asoratlari  ularning  asosiy  xossalarini  nomoyon  bo‘lishidadir. 

Ammo  ular  darajasi  fiziologik  meyorlardan  ortib  ketgan  bo‘ladi.  Jumladan,  elektrolitlar  muvozanatini 

buzilishiga  olib  keluvchi  mineralokortikoidlik  faolligining  mavjudligi  to‘qimalarda  ortiqcha  suvni 

to‘planishiga, shishlarning paydo bo‘lishiga, qon bosimini ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qonda qand 

miqdorini kuchli darajada ortishi, yog‘ taqsimotining buzilishi extimoli xam bor. Regeneratsiya jarayoni 

sekinlashadi, me'da-ichak trakti shilliq qavatida yaralar paydo bo‘lishi, osteoporoz rivojlanishi mumkin. 

Infeksiyalarga qarshilik ko‘rsata olish susayadi.  Ruxiy  buzilishlar,  xayz ko‘rish siklining o‘zgarishi  va 

boshqa  noxush  ta'sirotlar  qayd  etilgan.  Cheklangan  (lokal)  maxalliy  ta'sir  ko‘rsatuvchi 

glyukokortikoidlarni  yaratishda,  maxalliy  qo‘llanilganda  absorbsiyalangandan  so‘ng  organizmdagi 

fermentlar  ta'sirida  juda  tez  faolsizlantiriladigan  birikmalarni  sintezlash  yangi  yo‘nalish  hisoblanadi. 

Unday preparatlarda sistemali ta'sir va shu sababli noxush asoratlar bo‘lmaydi, bo‘lsa ham uncha katta 

bo‘lmagan  darajada  namoyon  bo‘ladi.  Bu  kabi  moddlarga  loteprednol  (oftalmologiyada  allergik 

jarayonlarda  maxalliy  qo‘llaniladi),  xamda  bronxial  astmani  davolashda  siklezonit    tavsiya  etilgan 

(ingalyasiya qilinadi). Bu gurux preparatlarni ingliz tili adabiyotlarida “soft steroids” (inglizchada soft- 

yumshoq, nozik) deb yuritiladi. 



Glyukokortikoidlarning  antogonistlari  ham  ma'lum.  Ba'zi  preparatlar  ularning  sintezini  tuxtatadi 

(metirapon,  mitotan).  Boshqalari  glyuklokortikoidlarning  retseptorlarini  qamallaydilar  (mifepriston, 

avval  gestagenlar  antogonisti  sifatida  ma'lum  edi).  Uni  ba'zan    Kushing

3   


sindromida,  xamda 

kortikotropin  xosil  bo‘lishini  tekshirishda  (metirapon)  qo‘llaniladi.  Mitotan,  zaxarli  preparat 

bo‘lganligidan  buyrak  usti  bezi  po‘stloq  qavatining  faqat  operatsiya  qilish  mumkin  bo‘lmagan 

o‘simtalarida qo‘llaniladi. 

 

 

_________________________________ 



1

  Sinaflan  (fluotsinolon  atsetonid)  “  Sinalar”,  ”Sinalar-N”  ,  “Flutsinar”,    flumetazon    piva  lat  esa  

“Lokakorten”,  “Lorinden  S”,  “Lokasalen”  ,  “Lokakorten-N”  surtmalarining  asosiy  ta'sir 

ko‘rsatuvchisidir.

  

2

Dozalashtiruvchi qurilmasi bo‘lgan ingalyatorda kukun sifatida xam chiqariladi (bekotid, beko-disk, 



bekloforte). 

3   


Buyrak  usti  bezi  gipertrofiyasida  yoki  kortikosteroidlar  bilan  davomli  davolashda  yuzaga  keladi.      

Semizlikda (qorin, bo‘yin orqasida yog‘ to‘planish, oysimon yuz) namoyon bo‘ladi. 



 

 

32 

 

MINERALOKORTIKOIDLAR 



 

Aldosteron  va  11-dezoksikortikosteron  tabiiy  mineralokortikoiddir.  Asosiy  mineralokortikoid  

bo‘lmish aldosteron elektrolitlar almashinuviga ta'siri bo‘yicha 11-dezoksikortikosterondan 20-30 marta 

ustun keladi. Aldosteron glyukokortikoidlar kabi xujayra ichida joylashgan retseptorlar bilan bog‘lanadi. 

Mineralokortikoidlarning asosiy  fiziologik  faolliklarini  namoyon  bo‘lishi   bu suv  – tuz almoshinuviga 

ta'siridir.  Mineralokortikoidlar  nefronning  distal  bo‘limlariga  ta'sir  ko‘rsatib,  natriy  ionlari  va 

izoosmotik  miqdorda  suvning  qayta  so‘rilishini  oshiradi.  Bir  vaqtning  o‘zida  kaliy  ionlarining 

sekretsiyasi kuchayadi . 

Uglevod  almashinuvini  mineralokortikoidlar  kam  o‘zgartiradilar.  Ularda  yallig‘lanish  va 

allergiyaga qarshi xossa yo‘q.  

Davolash  maqsadida  dastlab  dezoksikortikosteron  atsetat  taklif  etilgan,  chunki  aldosteron 

noyobdir. Dezoksikortikosteronni asosan mushak ichiga kiritadilar yoki tabletka  ko‘rinishida teri ostiga 

implantatsiya  qilinadi.  Dezoksikortikosteron  trimetilatsetat  davomliroq  ta'sirga  ega.  Hozirgi  vaqtda 

mineralokortikoid  faolligiga  ega  bo‘lgan  preparat  sifatida  asosan  ftorgidrokortizon  atsetat 

(fluorokortizon, florinef) qo‘llanilmoqda. U kuchli darajada yallig‘lanishga qarshi ta'sir ham ko‘rsatadi. 

Ichiladi.  Mineralokortikoidlarni  buyrak  usti  bezi  po‘stloq  qavatining  surunkali  yetishmovchiligi  (shu 

jumladan  Addison  xastaligida)    qo‘llaniladi.  Undan  tashqari  ularni    miasteniya,  adinamiyada  ham 

qo‘llashadi. Chunki ular mushaklar tonusi va ishlash qobiliyatini oshiradilar. 

Noxush ta'sirotlari organizmda natriy ionlari va suvni xaddan tashqari ko‘p ushlanib qolishi bilan 

bog‘liq.  Shishlar,  to‘qimalarda  ortiqcha  suv  bo‘lishi,  assit

kuzatiladi,  qon  bosimi  ko‘tariladi.  Og‘ir 



xollarda yurakning chap qorincha yetishmovchiligi rivojlanib o‘pka shishiga olib keladi. 

Mineralokortikoidlarni  antogonistlari  mavjud.  Ba'zilari  ularning  sintezini  buzadilar  (masalan, 

miterapon),  ammo  tanlamasdan  ta'sir  ko‘rsatadi  va  bir  vaqtning  o‘zida  glyukokortikoidlar  sintezini 

susaytiradi.  Shu  bilan  bir  qatorda  spetsifik  retseptorlarni  qamal  qilib,  mineralokortikoidlarni  buyrak 

naychalariga  ta'sirini  tanlab  bartaraf  etuvchi  antogonistlar  mavjud.  Bunday  antogonistlarga  diuretik 

vositasi sifatida qo‘llaniladigan spiranolakton kiradi. 

 

_________________      



1

 Qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi. Grekchadan  askos – cuv saqlash uchun 

 

               Preparatlar 

Nomi 


Chiqarilish shakli 

Glyukokortikoid preparatlari 

Gidrokortizon- 



Hydrocortisonum 

0,025 va 0,1 g preparat bo‘lgan ampula; 0,005; 0,01 

va 0,02 tabletkalar; 1% va 2,5% surtmalar 5 va 20g 

surtma tubalari; 

Prednizolon- 

Prednisolonum 

0,001 va 0,005g li tabletkalar 10 va 20g tubalarda 

0,5% li surtma 

Prednizalon gemisuksinat- 



Prednisoloni hemisuccinas 

0,025g preparat tutgan ampulalar (qo‘llashdan avval 

eritiladi) 

Deksametazon 



Dexamethasonum 

0,0005g li tabletkalar 

Triamsinolon- 

Triamcinolonum 

0,004g li tabletkalar 

Sinaflan- 

Synaflanum 

10 va 15g tubalarda 0,025% surtma 

Flumetazon pivalat- 

Flumethasoni pivalas 

15g dan tubalarda 0,02% surtma 

Beklametazondipropionat- 

Beclometasoni dipropionas 

Ingalyasiya uchun aerozol shaklida (har bir dozasi 

0,00005g dan) 


33 

 

 



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin