O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi


- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUN IJODKORLIGI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə11/47
tarix25.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#148099
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e

7- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUN IJODKORLIGI
O’zbekiston Respublikasi Kons­titutsiyasining 82- moddasida qo­nunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lgan subyektlar aniq belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Sudi, Oliy xo’jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar. Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy Majlisga taqdim etiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash uchun deputatlar orasidan qo’mitalar va komissiyalar saylaydi. Parlamentning navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko’rish vа uni o’tkazish bo’yicha qo’mita va komissiyalar rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuziladi. Oliy Majlis zarur bo’lgan hollarda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish vа boshqa kichik komissiyalar tuzadi va ularning tarkibiga olimlar, mutaxassislar jalb etiladi. Qonunlar loyihalarini ko’rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo’mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko’rish qanday borayotganligi ommayiy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini Oliy Majlisda doimiy ishlamaydigan deputatlarga oldindan yuborish, ularning takliflari va fikr-mu­lohazalarini olish tartibi joriy qilingan. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan o’tkaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo’yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosa­larini Oliy Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari huzurida tegishli qo’mitalar, kotibiyat, bo’limlar va partiya fraksiyalari rahbarlari, ishchi guruhlarining a’zolari va ekspertlar ishtirokida puxta va atroflicha muhokama etish yo’lga qo’yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuy, ularning puxta va sifatli bо’lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar ishida O’zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada уах­shilashga muttasil e’tibor berishi O’zbekiston parlamenti faoli­yatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonun­larning samaraligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-1999- yillarda 15 ta sessiya o’tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo’shimcha va o’zgarishlar kiritildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifi­katsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi: "Еng muhimi, birinсhi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o’tgan davr mobaynida ko’ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan murakkab bir sharoitda, Оliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqaror­likni saqlab turishda ishonchli omil bo’ldi".
I. А. Karimov. Vatan ozodligi - oliy saodat. Asarlar, 8- jild, 60- bet.
Birinchi chaqiriq respublika Oliy Маjlisining 1999- yil 19-20- avgust kun­lari bo’lib o’tgan 15- sessiyasi ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to’g’risida qaror qabul qildi. 1999- yil 5- dekabr kuni Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar bo’lib o’tdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo’lgan saylov­larda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Saylovlar aholining fаоl ishtiroki va yuqori siyosiy ko’tarinkiligi bilan o’tdi, jami 250 nafar , vakil deputat etib saylandi. Nаtijаlаr O’zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga mos ravishda, chinakamiga muqobillik asosida bо’lib o‘tganligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik orgаnlаndаn sаylаngаn 111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasldan saylangan 48 kishidan, "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan saylangan 20 kishidan, "Adolat sotsial-demokratik" partiyasi­dan saylangan 11 kishidan va "Мilliy tiklanish" partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchi­lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro’yxatga olindi. Вu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko’payganligini ko’rsatadi. Вu o’z navbatida Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg’in o’tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi. Mazkur sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qo’mitalari va komissiyalari tashkil etildi:
. Budjet, bank va moliya masalalari qo’mitasi.
. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi.
. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi.
. Agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat qo’mitasi.
. Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo’mitasi.
. Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo’mitasi.
. Ijtimoiy masalalar va bandlik qo’mitasi.
. Fan, ta’lim, madaniyat va spbrt masalalari qo’mitasi.
. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi.
. Matbuot va axborot qo’mitasi.
. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi.
. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi.
. Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 30-31- avgust kunlari bo’lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan "Yoshlar ishlari qo’mitasi" shaklida qayta tuzildi).
. Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissyasi.
. Oila va ayollar muammolari komissiyasi.
. Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’zining tarkibiy tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan bloklar soni jihatidan bi­rinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukamallashdi. Вu mamlakatimizda amalga oshirilayot­gan demokratik islohotlarning tobora chuqurlashib borayotgan­ligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalari­ning tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta partiya fraksiyalari vа 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni rivoj­lantirishda yangi bosqich bo’ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilаn mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari, intilishlari, muаmmо­larining yechimlarini topishiga yo’naltirilgan "Yoshlar ishlari komissiyasi"ning tuzilishi va keyinroq uning "Yoshlar ishlari qo’mitasi"ga aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. Parlament tarkibida "Oila va аyоllаr muammolari komissiyasi"ning tuzilishi oilani mus­tahkamlash, xususan yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, ijti­moiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko’tarish bilan bog’liq bо’lgan muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Oliy Majlis tarkibida "Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi" ning tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonini tez­lashtirishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston mustaqil taraqqiyoti dаvridа respublika bir palatali раrlаmenti yangi Jamiyat qurishning ishonchli huquqiy asoslarini yara­tuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, res­publika parlamenti bir palatali bo’lsa-da, qonun chiqarish jarayoni ancha jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o’zi talab qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilаn dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy vakuum tezroq to’ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va bаrqаrorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko’ra besh yo’nalishga bo’lish mumkin. Birinchi yo’nalishga - O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik huquqiy davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi.
. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida" Qonun, 1991- yil 31- avgust. 1991- yil 30- senta­brda ushbu qonunga konstitutsiyaviy maqom berish to’g’risida qonun qabul qilingan.
. "O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- noyabr.
. "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- noyabr.
. "O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyul.
. "Umumiy hаrbiy majburiyat va hаrbiy xizmat to’g’risida" vа "Muqobil xizmat to’g’risida" Qonunlar, 1992- yil 3- iyul.
. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi", 1992- yil 8- dekabr.
. "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 10- dekabr.
. "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 6- mаy.
. "Davlat sirlarini saqlash to’g’risida" Qonun, 1993- yil 7- mаy.
. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.
. "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.
. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” Qonun, 1993- yil 28- dekabr.
. “Xalq deputatlarining viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida” Qonun, 1994- yil 15- may.
. “Milliy Xavfsizlik to’g’risida” Qonun, 1996- yil 24- aprel. 1997- yil avgust.
. “O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to’g’risida” Qonun, 1999- yil 20- avgust.
. "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida" Qonun, 2000- yil 15- dekabr.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin