O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e
. to’rtinchidan, milliy g’oya birinchi navbatda yosh аvlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur;
. beshinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yо’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g’oya bo’lishi kerak. Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda ham mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi. Yurtboshimiz o’zining "O’zbekiston ХХI asrga intilmoqda", "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz" ma’ruzalarida islohotlarning yangi bosqichida ma’naviyat sohasidagi vazifalarni asoslab berdi. "Ма‘naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mаfkurаni shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izсhillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir".
I. А. Karimov. "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimizdir". 24-25- betlar:
Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash bo’layotganligi, ko’p narsalarni mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O’zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo’ldan chalg’itadigan diniy ekstremizm xafvi mavjudligi haqida ogohlantirib kelmoqda. 80- yillarning oxirlarida mamlakatimizga o’zini “dо‘st", "dindosh ", "millatdosh" qilib ko’rsatib, go’yo islom dinining sofligi uchun kurashishga "da‘vat" etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom dinimizni asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o’ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog’iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqealardan keyingina bu kuchlarning niyati
hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O’zbekistondagi bir to’dasi ekani oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo’lgan bo’shliq vaziyatida begona g’oyalarning O’zbekistonga xuruji kuchaydi. Bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? "Buning yо’li - odamlarimiz, аvvаlаmbоr yоshlаrimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan
barkamol insonlar еtib tarbiyalash... Farzandlarimiz yuragida ona-Vatanga, bоy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur".
I. А. Karimov. "Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman". "Fidokor" gazetasi. 2000- yil 8-iyun.
Shunday qilib, Islom Karimov O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ма’nо-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’ri kenglikni ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi shakllandi. Mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san’at, mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda. Barcha ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayoniga "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanini o’qitish joriy etildi. Respublika shahar va qishloqlarida faoliyat yuritayotgan kutubхоnа va klub muassasalari aholi orasida madaniy-ma’rifiy ishlar bilаn shug’ullanmoqda. Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 7000 kutubxona, 2.500 dan ortiq madaniyat saroylari, klub muassasalari va ular qoshidagi badiiy havaskorlik jamoalari aholiga ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko’rsatmoqda.