Qalqonsimon oldi bez preparatlari.
Qalqosimon bez yonidagi bezlar paratgormonni ajratadilar. U 84 ta aminokislota qoldig‘idan
iborat polipeptid bo‘lib, uni ishlab chiqarilishi qondagi kalsiy ionlarining miqdori bilan belgilanadi.
Paratgormon ta'sirining asosiy ko‘rinishi - kalsiy va fosfor almashinuviga ta'sir etish bo‘lib,
suyaklarda dekalsifikatsiya jarayonini kuchaytirib ajralgan kalsiy ionlarini qonga o‘tkazadi hamda
18
me'da-ichak traktidan kalsiy ionlarini so‘rilishini osonlashtiradi. Ichakdan kalsiy ionlarini so‘rilishini
kuchayishi paratgormoning bevosita emas, balki bilvosita ta'siri bo‘lib, uning ta'sirida kalsiytriol hosil
bo‘lishining ortishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Ma'lumki kalsitriol vitamin D
3
(xolekalseferol) ni eng
faol metobolitidir. Paratgormon buyrak naychalarida kalsiy ionlarini qayta so‘rilishini kuchaytiradi (4-
rasmga qarang). Natijada qonda kalsiy ionlarining miqdori ortadi.
4. rasm .Kalsiy almashinuvini boshqaruvchi moddalar ta'sirining yo‘nalishi.
→ rag‘batlantiruvchi ta'sir (kuchaytiruvchi);
→ susaytiruvchi ta'sir
Qonda fosfor miqdori ozayadi
1
,
chunki uni
buyrak naychalarida qayta so‘rilishi kamayadi.
Tabobat amaliyotida so‘yilgan qora mollarning qalqonsimon bez yonidagi bezlaridan olinadigan p
a r a t i r ye o d i n preparati qo‘llaniladi. Ushbu preparatning biologik faolligini itlarda qonda kalsiy
ionlari miqdorini oshirish xossasi asosida aniqlanadi.
Paratireoidinning ta'siri taxminan 4 soatdan keyin boshlanib, 24 soatgacha davom etadi. U asosan
surunkali gipoparatireozda, spazmafiliyada
2
qo‘llaniladi. Teri osti va mushak ichiga kiritiladi. Ta'sir
birligida (TB) dozalanadi. O‘tkir gipoparatireoz (tetoniya) ni kalsiy preparatlari (tomir ichiga) ni
paratireodin bilan birgallikda qo‘llash bilan davolash maqsadga muvofiqdir. Ta'siri ancha kech
boshlanishini e'tiborga olganda ushbu xastalikni faqat paratireodin bilan davolash kerakli natija
bermaydi.
______________________________________________
1
Bir qancha olimlar fosfor (fosforlar nazarda tutilmoqda) almashinuvidagi o‘zgarishlar birlamchi
bo‘ladi deb hisoblaydilar
2
Bolalarda uchraydigan xastalik bo‘lib, gipokalsemiya va tirishish bilan kechadi.
19
Preparatlar
Nomi
Chiqarish shakllari
Qalqonsimon bez gormonlarining preparatlari
L- Tiroksin-
L-Thyroxin
Tabletkalar 0, 00005 va 0,0001g
Triyodtironin gidroxlorid-
Triiodthyronini
hydrochloridum
0,00002 va 0,00005 g li tabletkalar
Treoidin-Thyreoidinum
0,5 g dan tabletka va kukunlar 0,1 va
0,2 yuzasi qoplangan tabletka
Kalsitrin-Calcitrinum
10 – 15 TB steril, liofillangan kukun
tutgan flakonlar (in'eksiya uchun
mo‘ljallangan suvda eritiladi).
Antireoid vositalar
Merkazolil - Mercazolilum
0,005 g dan tabletkalar
Qalqonsimon bez yonidagi bezlar preparati
Paratireoidin –
Parathyreoidinum
1 ml (20 TB) dan ampulalarda
Me'da osti bezi gormonlarining preparatlari va diabetga
qarshi sintetik vositalar
Uglevodlar almashinuvini boshqarishda me'da osti bezi gormonlari katta axamiyatga ega.
Langergans orolchalarining (pankreasning orolchalari) V-xujayralari proinsulinni sintezlaydilar, undan
kuchli darajada gipoglikemik
1
ta'sirga ega insulin xosil bo‘ladi. A-xujayralar giperglikemiya
2
chaqiruvchi glyukagon ishlab chiqaradilar.
Amaliy tabobat uchun qandli diabetni davolashda qo‘llaniladigan me'da osti bezi gormoni insulin
eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi. Ammo hozirda ushbu xastalikni davolashda qo‘llaniladigan moddalar
quyidagi guruxlarga bo‘linadi.
1.O‘rin almashish (terapiyasi) vositalari
Insulin preparatlari
2.Endogen insulin ajralishini rag‘batlantiruvchi vositalar
Sulfonilmochevina xosilalari (xlorpropamid, glibenklamid va boshqalar)
3.Glyukoneogenezni susaytiruvchi va glyukozani to‘qimalarga kirishiga imkoniyat yaratuvchi
vositalar
Biguanidlar (metformin)
4.To‘qimalarni insulinga sezgirligini oshiruvchi vositalar
Tiazolidindionlar (roziglitazon, pioglitazon)
5. Ingichka ichakda glyukozidora so‘rilishini susaytiruvchi vositalar (α-glyukolidaza ingib-torlari)
Akarboza
Insulin diabetga qarshi eng samarador va universal vosita xisoblanadi. U disulfid ko‘prikchalari
bilan bog‘langan (tuzilishiga qarang) 2 ta polipepdit zanjirlaridan (biri 21 ta aminokislotadan, boshqasi
30 ta aminokislotadan iborat) tashkil topgan polipeptiddir.
____________________________________________________
1
Qonda shakar miqdorini kamayib ketishi. Grekcha so‘zdan olingan hypo- kamayish, glekys-shirin,
haima- qon
2
Langergans orolchalari quyidagi endokrin hujayralaridan iborat.
A(ά
2
)- hujayralar- glyukagon ishlab chiqaradilar
V (β)- hujayralar- insulin ishlab chiqaradilar (hamda amilin polipeptidini)
D (δ,ά
1
) – hujayralar –somatostatin ishlab chiqaradilar.
F (PP) – hujayralar- pankreatik polipeptid ishlab chiqaradilar.
20
Inson va ko‘pgina jonivorlarning insulinini sintezlash amalga oshirilgan. Xozirgi vaqtda inson
insulini gen injeneriyasi usuli bilan olinmoqda. Dori vositasi sifatida inson insulinni va so‘yilgan
qoramollar (xo‘kiz va cho‘chqa) me'da osti bezidan olingan insulin preparatlari qo‘llanilmoqda. Ularni
ta'sir birligida (TB) dozalanadi.
Insulinning sekretsiyasi kalsiy ionlariga bog‘liqligi haqida ma'lumotlar mavjud. Ushbu
mexanizmni glyukoza ishga tushiradi. V-xujayralar ichiga kirib, glyukoza metabolizmga uchraydi va
xujayra
ichidagi ATF miqdorini oshib ketishiga imkon beradi. ATF esa o‘ziga bog‘liq kaliy kanallarini
qamallab xujayra membranasini depolyarizatsiyalaydi. Bu V-xujayralarga kalsiy ionlarini kirishiga
(ochilayotgan potensialga bog‘liq kalsiy kanallari orqali) va ekzotsitoz yo‘li bilan insulinni ajralishiga
imkoniyat tug‘diradi. Insulinni xosil bo‘lishini aminokislotalar xam rag‘batlantiradilar. Jigarda insulin
insulinaza fermenti vositasida faolsizlantiriladi.
Insulinning gipoglikemik ta'sir mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan. Insulin xujayra yuzasidagi
ikkita α- va β- qisimchalardan iborat o‘ziga xos bo‘lgan retseptorlar bilan bog‘lanadi. Hosil bo‘lgan
“insulin + retseptor” majmuasi endotsitoz orqali xujayra ichkarisiga kiradi va u yerda ajralgan insulin
o‘z vazifasini amalga oshiradi. Bundan tashqari, xujayra yuzasidagi retseptorlar bilan bog‘lanishda
tirozinkinaza faolligiga ega bo‘lgan β-qisimchalar faollashadi. Insulin glyukozani xujayra
membranalaridan olib o‘tishini va uni mushaklar, yog‘ to‘qimalarida sarflanishini faollashtiradi (5-
rasm). Glikogenogenez ortadi (insulin glikogensintetaza fermentini faollashtiradi). Jigar va skelet
(ko‘ndalangtarg‘il) mushaklarida u glikogenolizni kuchaytiradi. Aminokislotalarni glyukozaga
aylanishini susaytiradi. Oqsil sintezini kuchaytiradi. Yog‘ to‘qimasida triglitseridlarni depolanishini
osonlashtiradi. Qandli diabetda insulinni qo‘llash qonda qand miqdorini kamayishiga va to‘qimalarda
glikogenni to‘planishiga olib keladi. Qonda glyukozani kamaytirish glyukuzuriyani va u bilan bog‘liq
bo‘lgan poliuriyani
1
(peshobni ko‘p miqdorda ajralishi) xamda polidipsiya
2
(chanqash)ni bartaraf etadi.
Uglevod olmoshinuvini meyyorlanishi oqibatida oqsil (qonda peshob azotli brikmalar miqdori
kamayadi) va yog‘ (qonda va peshobda keton tanachalari –atseton, atsetosirka kislotasi, β-oksimoy
kislotasini aniqlanishi bartaraf bo‘ladi) almashinuvi tiklanadi. Yog‘larni parchalanishi va oqsillarni
yuqori darajada glyukozaga aylanishi bilan bog‘liq ozib ketish va xaddan tashqari ochlik xissi
(bulimiya
3
) yo‘qoladi. Insulin qandli diabetning barcha og‘irlik darajalarida ham samarador.
5-Rasm. Insulin bilan rag‘batlantirilgan glyukozani aylanish yo‘llari
___________________________
1
grekchadan poli – ko‘p, uron - peshob
2
grekchadan dipsa – chanqoq
3
grekchadan bus – xo‘kiz, limos – ochlik
21
Xozirgi kunda insonning rekombinatlangan insulini asosiy preparat xisoblanadi Ammo
jonivorlar to‘qimasidan olingan preparatlar va asosan cho‘chqa insulinni ham keng
qo‘llanilmoqda.Cho‘chqa insulini tozalangan xolda ( xromatografik toza maxsulot nazarda tutilmoqda -
bitta cho‘qqiga ega) va yuqori darajada tozalangan (tarkibi bitta komponentdan iborat) preparat
chiqarilmoqda. Inson insuliniga o‘xshash(analog) insulin yaratilgan – x u m a l o g (insulin lispro). U
odatdagi qisqa ta'sirli inson insuliniga nisbatan tezroq va qisqaroq ta'sirga ega. Tabobat amaliyoti uchun
insulinning ta'sirini boshlanish tezligi, davomli-ligi, xamda allergenlik darajasi bilan farqlanuvchi
ko‘pgina preparatlari yaratilgan.
Xozirgi zamon insulin preparatlari quyidagi gruxlardan iborat.
1. Maksimal natijasi tez (1-4 soatdan keyin) rivojlvnuvchi va qisqa ta'sir etuvchi (4-8 soat) preparatlar.
2. Maksimal natijasi o‘rtacha tezlik (6-12 soatdan keyin) bilan rivojlanuvchi va ta'sir davomligi (8-24
soat) o‘rtacha preparatlar.
3. Maksimal natijasi sekin (12-18 soatdan keyin) rivojlanuvchi va davomli (24-40 soat) ta'-sirli
preparatlar.
Insulinning ba'zi preparatlari 5-jadvalda berilgan. Ko‘pchilik preparatlar maxsus shprits -
ruchkalarda chiqariladi.
5-jadval. Insulinning ba'zi preparatlari
1
Inson insulini preparatlari
Cho‘chqa insulini preparati
Qisqa ta'sir etuvchilar
Aktrapid NM
Insulin Rapid
Inutral ChM
Xomorap 40
Xumulin Regulyar
Aktrapid MS
Iletin II Regulyar
Neytral insulin betasint ye-40S
Insulin Maksirapid VO-S
Insulin S
Insulran SPP
Inutral SPP
O‘rtacha ta'sir etuvchi
2
Izofan Insulin ChM
Insulin Bazal
Monotard NM
Protafan NM
Xomolong 40
Xumulin L
Xumulin X
Iletin II
Iletin II NPX
Insulin betasint lente ye 40S
Insulin betasint lente NPX ye 40S
Insulin lente SPP
Insulin SPP
Insuman Bazal
Monotard MS
Protafan MS
Xumulin NPX
Davomli ta'sir etuvchilar
Xumulin Y-L
Ultratart NM
1
Jadval Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni–saqlash vazirligining davlat reestri asosida tuzilgan.
2
Bundan tashqari tez va qisqa ta'sirli preparatlarning o‘rtacha ta'sir etuvchi preparatlar bilan
aralashmasi ham chiqarilmoqda.
Izoh. S-cho‘chqaning; M-bir tarkibli; Ch (N; NM)- insonning (Numan); L-lente; U-L-ultralente
Insulin preparatlarini parenteral yo‘l bilan kiritiladi: odatda teri ostiga va mushak ichiga, kamroq
ko‘k tomir ichiga (ichilganda insulin ovqat hazm qilish fermentlari ta'sirida parchalanib ketadi)
1
. Qisqa
ta'sirli insulin preparatlari tez ta'sir eta boshlaydilar, ayniqsa ko‘k tomirlarga kiritilganda.
_________________
1
Ingalyasion yo‘l bilan qo‘llash va til ostiga (lunjga) qo‘yish uchun ishlab chiqarilgan insulin
preparatlari klinik sinovlardan o‘tmoqda.
22
Bunday yo‘l bilan kiritish ayniqsa prekomatoz va komatoz holatlarida tavsiya etiladi. Bunday
holatlar va insulinga tobe bo‘lgan qandli diabetda insulin boshqasiga almashtirish mumkin bo‘lmagan
preparat hisoblanadi.
Davomli ta'sir etuvchi insulin preparatlari kiritilgan joylaridan sekin so‘riladilar. Ushbu
preparatlarning shubhasiz ustunligi shundan iboratki, ularni bir marotaba parenteral kiritilishi davomli
ta'sirni ta'minlaydi. Ammo davomli ta'sir etuvchi preparatlarni qo‘llaganda kuchli darajadagi
gipoglikemiya yuzaga kelib qolsa bemorlarni unday holatdan chiqarib olish, darajasi bir xil bo‘lgan,
lekin ta'sir vaqti qisqa insulindan vujudga kelgan gipoglikemiyaga nisbatan qiyinroq bo‘ladi.
Davomli ta'sir etuvchi insulin preparatlarning ta'siri sekin rivojlanganligi sababidan ular diabetik
koma holatini bartaraf etishga yaroqsizdirlar, ko‘pgina preparatlar tarkibida protamin oqsili bo‘lganligi
tez-tez allergik reaksiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Davomli ta'sir etuvchi insulin preparatlarini teri ostiga yoki mushak ichiga kiritiladi. Ushbu
preparat o‘rtacha va og‘ir darajali qandli diabet xastaligida qo‘llaniladi.
Insulin preparatlari bir qancha kamchiliklardan xoli emasdir. Jumladan insulin in'eksiyalari og‘riq
bilan kechadi. Preparat kiritilgan joylarda yallig‘lanish (infiltratlar) rivojlanishi mumkin. Bundan
tashqari insulinga sezuvchanlik katta oraliqda o‘zgarib turadi. Ba'zi bemorlar ularga sezuvchanligi juda
past bo‘lsa boshqalarida aksincha, juda xam yuqori bo‘ladi. Ushbu preparatlarga rezistentlik
rivojlangishi retseptorlar sonini kamayishi, ular affinitetini psayishi va boshqa sabablar tufayli bo‘lishi
mumkin. Insulinga antitelalar ishlab chiqarilishi uning samaradorligini kamayishi va ta'sirini yo‘q
bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Insulin preparatlari allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Bunday
holat odam insulini preparatlarida kuchsizroq bo‘ladi.
Ichilganda ham samarador bo‘lgan gipoglikemik vositalar katta qiziqish uyg‘otadi. Ular sintetik
yo‘l bilan olingan va 2 ta kimyoviy birikmalar guruxlariga mansubdirlar.
I. Sulfonil mochevina unumlari
1. Ta'sir davomligi o‘rtacha (8-24 s) bo‘lgan preparatlar
Butamid
2. Ta'siri davomli bo‘lgan preparatlar (24- 60 s)
Xlorpropamid, Glibenklamid, Glipizid
P. Biguanid unumlari
Metformin
Sulfanil mochevina xosilalarining gipoglikemik ta'sir mexanizmi ularni ATFga tobe bo‘lgan K
+
-
kanallarini qamal qilish xossalari bilan bog‘liq (2 chizma). Bu potensialga bog‘liq Sa
2+
kanallarini
ochilib xujayra ichida kalsiy ionlari miqdorini kuchayishiga va V-xujayralardan insulin ajralishini
kuchayishiga olib keladi. Bunda V-xujayralarning insulinni ishlabchiqarilishini rag‘batlantiruchi
glyukoza va aminokislotalarga bo‘lgan sezgirligi ortadi. Shunday qilib, ushbu preparatlar insulin
sekretsiyasini bilvosita ta'sir tufayli kuchaytiradilar. Sulfonil mochevina unumlari ovqat xazm qilish
traktidan tez va to‘liq so‘riladilar.
Bu gurux preparatlarining birinchisi b u t a m i d (tolbutamid, rastinon) xisoblanadi.
Butamidni bemorlar yaxshi qabul qiladilar, ammo uni qullaganda noxush ta'sirotlar rivojlani shi
mumkin (dispepsik o‘zgarishlar, allergik reaksiyalar, kamdan-kam xolatlarda – leykopeniya,
trombotsitopeniya, gepatotoksik ta'sir). Butamidga o‘rganish (ko‘nikish) rivojlanishi mumkin.
2-chizma. Sulfonil mochevina unumlarining gipoglikemik ta'sirining mexanizmlari
Sulfonilmochevina unumlari
(xlorpropamid va boshqalar)
↓
Langergans orolchalarining
V-xujayralarini ATFga tobe
bo‘lgan K
+
kanallarini qamallanishi
↓
V-xujayralar membranasining
depolyarizatsiyalanishi
23
↓
V-xujayralarning potensialga tobe
bo‘lgan Sa
2+
kanallarini ochilishi
↓
Sa
2+
ni V- xujayra ichiga kirishi
↓
Insulinni ajralishi
Xlorpropamid (diabaril, oradian) butamiddan faolligini yuqoriligi va ta'sirini davomlili gi bilan farq
qiladi. Organizmda faol metabo litlar xosil qilish bilan kechuvchi biotransformatsiyaga uchraydi.
Xlorpropamid va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Xlorpropamid boshqa sulfanilamidlarga
nisbatan ko‘proq turli xil noxush asoratlar keltirib chiqardi. Jumladan, etil spirtini metabolizmi buzilishi
tufayli uni qabul qilganda yuz terisini qizarib ketishi va boshqa ko‘tara olmaslik belgilari yuzaga keladi.
Organizmda suvni ushlanib qolishi va giponatriemiya, dispepsik buzilishlar, terida allergik reaksiyalar,
xolestaz, kamdan-kam xolatlarda qon xosil bo‘lishini susayishi kuzatiladi.
Diabetni davolashda qo‘llaniladigan ba'zi vositalarning kimyoviy tuzilishi.
24
Ta'siri davomli bo‘lgan preparatlar qatoriga glibenklamid (maninil) va glipizid xam kiradi. Ta'sir
mexanizmi bo‘yicha ular butamid va xlorpropamidga uxshashdir. Asosiy farqi bu farmakokinetikasiga
ta'luklidir (6-jadval). Ularni bir kunda bir marta ovqatlanishdan 30 min avval qabul qilinida. Ta'siri
tezroq yuzaga chiquvchi preparat glipizid xisoblanadi. Preparatni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Ular
dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynash, qayt qilish, diareya va boshqalar), teri allergik reaksiyalar,
kamdan kam xolda qon xosil bo‘lishini susayishini chaqirishlari mumkin.
6-jadval. Sulfanilmochevina xosilalarining farmakokinetikasi
P
re
pa
ra
t
Nis
biy
fa
oll
igi
1
Gipogli
ke
mi
k
ta's
ir
ni
rivoj
lanis
h
tez
li
gi
B
iodos
tupnos
t
t
½
s
oa
t
2
T
a's
ir
da
voml
il
igi
,
s
Z
ar
dob
oqs
il
lar
i
bil
an
bog‘
lanis
hi
%
F
aol
meta
boli
tl
ar
xos
il
bo‘
li
shi
Iz
ox
Butamid
1
3-5 85-95 4-6 6-12
96
Qalqonsimon bezda yod
shimilishini
buzishi mumkin
Xlorpropamid 4-5
3-5
>90
30-
36
24-72 96
+
Suvni ushlanib
qolishi, giponatrie-
miya,etil spirtini
oksidlanishini buzilishi
Glibenklamid 150-200 3-5
64-90 1-12 12-24 97-98
Kuchsiz diuretik ta'sir
Glipizid
100
1-3
95
2-4
10-24 98-99
Kuchsiz diuretik ta'sir
_______________________________________________
1
Faolliklari o‘rtacha terapevtik dozalarini taqqoslash asosida berilgan. Maksima gipoglikemik ta'siri
bo‘yicha (qo‘llangan terapevtik dozalarda) xloropamid, glibenklamid va glipizid taxminan teng-
dirlar. Butamid kamroq samaradordir.
2
Modda konsentratsiyasini qon zardobida 50 % ga kamayishi
Sulfonilmochevina unumlariga gliklazid (diabeton) ham kiradi. U qonda glyukoza miqdorini kuchli
darajada kamaytiradi va ovqat qabul qilingandan boshlab to insulin sekretsiyasi ni boshlanishigacha
bo‘lgan vaqtni qisqartiradi. Preparat shunisi bilan axamiyatliki u gipoglikemik ta'sir bilan bir qatorda
mikrotsirkulyasiyaga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, chunki glikazid trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi.
Xamda tomirlar devori o‘tkazuvchanligini mo‘tadillashtiradi. Tana vaznini oshirmaydi, aksincha uni
kamaytiradi (albatta ovqat qabul qilishni to‘g‘ri tashkil etilgan xolda).
Gliklazid ovqat xazm qilish traktidan yaxshi so‘riladi. Qon zardobida eng katta konsentratsiyasi
taxminan 4 soatdan keyin aniqlanadi. Ko‘p qismi zardob oq sillari bilan bog‘lanadi. Jigarda
metabolizmga uchraydi. t
½
taxminan 12 soat. Asosan metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi.
Noxush asoratlar sifatida dispepsik o‘zgarishlar, kamdan-kam xollarda trombotsitopeniya, leykopeniya,
agranulotsitoz, anemiya, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Sulfonilmochevina unumlarini 2-tipdagi qandli diabet (insulinga tobe bo‘lmagan)da qo‘llaniladi.
Repaglinid (benzoy kislotasi xosilasi) shularga o‘xshab, insulin ajralishiga imkoniyat beruvchi
preparat hisblanadi.
Enteral yo‘l bilan qo‘llashga yangi preparat D- fenilalanin xosilasi bo‘lgan nateglinid (starliks)
tavsiya etilgan. U asosan me'da osti bezining V-hujayralaridagi ATF ga tobe bo‘lgan K
+
-kanallarini
qamallaydi. Bunda yuzaga keluvchi membranalar depolyarizatsiyasi Sa
2+
kanallarini ochilishiga va
insulin sekretsiyasini ortishiga olib keladi. Nateglinid ovqatdan oldin ichiladi. U tez va qisqa ta'sir etadi.
Ichilganda uni taxminan 73% qonga o‘tadi. t
½
1.5s. Nateglinid jigarda metobolik o‘zgarishlarga
25
uchraydi. Preparat va uning metobolitlarini ko‘p qismi, asosan buyrak orqali avvalgi 6 soat ichida
ajraladi. 2-tipdagi qandli diabetda (postprandial
1
giperglikemiyani bartaraf etish uchun) ovqatdan
keyingi insulin sekretsiyasining birinchi davrini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Preparat yaxshi
qabul qilinadi. Kamdan- kam hollarda gipoglekemiya rivojlanadi. Ovqat qabul qilingandan keyin
ingichka ichakdan glyukoza darajasini boshqaruvchi - glyukozaga tobe bo‘lgan insulinotrop gormon
(GIP
2
) va glyukagonsimon peptid (GLP-1
3
) ajraladi. Ular inkretinlar nomini olganlar. Tabobat amaliyoti
uchun nisbatan turg‘un bo‘lgan glyukogonsimon peptid- eksenatid sintezlangan. U 2-tip diabetni
davolash uchun yaratilgan birinchi inkretinomimetik. Eksenatid (GLP-1kabi) GLP-1 retseptorlarining
agonistidir. U giperglikemiya xolatida glyukoza ta'sirida ajraluvchi insulin sekretsiyasini kuchaytiradi.
Eksenatidinni kuniga 2 marta teri ostiga kiritiladi. t
½
taxminan 2,4 soat. Buyrak orqali ajraladi. Eng
ko‘p uchraydigan noxush taasirotlari qatoriga ko‘ngil aynash, qayd qilish, ich ketish, gipoglikemiyani
kiritish mumkin. Biguanidlar guruxidan tabobat amaliyotida m ye t f o r m i n (siofor) qo‘llaniladi.
Uning ta'sir mexanizmi aniq emas. Metforminni jigarda glyukoneogenezni tuxtish xossasi asosiy
xisoblanadi. U mushaklarni glkozani shimib olishiga imkon beradi deb xisoblashadi, ammo bu glkogen
xosil bo‘lishiga olib kelmaydi. Mushaklarda sut kislotasi to‘planib qoladi (anaerob glikolizni
kuchaytirishi tufayli bo‘lsa kerak). Glyukozani yog‘ to‘qimasiga shimilishi xam kuchayadi. Metformin
ichakda uglevodlarni so‘rilishini oz miqdorda bo‘lsa ham kamaytirishi xaqida ma'lumot mavjud.
Anoreksigen ta'siri xisobiga metformin tana vaznini kamytiradi. Qon zardobida triglitserid va
xolesterini miqdorini biroz kamaytiradi. Ichakdan yaxshi so‘riladi. Qonga preparatning 50-60 % o‘tadi.
Organizmda metabolizmga uchramay-di, zardob oqsillari bilan bog‘lanmaydi. O‘zgarmagan xolda
asosan buyrak orqali ajraladi. t
½ =
1,5 – 3 soat. Kuniga 2-3 marta kiritiladi.
Noxush asoratlari tez-tez me'da ichak trakti tomonidan yuzaga chiqadi ( ko‘ngil aynash, qayt qilish,
dispepsiya, og‘izda temir mazasini sezish, diareya va boshqalar). Sulfanil mochevina xg‘osilalaridan
farq qilib metforminni qo‘llaganda gipoglikemiya juda kam xollarda qayd etiladi.
Sut kislotasi ortishi tufayli rivojlanadigan atsidoz sanoqli bemorlarda kuzatilsa ham jiddiy asorat
xisoblanadi. Bundan xoli bo‘lish uchun preparatni minimal samarador dozalarda qo‘llash va buyrak
yetishmovchiligida qo‘llamaslik lozim.
Metmorfin 2-tip qandli diabetda qo‘llaniladi. Metmorfin ko‘pincha ta'sir mexanizmi boshqacha
bo‘lgan gipoglikemik vositalar bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, glibenklamid va metmorfindan iborat
g l i b o m ye t preparati ishlab chiqariladi. Gipoglikemik vositalarni qonda va peshobdagi qand
miqdorini o‘zgarishiga qarab dozalanadi. Har bir bemor uchun preparatlarning muntazam qo‘llaganda
qondagi miqdorini kerakli miqdorda turg‘un bo‘lishini ta'minlovchi dozasini individual tanlash lozim.
Gipoglikemik vositalarni uglevodlar miqdori cheklangan parxez taom bilan birgallikda qo‘llash lozim.
Ko‘pgina diabetga qarshi vositalarni qo‘llashda yuzaga chiquvchi asosiy asorat –gipoglikemiya
hisblanadi. U asosan preparat dozasi oshirib yuborilishi yoki parxezni buzilishi tufayli yuzaga keladi.
Og‘ir holatlarda gipoglikemik karaxtlik rivojlanishi mumkin. yengil darajadagi gipoglikemiyani qand
yoki uglevodlarga boy bo‘lgan taom bilan bartaraf etish mumkin. Kerak hollarda parenteral yo‘l bilan
glyukoza kiritiladi. Adrenalin va glyukagonlar ham giperglikemiyani rivojlantiradilar.
Hozirgi vaqtda yangi tipdagi yangi tipdagi diabetga qarshi vositalarda qo‘llanila boshlandi, ular
xujayralarning insulinga nisbatan sezgirligini oshirish xususiyatiga ega. Ushbu preparatlar
(tiazolidindion unumlari bo‘lmish r o z i g l i t a z o n va p i o g l i t a z o n ) endogen insulin hosil
bo‘lishini yetishmovchiligida va unga rezistentlik
4
rivojlanganda ahamiyatlidirlar.Bu preparatlar
yadroda joylashgan maxsus retseptorlar bilan bog‘lanib, ba'zi insulinga sezgir genlar transkripsiyasini
oshiradilar va natijada insulinga bo‘lgan rezistentlik kamayadi. To‘qimalarda glyukozani,yog‘
kislotalarini yutib olish ortadi, lipogenez kuchayadi, glyukoneogenez kamayadi.
_____________________________________
1
ingizchada prandial –ovqatlanish bilan bog‘liq. Post prandial – ovqatlanishdan so‘ng rivojla nuvchi.
2
GIP –glucose-dependent insulinotropic peptide – so‘zidan olingan
3
GLP-1 – glucogon – lice peptide – so‘zidan olingan.
4
Jigarga Idiosinkraziya bilan bog‘liq gepatotoksik ta'sirga ega bo‘lgan troglitazon bu guruxning birinchi
preparati hisoblanadi. Shu sababli ushbu preparat samarador bo‘lishiga qaramay uni qo‘llash
to‘xtatilgan. Ingliz tilidagi adabiyotlarda bunday preparatlar ko‘pincha “insulin sensitizers” nomi bilan
atalgan.
26
Ichakda uglevodlarni so‘rilishini qiyinlashtiruvchi preparatlar yaratilishi qandli diabetni
davolashda yangi yo‘nalish hisoblanadi. Shunday preparatlardan biri a k a r b o z a d i r . Uning ta'sir
prinsipi ichak fermenti α-glyukozidazani qamallashdir. Bu (laktozadan boshqa) ko‘pgina uglevodlarni
so‘rilishini to‘xtatadi. Hazm bo‘lmagan uglevodlarning (kraxmal, sukraza, dekstrinlar, maltozalar)
ortig‘idan ko‘p miqdori yo‘g‘on ichakda to‘lanadi va u yerdagi mikroorganizmlar ta'sirida gaz hosil
bo‘lishi bilan parchalanadilar. Odatda 20-30% bemorlarda meteorizm kuzatiladi. Taxminan 3%
bemorlarda kuchli diareya rivojlanadi.
Akarboza bilan monoterapiya (ovqatlanishning avvalida qabul qilinadi) o‘tkazilganda yuqori
darajadagi gipoglikemiya rivojlanmaydi. Ammo uni insulin yoki sulfonilmochevina unumlari bilan
birgallikda qo‘llaganda gipoglikemik ta'sir kuchayadi. Akarboza ichakdan yomon so‘riladi. Shu sababli
u metformin absorbsiyasini buzadi, shunga ko‘ra ularni birgalikda qo‘llash samarasizdir. Qandli
diabetda glyukozaning zaxarli ta'sirlarini (neyropatiya, retinopatiya, nefropatiya) kamaytiruvchi
vositalarni izlab topish dolzarb yo‘nalishlardandir. Noxush asoratlar glyukozadan organizmda
fruktozaga va keyinchalik sorbitolga aylanishi bilan bog‘liq ekanligini hisobga olganda ushbu
metabolitik yo‘lni qamallash maqsadga muvofikdir. Shu maqsadda aldozreduktoza (qandlarni
poliollarga aylantiruvchi ferment) ning birinchi ingibitorlari yaratilgan bo‘lsa ham, ularning klinik
ahamiyatini baholash xozircha qiyin. Me'da osti bezining gormoni bo‘lmish glyukogonni Langergans
orolchalarining maxsus A-hujayralari ishlab chiqaradi. 29 ta aminokislotalarning qoldiqlaridan
iborat polipep-tiddir. Glyukagonga o‘xshagan enteroglyukagon 12 barmoqli va ingichka ichak, xamda
me'da devorida aniqlangan. Glyukagonni ishlab chiqarilishi qonda glyukoza miqdori, ovqat tarkibi va
ichak gormonlari bilan boshqariladi. Glyukagon qisqa ta'sirga ega, chunki jigar, buyrak, qon va boshqa
to‘qimalarning glyukagonazasi bilan tez parchalanadi (qon zardobidagi konsentratsiyasi 50% gacha 7
min.dan kamroq vaqtda tushadi) Glyukagonning uglevod almashinuviga ta'siri giperglikemiyada
namoyon bo‘ladi. Bu jigarda glikogenoliz va glikoneogenezni kuchayishi bilan bog‘liq. Glyukagonning
ta'siri uning G
s
oqsillari bilan bog‘liq spetsifik retseptorlar bilan bog‘lanish xossasiga asoslangan. Bunda
adenilatsiklaza faollashib
s
AMF miqdori ortishi (6-rasm); natijasida fosforilaza faollashadi va
glikogensintaza susayadi. Jigardan glyukozani ajralishi ko‘payadi. Bir vaqtning o‘zida glikoneogenez-
glyukozani uglevod bo‘lmagani prekurzorlaridan (laktat,piruvat, bir qancha aminokislotalar va boshqa
birikmalardan) hosil bo‘lishi kuchayadi.
6-rasm. Glyukogon va adrenalinni glikogenolitik ta'siri (chizma).
G-G oqsili + -kuchaytiruvchi ta'sir ↑- konsentratsiyasini ortishi
27
Glyukogon yurak-tomir sistemasiga ham kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Glyukagonning asosiy ta'-sirlari:
ijobiy inotrop, taxikardiya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni yengillashishidir.Glyukagon
miokardning qisqarish faollligini oshiradi.U esa yurakni siqib chiqarayotgan qon hajmini ko‘payishiga
olib keladi. Glyukagon ta'sirida qorinchalar aritmiyasi rivojlanmaydi.
Glyukagon miokardda sAMF miqdorini oshiradi. Glyukagon miokard adenilatsiklazasiga
rag‘batlantiruvchi ta'siri α - adrenoblokatorlar bilan daf etilmasligi glyukagon va katexolaminlar uchun
alohida-alohida retseptorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, glyukagon buyrak usti
bezining miya qismidan adrenalin ajralishini oshiradi, o‘sish gormoni va kalsitonin sekretsiyasini
kuchaytiradi (gipokalsemiya va giperkalsiuriya rivojlanadi).
Glyukagon kam qo‘llaniladi. Gipoglikemik komada parenteral kiritiladi, yurak yetishmovchiligida
va kardiogen karaxtlikda kon tomirga kiritiladi. Keyingi ikki xolda glyukagon ta'sirining qisqaligi xal
etuvchi omil xisoblanadi. Shu bilan bir qatorda kardiotonik ta'siri yurak tomonidan kislorod
sarflanishini ortishi bilan kechishini nazarda tutmoq lozim.
Dostları ilə paylaş: |