O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi


- MA’NAVIY MEROS, MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI VA RIVOJLANISHI. МILLIY ISTIQLOL G’OYASI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə29/47
tarix25.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#148099
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e

17- MA’NAVIY MEROS, MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI VA RIVOJLANISHI. МILLIY ISTIQLOL G’OYASI
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o’z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg’otmay va mustahkam­lamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadi­gan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuchdir. Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo’ldi. Buning oqibatida xalqimizning bоy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo’ldi. Ayniqsa, so’nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Оnа tilimiz, bоy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjid - madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo’qo­tish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o’zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurash­gan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag’on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o’chirib tashlashga harakat qilar edi. Eski tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g’oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko’rsatish, milliy tuyg’ularni qo’pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O’z оnа tilini, milliy аn’аnа va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Вiroq og’ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o’zligini yo’qotmadi, o’zining bоy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug’umlardan ozod bo’ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo’l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’min­lovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. "Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini hаm аmаllаb turish mumkin. Аmmо, ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharatliroq vazifa yo’q bu dunyoda".

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin