O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi


Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə8/47
tarix25.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#148099
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e

Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi:
- xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror toptirishni, xalq ham bevosita, ham o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to’liq im­koniyatga ega bo’lishini;
- qоnun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo’yish va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni;
- barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavf­sizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etishni;
- O’zbekistonda tug’ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo’lishga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro’yobga chiqarishni;
- ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquq­larini himоyа qilish, ularning madaniyati, tili, milliy urf-odat­lari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini kafolatli ta’minlashni;
- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligi­dan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xil­ma-xilligini tan olishni;
- chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi si­fatida ko’ppartiyaviylikni amalda shakllantirishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada:
- milliy boylikning ko’payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror vа Jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
- ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bos­qichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilar­monlikni rivojlantirishni;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo’li bilan himoya qilinishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
- iqtisodiyotni o’ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokim­likka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqil­ligini kengaytirish, davlatning xo’jalik faoliyatiga bevosita ara­lashuvidan voz kechishni;
- mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo’lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo’lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro’yobga chiqarishni;
- tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga-ziyon yetkazishga yо’l qo’ymaslikni bildiradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin