Ta’lim tizimining mazmun mohiyatining jaxon standartlariga mos keltirish borasidagi o‘zgarishlar.
O‘zbekistonda malakali kadrlarni tayyorlashdagi, aholining ilmiy madaniy,ta’lim-tarbiyaviy taraqqiyotini ta’minlashda etarlicha natijalar an’analarni o‘zida jamlagan kuchli potensial jamlangan. Shuning uchun o‘zbekistondagi oliy ta’lim oldida to‘plangan ijobiy tajribalarni saqlash va mazmunan boyitish dunyo ta’lim kengliklarida o‘zining munosib o‘rnini egallash kabi favqulodda jiddiy vazifa turib qoldi. Ayniqsa, bir necha o‘n yillab mafkuraviy iskanjada bo‘lgan fan, madaniyat, ta’limning undan bo‘shatish, yangi qadriyatlar, innovatsiyalar orqali jonlantirish mustaqil o‘zbekiston xalqi oldida sharafli va sermashaqqat vazifalardan biri edi.
O‘zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika rahbariyati dastlabki vazifalardan biri ilm-fanni, ta’lim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish lozimligini chuqur anglar edi. O‘zbekiston rahbari I.Karimov 1988-yil 20-noyabrda o‘zbekiston SSR fanlar akademiyasida bo‘lgan uchrashuvda shunday degan edi: “respublika hayotining barcha sohalarida ilm-fan mavqeini prinsip e’tibori bilan yangi sifat darajasiga ko‘tarish respublika fanlar akademiyasining asosiy vazifasidir, deb o‘ylaymiz. Ilm-fan ahliga buyruq berish, quruq ma’muriyatchilik, olimlarga apparat xodimlari kabinetlarida paydo bo‘ladigan “ijtimoiy buyurtmani” ro‘baro‘ qilish davri o‘tib ketdi. Ijodiy izlanishlarning natijalarini qamrab olgan fanlar akadepmiyasi olimlarining asarlari va tavsiyalari respublika taraqqiyotining istiqbolini belgilaydigan keklajakdagi hisob-kitoblar va siyosatning poydevori bo‘lishi darkor… . fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning, hatto umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak”
Mustaqillik yillarida o‘zbekiston respublikasida islohotlarni boshidan kechirgan va natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. O‘zbekiston ilm-fanga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonning tezkor taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston respublikasida ilm-fanni rivojlantirishda o‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasining o‘rni beqiyosdir