Yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’lim sohasining sifat o‘zgarishlari hamda xalqarolashtirish tamoyillari.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda o‘zbekiston xukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirilib, uning moddiy-texnik bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va o‘zbekiston ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
O‘zbekiston respublikasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “ta’lim to‘g‘risidagi” qonun ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Ushbu qonun o‘z vaqtida muhim bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora-tadbirlari, ta’lim tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksizlikni ta’minlash muammolarini echa olmadi. Ta’lim tizimidagi yig‘ilib qolgan muammolar 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunni va kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Milliy dastur muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari, milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning ilmiy modeli, kadarlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari kabi bo‘limlarni qamrab olgan. O‘zbekiston respublikasi “ta’lim to‘g‘risidagi” qonunning mohiyatini o‘zida aks ettirgan bu dastur respublika ta’lim tizimining istiqbolli kelajagiga mo‘ljallangan bo‘lib, uni kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Milliy dastur va dasturlarning xayotga tatbiq etilishi natijasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’lim va tarbiya tizimi yaratildi.