JINSIY GORMONLAR, ULARNING UNUMLARI, SINTETIK O‘RIN BOSUVCHILAR VA
ANTOGONISTLARINING PREPARATLARI
Ayollar jinsiy bezlari gormon preparatlari
Tuxumdonda gormonlar follikulalarda (estrogenlar) va sariq tanada (gestagenlar) xosil
bo‘ladi.Estradiol follikulalarning asosiy gormoni bo‘lib, tuxum xujayralarining rivojlanish jarayonida
xosil bo‘ladi. Organizmda estradioldan (asosan jigarda) qon va peshobda estron va estriol xosil bo‘ladi.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bu brikmalar steroid qatoriga mansub. Estrogenlar jinsiy a'zolar va
ikkimlamchi jinsiy belgilarni rivojlanishi uchun zarur. Ular ta'sirida xayz siklining birichi yarimida
endometriy proliferatsiyasi ro‘y beradi.
Tuxum xujayra yetilgach follikula yoriladi – ovulyasiya boshlanadi. Follikula o‘rniga sariq tana xosil
bo‘ladi. Progesteron sariq tananing asosiy gormonidir. Jigarda u peshob tarkibida ajraladigan
pregnandiolga aylanadi
1
. Gestagenlar (progestagenlar), estrogenlar kabi, steroid tuzulishli birikmalar
qatoriga mansubdirlar. Gestagenlar xayz ko‘rish siklining ikkinchi yarimida (sekretor faza) bachadon
shilliq qavatining keyingi transformatsiyasini amalga oshishiga, tuxum xujayrasi urchiganda – detsidual
parda va yo‘ldoshni shakllanishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, xomilani xomiladorlik davrida
rivojlanishi uchun sharoit tayyorlanadi. Shu sababli sariq tana goromoni ko‘pincha xomiladorlik
goromoni deb ataladi. Yo‘ldosh xam gestagen va estrogen gormonlar manbasi xisoblanadi. Yo‘ldosh
ta'sir xususiyatlari bo‘yicha gipofiz oldingi bo‘lagi gormoniga xos bo‘lgan xorionigonik gonadotrop
goromon (lyuteinizatsiyalovchi) ajratadi. Angar tuxum xujayrasi urchimasa, sariq tana teskari
rivojlanishga uchraydi va xayz ko‘rish bachadon shilliq qavatining ko‘chishi kuzatiladi. Jinsiy bezlar
gormonlarining ishlab chiqarilishi gipofizning oldingi bo‘lagining gonadotrop gormonlari boshqaradi.
Estrogen va gestagen maxsus retseptorlar bilan boglanib xujayra ichida ta'sir ko‘rsatadilar.Asosiy
ta'sir joyi bu xujayra yadrosi bo‘lib, u yerda estrogen yoki gestagen retseptor kompleksi (majmuasi)
DNK bilan brikadi va shu yo‘l bilan oqsil sinteziga ta'sir ko‘rsatadi. Estrogen va gestagen
(progestagen)lar ta'sir ko‘rsatuvchi retseptorlarning eng ko‘p miqdori bachadon, qin, sut bezlari, xamda
gipotalamus va gipofizning oldingi bo‘lagida joylashgan.
Ayollar jinsiy gormon preparatlarining spetsifik faolligi ba'zan biologik standartizatsiya usuli
bilan aniqlanadi. Estrogenlarni axta qilingan sichqon yoki kalamushlarda kuyikish chaqirish (estrus)
xossasi asosida sinaladi. Estrogenlar ta'sirini jonivorlar qinidagi ajratmadan tayyorlangan surtma
xarakteriga ko‘ra xukum chiqariladi. Osoyishtalik davrida (anestrus) surtmada shilliq, leykotsitlar va
juda kam miqdorda yadroli epitelial xujayralar aniqlanadi. Kuyikish davrida surtmada ko‘p miqdorda
yadrosiz dag‘allashgan epitelial xujayralar aniqlanadi. Bir ta'sir birligi (1 TB) 0,1 mkg estron faolligi
mos keladi.
Gestagenlarni biologik standartizatsiyalashni balog‘atga yetmagan urg‘ochi quyonchalarda
o‘tkaziladi. Ma'lum sxema bo‘yicha jonivorlarga avval estron, so‘ngra progesteron kiritiladi. Bunda
soxta xomiladorlik rivojlanadi. Bachadon shilliq qavatining o‘zgarishlari taxminan xomiladorlikning 8-
kuniga mos kelishi kerak (gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi). Bir ta'sir birlik ( 1TB) 1 mg kristallik
prgesteron faolligiga teng.
_________________________________________
1
Estrogen va progesteronlar almashinuvi maxsulotlari glyukuron va sulfat kislota bilan kon'yugatlar
ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi.
Mineralokortikoid preparatlari
Dezoksikortikosteron
atsetat-
Desoxycorticosteroni
acetas
0,5% moyli eritma 1ml ampulalarda: 0,005g dan
tabletkalar (til ostiga qo‘yish uchun)
Dezoksikortikosteron
trimetilatsetat-
Desoxycorticosteroni
trimethylacetas
2,5% suspenziyaning 1ml ampulalarda
34
Estrogen va antiestrogen preparatlar.
Kimyoviy tuzilishi jixatidan estrogen
1
preparatlar steroid (tabiiy gormonlar va ularning xosilalari)
va nosteroid (sintetik preparatlar) birikmalarga bo‘linadilar. (8 jadvalga va kimyoviy tuzilishiga
qarang). Steroid tuzilishli estrogenlardan tibbiyot amaliyotida xomilador ayol yoki xomilador jonivorlar
peshobidan olinadigan estron (follikulin), xamda estradiol qo‘llaniladi.
Estradiolni benzoat, dipropionat, valeriat bilan efir ko‘rinishida ishlatiladi. Estradiol dipropionat
estrondan faolliroq va anchagina davomliroq ta'sir etadi. Agar estronni xar kuni kiritilsa, estradion
dipropionatni 2-4 kunda bir marta kiritiladi.. Estron va estradiolning efirlarinig moyli eritmalarini
mushak ichiga kiritiladi. Ichilganda ular samarasiz, chunki jigarda tez parchalanadi.
Nomi yuqorida qayd etilgan vositalardan yarim sun'iy preparat etinilestradiol (mikrofollikulin) tubdan
farq qiladi. U eng faol estrogen. Agar estron ning faolliligini 1 deb xisoblansa etinil estradiol faolligi
50 ga mos keladi. Bundan tashqari, etinilestradiol ichilganda xam samarador, chunki etinil guruxi uni
jigarda parchalanishdan saqlaydi. Preparatning ta'siri davomli emas (kuniga 1-2 marta qabul qilinadi).
Yarim sintetik estrogen bo‘lgan mestranol organizmda etinilestradiolga aylanadi. U ichiladi. U
ko‘pincha kontratseptivlar tarkibiga kiradi.
Enteral yo‘l bilan kiritilganda nosteroid tuzilishli, estrogenlik faollikga ega bo‘lgan sintetik
vositalar ham samradordirlar. Ulardan biri geksan xosilasi bo‘lgan s i n i s t r o l (geksestrol)dir.
Faolligi bo‘yicha u estrondek. Uni ichiladi va mushakga kiritishga (tavsiya etiladi) buyuriladi.
8-jadval. Jinsiy gormonlar, ularning preparatlari, sintetik analoglari va ularni o‘rin bosuvchilari,
antogonistlari.
Gurux
Estrogenlar va
ularning
antogonistlari
Gestagenlar va
ularning
antogonistlari
Androgenlar va
ularning
antogonistlari
Tabiiy goromonlar va ular
almashinuvi
maxsulotlari(steroidlar)
Estradiol
Estron
Estriol
Progesteron
Pregnandiol
Testosteron
Androsteron
Jinsiy gormonlar prepa
ratlari va ularni analog
lari (steroidlar)
Estron
Estradiol
dipropionat
Etinil estradiol
Progesteron
Pregnin
Oksiprogesteron
kapronat
Testosteron
Propionat
Testosteron enantat
Metil testosteron
Gormonal faollikga ega
bo‘lgan sintetik vositalar
(nosteroidlar)
Sinestrol
Jinsiy gormonlar
antogonistlari
Klomifen sitrat
Tamksifen sitrat
*
Mifepriston
(RU 486)
Siproteron atsetat
Flutamid
Finasterid
**
*Tamksifen xar-xil to‘qimalarda yo antiestrogen ta'sir (sut bezida), yo estrogen (suyaklar va boshqalar)
ta'sir ko‘rsatadi. Bunday preparatlarni estrogen retseptorlarining modulyatorlari deb ataldadi. Klomifen
barcha to‘qimalarda faqat antiestrogen ta'sir ko‘rsatadi
** digidrotesteron sintezining ingibitori
_________________________________________
1
Estrus- oqma (grekchadan oistros –xoxish istak, genos – tug‘ilish)
35
Ba'zi estrogen va gestagen preparatlar va ularning antogonistlarining kimyoviy tuzilishi.
E s t r o g ye n p r ye p a r a t l a r i.
O
CH
3
C
O
H
5
C
2
O C
O
C
2
H
5
C
O
H
CH
3
O
Estradiol dipropionat Estron
O
H
CH
3
OH
C
CH
CH
CH
C
2
H
5
C
2
H
5
OH
O
H
Etinilestradiol Sinestrol
G ye s t a g ye n p r ye p a r a t l a r.
O
CH
3
C
CH
3
CH
3
O
O
CH
3
CH
3
C
CH
3
O
O
C
(CH
2
)
4
O
CH
3
Progesteron Oksiprogesteron kapronat
A n t i e s t r o g ye n p r ye p a r a t.
Klomifen sitrat
A n t i g ye s t a g ye n p r ye p a r a t.
36
O
CH
3
C
CH
OH
N
CH
3
C
H
3
Mifepriston
Estrogenlarni tuxumdonlar funksiyasini yeishmovchiligida (xayz ko‘rish siklini buzilishlarida –
aminoreya
1
, dismenorya
2
axta qilingandan keyingi buzilishlarda) tug‘ruqdan keyingi davrda lak tatsiya
(sut ajralishini) to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Estrogenlarni (masalan, sinestrol) prostata bezi raki xamda
sut bezi rakini (60 yoshdan katta ayollarda) kompleks davolashda qo‘llaniladi. Estrogenlar murakkab
(kombinatsiyalangan) kontratseptiv vositalar tarkibiga kiradi.
O‘rniga-o‘rin ishlatishga asoslangan gormon terapiya klimakterik buzilishlar yoki tuxumdonni
jarroxlik usuli bilan olib tashlangan hollarda qo‘llaniladi. Bu maqsadda yo sof estrogen preparat-
proginova-21 (tarkibida estradiol valerat), klimara (tarkibida estradiol bo‘lgan v kerakli ta'sirni 7 kun
ta'minlovchi plastir) yo estrogenlar bilan gestagenlar tutgan (gestogenlarni endometritning
giperplaziyasini oldini olish uchun qo‘shiladi) preparatlar qo‘llaniladi. Shu kabi kombinatsiyalangan
preparatlardan biri klimanorm (9 ta tabletkasi estradiol valerat, 12 ta tabletkasi estradiol
valerat+levonorgestrel tutadi) hisoblanadi. Bu preparatlarda estrogen va gestagenlar shunday dozada
tanlab olinganki, u estrogenlarning lipidlar almashinuviga, yurak-tomir va MNS ga ijobiy ta'sirini saqlab
qolish, ularning suyaklarga antirezorbtiv ta'sirini kuchaytirish va bir vaqtning o‘zida endometriyni
giperplastik jarayonlar rivojlanishidan himoya qilish imkoniyatlarini beradi.
Premenopauzada yoki yoshlik davrida tuxumdonlarni jarroxlik yo‘li bilan olib tashlagan hollarda
odatda 2 fazali preparatlarni uzuq-uzuq rejimda beriladi. Postmenapauzada uzluksiz rejimda qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Bu maqsad uchun tarkibida bir xil miqdorda estradiol valerat va yangi gestagen
bo‘lmish –modda almashinuviga ijobiy ta'siri va yaxshi o‘zlashtirilishi bilan ajralib turuvchi dienogest
tutgan k l i m o d i ye n preparati mavjud.
Klimakterik davrdagi estrogen yetishmovchiligida d i v i t r ye n , d i v i n a, i n d i v i n
(estradiol valerat va medroksiprogesteron atsetatni har xil dozalarda tutadi) va d i v i g ye l
(transdermal gel shaklida estradiol gemigidratlar tutadi) qo‘llaniladi.
O‘rniga ishlatishga asoslangan gormonoterapiya nafaqat klimakterapiya belgilarini kamaytirish
yoki bartaraf etishga imkoniyat yaratadi, balki estrogenlar yetishmovchiligi tufayli yuzaga keluvchi
osteoporozni oldini oladi va unga davolovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Estrogenlarni davomli qo‘llaganda bachadondan qon ketishi yuzaga kelishi mumkin. Shu bilan bir
qatorda estrogenlar qon ivishini kuchaytiradi va u tromboemboliya rivojlanishining sababi bo‘lishi
mumkin. Ba'zan shishlar kuzatiladi. Estrogenlar ichilganda ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish
bo‘lishi mumkin. Erkaklarda estrogenlar feminizatsiya
3
, libidoni
4
susayishi, jinsiy bexollikni
rivojlantiradi.60 yoshgacha bo‘lgan ayollarda jinsiy a'zolar, sut bezi o‘simtalari bo‘lgan hollarda
estrogenlarni qo‘llash man etiladi. Endometriyada, bachadondan qon ketishiga moillik bo‘lgan hollarda
ham ularni qo‘llashga ko‘rsatmalar berilmaydi. Estrogenlarni buyrak, jigar xastaliklarida extiyot bo‘lib
qo‘llash lozim. Keyingi yillarda amaliyot shifokorlari xazinasida yangi gurux preparatlari – antiestrogen
vositalar paydo bo‘ldi. Ular nosteroid tuzilishli sintetik moddalardir.
_______________________________________
1
Jinsiy voyaga yetgan (balog‘atga yetgan) qizlarda xayz ko‘rishni bo‘lmasligi. Grekchadan a- bo‘lmas-
li gi, men-oy, rhco- oqadi.
2
Xayz ko‘rishni buzilishi. Dis- (grekchadan)- funksiya buzilishini qayd etuvchi pristavka.
3
Erkaklarda ayollarning ikkilamchi jinsiy belgilarini rivojlanishi
4
Libido - lotinchadan jinsiy mayl
37
Ularning ta'sir prinsipi spetsifik retseptorlar bilan bog‘lanishlari tufayli estrogenlarga xos bo‘lgan
ta'sirotlarni yuzaga keltirishdan iboratdir (3-chizma). Jumladan, ular gipotalamus (lyuteinizatsiyalovchi
va follikulo rag‘batlantiruvchi rilizing omillarni ajralishi) va gipofiz (gonadotrop gormonlarni ajralishi)
funksiyasini boshqarishda qatnashuvchi estrogen retseptorlarini qamal qiladilar.
Bunda manfiy teskari bog‘lanish buzilada va bu sistema faollashadi. Natijada genadotrop gormonlar
ajralishi ortadi, bu o‘z navbatida tuxumdon o‘lchamlarini kattalashishiga va ular funksiyasini
kuchayishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib bu kabi preparatlar masalan klomifen sitrat
(klostilbegit)ni ayollar bepushtligida qo‘llaniladi. Bundan tashqari tamoksifen va toremifen (fareston)
kabi antiestrogen vositalar sut bezi xavfli o‘simtasini davolashda qo‘llaniladi.
3 chizma. Jinsiy gormonlar antogonistlarining reproduktiv sistemaga ta'sirining
asosiy yo‘nalishlari.
- - susaytiruvchi (qamallovchi) ta'sir
+ - rag‘batlantiruvchi ta'sir
ER – estrogen retseptorlar
GR – gestagen retseptorlar
AR – androgen retseptorlar
FSG – follikulorag‘batlantiruvchi gormon
LG - lyutinizatsiyalovchi gormon
Izox: tamaksifen sut bezlari estrogen retseptorlarining antogonistidir
Gestagen (progestagen) va antigestagen preparatlar
Barcha gestagen
1
lar steroid tuzilishiga. Dori preparatlari sifatida progesteron
2
yoki uning sintetik
unumlari – oksiprogesteron kapronat, medroksiprogesteron atsetat va pregnin qo‘llaniladi. Bundan
tashqari, gestagenlik faolligiga ega bo‘lgan, testosteron xosilasi bo‘lmish norgestrel,noretindron,
noretisteron, dimetisteron va boshqalar sintezlangan.
____________________________________
1
Lotinchadan gesto – ko‘tarib yurish (ya'ni xomiladorlikni saqlash nazarda tutilgan)
2
Davolash maqsadi uchun sintetik yo‘l bilan olinadi.
38
P r o g ye s t ye r o n endometriyga ta'sir etib uni tuxum xujayrasini implantatsiya qilishga
tayyorlaydi (proliferativ davr sekretor davrga o‘tadi). U miometriy qo‘zg‘oluvchanligini susaytiradi.
Ovulyasiyani oldini oladi, sut bezi to‘qimasini o‘sib rivojlanishiga imkoniyat tug‘diradi. Xar kuni
mushak ichiga kiritiladi. Ichilganda u samarasiz.
Davomli ta'sir etuvchi gestagenlarga oksiprogesteron kapronat (gidroksiprogesteron kapronat,
gormofort ) kiradi. Uning ta'siri sekinroq boshlanadi va 7-14 kun davom etadi. Yog‘li eritmalari
mushak ichiga kiritiladi. Medroksiprogesteron atsetat ham davomli ta'sir ko‘rsatuvchi preparat
xisoblanadi. 14 kunda bir marta mushak ichiga kiritiladi. Enteral qo‘llash ham mumkin.
Pregnin (etisteron) faolligi bo‘yicha progesterondan 5-15 marta kuchsiz. Ichilganda ham
samarador. Odatda til ostiga qo‘yish tavsiya etiladi. Tabletkasini butunlay so‘rilib bo‘lguncha til ostida
saqlanadi.
Gestagenlik faollikga ega bo‘lgan testosteron xosilalari (noretinodrel va boshqalar) enteral
kiritishga mo‘ljallangan. Ularning ta'sir davomliligi 1-3 kun.
Gestagenlarni sariq tana funksiyasining yetishmovchiligida xomilani tushishini oldingi olish
uchun (xomiladorlikning 1-yarimida), xayz ko‘rish siklini buzilishlarida qo‘llaniladi. Kontra septiv
vosita sifatida qo‘llaniladi.
Gestagen gormonlarning antogonistlari–antigestagen vositalar yaratilgan. Ulardan ba'zilari tibbiyot
amaliyotiga tadbiq qilingan. Shunday preparatlardan biri bo‘lib steroid xosilasi m i f ye p r i s t o n
( RU 486) xisoblanadi. U gestagen retseptorlari bilan bog‘lanib (masalan bachadonning) gestagenlar
(progesteron va boshqalar) ta'siriga to‘sqinlik qiladi. Mifepriston gestagenlik (agonistlik) faolligiga ega
emas. Jonivorlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda mefistonda glyuko kortikoidlar bilan antogonizm
aniqlangan. Tibbiyot amaliyotida asosan mifepristonning xomi lani tushirish (abort) xossasidan
foydalaniladi. Bunday xolatlarda mifepristonni xomiladorlik boshlangandan so‘ng qancha erta berilsa
samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Xomiladorlikni tibbiyot ko‘rsatmalari bo‘yicha to‘x-tatish uchun
ko‘pincha mifepristonni prostaglandilar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki,
mifepriston ta'sirida miometriyning prosto glandinlarga sezgirligi ortib
ketadi. Shu sababli ikkala preparatni katta bo‘lmagan miqdorda qo‘llaniladi va bu ularning noxush
ta'sirotlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Antigestagen vositalar xayz ko‘rish siklini
meyyorga keltirish uchun xam qo‘llash mumkin.
Enteral qo‘llaniladigan va implantatsiya qilinadigan xomilador bo‘lib qolishdan saqlaydigan
(kontratseptiv) vositalar.
Bu grux preparatlar tug‘ilishni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Ularni nafaqat nomaqbul
xomiladorlikni oldini olish uchun, balki ota-onaning salomatligi, tug‘ish oralig‘ini, oiladagi bolalar soni
va boshqalarni inobatga olgan xolda xomilador bo‘lishni rejalashtirish uchun qo‘llaniladi.
Xomilador bo‘lishdan saqlaydigan vositalarning turli xili va ularni enteral qo‘llash sxemalari
mavjud. Yuqori samaradorlikga ega bo‘lgan va noxush ta'sirotlari nisbatan kam bo‘lgan eng maqbul
preparatlar quyidagilardir:
1) estrogen-gestagenlar kombinatsiyasidan iborat preparatlar;
2) gestagenlarni mikrodozalarini tutgan preparatlar;
Estrogen preparatlardan odatda etinilestradiolni qo‘llashadi. Gestagenlar to‘plami yetarli darajada
turli-tuman. Ularning ko‘pchiligi testosteron unumlariga mansubdir (noretindron, norgestrel,
levonorgestrel va boshqalar). Estrogen va gestagen miqdori doimiy bo‘lgan monofazli preparatlar
(mikroginon, miniziston, femoden, diane-35, janin, logest, regulon, novinet va boshqalar) xamda ikki va
uch fazali preparatlar qayd qilingan. Oxirgi ikki holda ayollar xayz sikli davrida turli xil miqdorda
estrogen va gestagenlar tutgan tabletkalarni qabul qiladilar. Bu gormonlarlarning qonda ular
konsentratsiyasini odatdagi xayz ko‘rish siklida kuzatiladigan o‘zgarishlarini ta'minlovchi eng muvofiq
dozasini tanlab olish imkoniyatini beradi. Bunday uslub noxush asoratlarni kamaytirishga olib keladi.
Ikki fazali preparatlarga antiovin, uch fazali preparatlarga –trikvillar, triziston, triregol va boshqalar
mansubdir.
39
Preparatlar ta'sir mexanizmini ovulyasiya jarayonini susaytirish bilan bog‘liq deb hisoblashadi.
Bu gipofizdan follikulo rag‘batlantiruvchi va lyuteinizatsiyalovchi gormonlarni va ularni biosintezi
xamda ajralishini rag‘batlantiruvchi gipotalamik gormon ishlab chiqishini kamayishi tufayli amalga
oshadi. Bu muvofiq ravishda tuxumdonlar holatida o‘z aksini topadi, ya'ni ular menopauza davriga xos
bo‘lgan o‘zgarishlarga uchraydilar. Endometriyda tuxum hujayrasini implantatsiyasiga to‘sqinlik
qiluvchi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi (proliferativ fazada vaqtidan avval regressiya va boshqalar).
Bachadon bo‘yinidagi shilliq tarkibi ham o‘zgarib, spermatozoidlarning faolligini susayishiga olib
keladi. Estrogen-gestogen preparatlar amalda 100% kontratseptiv ta'sirini ta'minlaydi. 28 kunlik xayz
siklida ularni 5-kunidan boshlab 21 kun qabul qilinadi. Ushbu preparatlarni qabul qilishni to‘xtatgandan
so‘ng reproduktiv funksiya tiklanadi. Tiklanish davri kontratseptivlarni qabul qilish davomligi va
organizmning xususiyatlariga bog‘liq. Kontratseptivlarni davomli qo‘llaganda bu davr bir necha oy
davom etishi mumkin. Xomiladorlikdan avval ushbu preparatlarni qo‘llash mavjud kuzatishlar natijasiga
ko‘ra xomilaga salbiy ta'sir etmaydi.
Noxush ta'sirotlar preparatlarni qabul qilishning boshlanishida (birinchi 2 oy) ko‘proq kuzatiladi.
So‘ngra ular miqdori kamayadi va 5-10% ga yetadi. Eng xos bo‘lgan noxush ta'sirot kuyidagilardir: qon
ivishini ortishi (ko‘k tomirlar trambozi va tromboemboliyalar xavfi), jigar funksiyasining buzilishi,
glyukozaga turg‘unlikni kamayishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘krak bezlarining zichlashishi
(“dag‘allashishi”), libidoni o‘zgarishi, ko‘ngil aynish, qayt qilish, xayz ko‘rish oralig‘ida qon aralash
ajratmalar paydo bo‘lishi, tana vaznini ortishi va boshqalar.
Estrogen-gestagenli kontratseptivlar tromboembolik xastaliklar, bosh miyada qon aylanishning
buzilishi, reproduktiv sistema va sut bezi o‘simtalarida, jigarning kuchli disfunksiya-sida, qandli
diabetda, psixozlarda qo‘llash man etiladi.
Shuni nazarda tutmoq lozimki, estrogen-gestagen preparatlarni nafaqat xomilador bo‘lib qolishni
oldini olish, balki davolash maqsadida ham qo‘llash mumkin. Jumladan, ularni xayz ko‘rish siklini
buzilishlarida, polipozda, endometriozda va boshqa ginekologik xastaliklarda qo‘llaniladi.
Xomilador bo‘lishni oldini oluvchi vositalarning ikkinchi guruxi faqat kichik dozadagi
gestagenlarni tutadi. Ularga kontinuin , mikrolyut va boshqalar kiradi. Ularning ta'sir mexanizmi aniq
emas. Gestagenli kontratseptivlar bachadon bo‘ynidagi shilliq tarkibi va miqdorini o‘zgartirib, ulardan
spermatozoidlarni o‘tishini sekinlashtiradi. Tuxum hujayrasini fallopiev (bachadon) naychalaridagi
o‘tkazish tezligini kamayishi ham aniqlangan. Bundan tashqari endometriyda tuxum hujayrasini
implantatsiyalanishiga qarshilik qiluvchi o‘zgarishlar ham kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda gipotalamo-
gipofizlar sistemani mo‘tadil susayishi ham ma'lum ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligini inkor etish
mumkin emas. Bu gurux preparatlarining kontratseptivlik samaradorligi, kombinatsiyalangan estrogen-
gestagen preparatlarinikiga nisbatan pastroq. Ular ta'sirida estrogen-gestagenli kontratseptivlarga xos
bo‘lgan, masalan modda almashinuviga ta'sir etish, tromboflibitlar chaqirish xususiyatlari kabilar
noxush ta'sirot-larning kam namoyon bo‘lishi yoki umuman rivojlanmasligi estrogenlarning yo‘qligi va
gestagenlar kichik dozada ega ekanligi bilan tushuntiriladi.
Nomuntazam hayz siklining va hayz ko‘rish oralig‘ida qon aralash ajratmalarni paydo bo‘lishi
asosiy noxush ta'sirotlar hisoblanadi. Ba'zan ko‘ngil aynash, bosh og‘rig‘i, depressiya va boshqalar
vujudga keladi. Umuman noxush asoratlar estrogen-gestagen kontratseptivlarni qo‘llagan-dagiga
nisbatan anchagina kamroq rivojlanadi.
Reproduktiv funksiya odatda gestagenli kontratseptivlarni qabul qilishni to‘xtatgandan 3 oy keyin
tiklanadi. Sistemali noxush ta'sirotlarni kamaytirish uchun bachadon ichida gormon ajratuvchi majmua
bo‘lgan m i r ye n a preparati taklif etilgan. Uning tarkibida o‘zidan 5 yil mobaynida uzluksiz
levonorgestrel ajratib turuvchi konteyner mavjud bo‘lib, u bachadon bo‘yni sekretini zichligini oshirish
va endometriyga tuxum hujayrasini implantatsiya bo‘lish jarayonini susaytirish xisobiga maxalliy
kontratseptiv ta'sir ko‘rsatadi. Mirena kontratseptiv ta'sirning yuqori daraja ishonchliligi va ayniqsa xayz
ko‘rish soni va ajralayotgan qon miqdorini kamayishi tufayli rivojlanadigan menorragiya va
dismenoreya bilan jabrlangan ayollarga muvofiq kelishi bilan ajralib turadi.
__________________________________
1
Shu sababli ularni aynan yo‘riqnomada ko‘rsatilgandek qo‘llash mumkin (odatda bir oyda 4
marta), aks xolda jiddiy gormonal disbalans yuzaga kelishi mumkin
40
Tarkibida estrogen yoki gestagenlarning
1
katta dozasi bo‘lgan preparatlar ham mavjud. Jumladan,
p o s t i n o r (tarkibida levonorgestrel bor). Ularni jinsiy aloqadan keyingi 24-48 soat ichida qabul qilish
kerak (postkoital kontratseptivlar deb ataladi).
Xomiladorlikdan asrash vositalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar davom
etmoqda. Asosiy vazifa bu 100% kontratsepsiyani ta'minlagan holda prepa-ratlarning noxush
ta'sirotlarini kamaytirish va ta'sir davomligi turli xil bo‘lgan preparat-larni yaratishdir. Davomli ta'sir
etuvchi kontratseptiv depo-preparatlar kata qiziqish uyg‘otadi. (m-n, gestagen medroksiprogesteron
atsetat; uch oyda bir marta kiritiladi). Teri ostiga implantatsiya qilish uchun (1 ta kapsula 5 yillik
kontratsepsiyani ta'minlaydi). Tarkibida gestagenlar tutgan silastik kapsulalar ham yaratilgan
(levonorgestrel tutgan norplant). Erkaklar uchun ham kontratseptiv vositalar ham izlanmoqda. Bunday
moddalar spermato-genezni va maniy yetilishini keskin susaytirishlari lozim. Jumladan, paxta yog‘idan
gossipol preparati olingan. Ammo uni qo‘llaganda noxush asoratlar sodir bo‘lishi darajasi juda ham
yuqori bo‘lib, 20% erkaklarda qaytmas nasilsizlik rivojlanadi. Erkaklar jinsiy bezlari funk-siyasini
gipotalamo-gipofizar boshqaruviga ta'sir etuvchi preparat ham yaratilgan. Gipofizdan follikulo
rag‘batlantiruvchi moyaklarga, spermatogenezga kuchaytiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi va testosteronni
ishlab chiqarishni o‘zgartirmaydigan gormon ajralishini tanlab susaytirish diqqatni eng ko‘p jalb etadi
(1-chizmaga qarang). Shunday tipda ta'sir ko‘rsatish erkaklar urug‘lik suvi (maniy)dan ajtatilgan
ingibinga xosdir.
Erkaklarning jinsiy bezlari gormonlari preparatlari
(androgenlar
1
) va antiandrogen vositalar.
Erkaklar jinsiy bezlaridagi Leydig (moyak glandulotsitlari) interstitsial xujayralari testosteron
gormonini ( steroid tuzilishli) ishlab chiqaradi. Testosteronning talaygina qismi ko‘pgina a'zolarda
(masalan prostata bezi) degidrotestosteronga aylanadi. U xujayra ichida joylashgan androgen
retseptorlariga eng ko‘p affinitetga egadir. Androgenlarni retseptor ta'sir prinsipi boshqa
steroidlarnikidek (bir xil).
Testosteron ta'sirida jinsiy a'zolar va ikkilamchi belgilar rivojlanadi, spermato-genez nazorati
amalga oshiriladi. Testosteron oqsil sinteziga yordam berib (anabolik
2
ta'sir) oqsil olmashinuviga kuchli
ta'sir ko‘rsatadi, buyrak naychalarida suvni, kalsiy, natriy, xlor ionlari va boshqalarni reabsorbsiyasini
kuchaytiradi. Testosteron ishlab chiqarish gipofiz-ning oldingi bo‘lagining gonadotrop
(lyuteinizatsiyalovchi) gormoni bilan boshqariladi. Jigarda testosterondan (peshobda aniqlanadigan)
androsteron (10 marta kam faol) xosil bo‘ladi. Qon zardobida aylanib yuruvchi testosteronni ng
taxminan 65% jigarda sintezlanuvchi spetsifik globulin bilan bog‘langan bo‘ladi.
Androgenlarning faolligi ba'zan biologik yo‘l bilan aniqlanadi. Sinalayotgan preparat axta qilingan
xo‘rozga kiritiladi va atrofiyaga uchragan toji soqolchasining tiklanishi kuza-tiladi. Bitta ta'sir birligi (1
TB) faolligi bo‘yicha 0,1 mg kristallik androsteronga mos keladi.
Tabobat amaliyotida sintetik (kimyoviy tuzilishiga qarang) yo‘l bilan olinadigan testoste-ronning
efirlari: testosteron p r ye p i o n a t va t ye s t e n a t (testosteron enantat) keng qo‘llaniladi. Ikala
preparat kuchli androgenlik va anabolik faollikga egadir. Testenat testo-steron propionatdan ta'sirining
asta-sekin rivojlanishi, ammo anchagina davomliligi bilan farq qiladi. Testosteron propionatni ikki
kunda 1 marotaba, testenatni esa 3-4 xaftada 1 marta kiritiladi. Ikkala preparatni ham yog‘li eritma
shaklida mushakka kiritish uchun chiqariladi. Ichilganda ular kam samarador, chunki jigarda tez
parchalanadi.
Sintetik androgen bo‘lgan m ye t i l t ye s t ye r o n kimyoviy tuzilishi va biologik ta'siri bo‘yicha
xuddi testosteronga o‘xshash, ammo faolligi bo‘yicha undan bir necha marta sustroq.
Metiltestosteronning ustunligi uni ichilganda ham samarador ekanligidadir. Uni tablet-kasini til
ostiga (sublingval) tamomila so‘rilib bo‘lguncha saqlash eng ratsional (maqul) dir.
___________________________________________
1
Grekchadan andros -erkak kishi, genos – urug‘
2
Grekchadan anabole - ko‘tarilish
41
Androgen faollikga ega bo‘lgan preparatlarni erkaklar jinsiy bezlari funksiyasining yetish-
movchiligida (jinsiy yetilmaganlik, impotensiya va boshqa buzilishlarda) xamda ayollarning sut bezlari
va tuxumdonlar rakida, dismenoreya, klimakterik (60 yoshgacha) buzilishlarda qo‘llaniladi.
Androgenlar noxush ta'sirotlar chaqirishlari mumkin. Ayollarda muskulinizatsiyalovchi
1
ta'sir
(virilizm
2
)- tovushni dag‘allashishi, tuklarni erkakcha tipda o‘sishi va boshqalar. Orga-nizmda ortiqcha
suv va natriy ionlarini ushlanib qolishi mumkin. Metiltestosteron ta'sirida sariqlik rivojlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |