11- SIYOSIY PARTIYALAR, JAMOAT TASHKILOTLARI VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING RIVOJLANISHI Наr bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o’rni va faolligi bilan belgilanadi.
Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo’lmas ekan, davlat hokimiyatining bаrсhа bo’g’inlarida o’zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo’lmasligiga jiddiy kafolat hаm bo’lmaydi.
Islom Karimov. Asarlar. 5- jild, 121- bet.
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatini o’sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukmronligi davrida ХХ asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo’q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart -sharoitlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining Kоnstitutsiyasi va "Jamoat tashkilotlari to’g’risida" gi Qonunida jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoa birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O’zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqigа egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’risida"gi (1996- yil 25- dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar fаоliyatining huquqiy asoslari yanada riyojlantirildi va mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
. o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;
. qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlаri sаylоvlаridа ishtirok etish;
. partiya faoliyati bilаn bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar vа boshqa tadbirlarni o’tkazish;
. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
. O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish;
. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo’lgan ko’p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy harakat, 300 ga yaqin jamoat tashkilotlari, uyushmalari, jamoatchilik jamg’armalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991- yil 1- noyabrda Toshkentda bо’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsi 1991- yil 15 - noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang’ich tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda. 400 mingdan ko’proq a’zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o’z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O’zbekiston xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi. O’zbekiston XDPsi parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o’z nomzodlarini ko’rsatadi, saylovchilarning ko’proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo’g’inlarida ishtirok etadi. Ikkinchi chaqiriq respublika Oliy Majlisining 2000- yil 22-yanvardagi qarori bilаn XDPning 48 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston XDP sining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda. 1995- yil 18- fevralda O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda I ta’sis qurultoyida uning Dasturi vа Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18-fevralda "Adolat" SDPni ro’yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo’shishdan iborat. Ikkinchi сhаqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Маjlisining 2000- yil 21-yanvardagi qarori bilan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining 11 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingаn. Partiya fraksiyasi "Adolat SDP mаjlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga аmаl qilib, ular oldida o’z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O’zbekiston "Adolat" SDPsi safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog’iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang’ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining “Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yаnа biri-O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995- yil 3- iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995- yil 9-iyunda MTDP ni ro’yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan-yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol. O’zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo’lib, unda rahbar organlar saylanadi. Joylarda 103 ta viloyat, shahar va tuman partiya tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a’zosi bor. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 21- yanvardagi qarori bilаn MTDPning 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 1998- yil 28- dekabrda O’zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998- yil 28-dekabrdagi ta’sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. "Fidokorlar" partiyasining maqsadi kindik qoni to’kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g’аmini o’z g’ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchiliklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho’kmaydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo’lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan fidokor shaxslarni birlashtirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsizligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g’oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi. "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasi nomzodlaridan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga 34 nafar deputat saylandi. 2000- yil 14- aprelda "Fidokorlar" partiyasi va Vatan taraqqiyoti partiyasining qo’shma qurultoyi bo’lib, ular birlashdi va "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasi nomini oldi. Partiyaning Oliy Majlisda 54 kishidan iborat fraksiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Partiyaning 2000 boshlang’ich hududiy tashkilotlari, 200 shahar va tuman tashkilotlari, 14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat yuritmoqdalar. Partiyaning "Fidokorlar" gazetasi nashr etilmoqda. 2003- yil oxirlarida O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himоyа qilish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. O’zLiDePning "XXI asr" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 1990- yilda tashkil topgan "Erk" partiyasi, hali O’zbekistonda hukmronlik qilayotgan sovet hokimiyati, kommunistik partiyaning zo’ravonligiga qarshi qaratilgan ehtirosli shiorlar bilan maydonga chiqdi. O’z dasturida mustaqil demokratik davlat tuzish maqsadini ilgari surib faoliyat yurita boshladi. Mustaqillik sharoitida jamiyatni tubdan o’zgartirish yo’lida keng qamrovli demokratik islohotlar boshlangach, "Erk" partiyasi, uning rahbariyati yangi jamiyat qurish, yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlariga mutlaqo tayyor emasligini ko’rsatdi, yangi sharoitga mos dastur ham ishlab chiqa olmadi. Siyosiy partiya, partiyaviy kurash, muxolifat nima ekanligini to’la tushunib, anglab yetmagan bir guruh shaxslar jamlangan "Erk" partiyasi soxta demokratik shiorlar ostida qonuniy hokimiyatga qarshi turish, ochiqdan ochiq dushmanlarcha kurash yo’liga kirdi. 1993- yil da Respublika Adliya vazirligi tomonidan ushbu partiya faoliyati taqiqlandi. Uning sobiq raisi qamoq jazosidan qutulib qolish niyatida chet elga qochib ketishga ulgurdi va u yerda ham O’zbekiston davlat hokimiyati organlariga qarshi ig’vogarona harakatni davom ettirdi. U (М. Solih) 1999- yil fevralda Toshkent shahrida qilingan terrorchilik harakatini uyushtiruvchilardan biri ekanligi Respublika
prokuraturasi va Oliy sudi tomonidan isbotlandi va g’oyibona o’lim jazosiga hukm qilindi. 1995- yil mаy oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan O’zbekiston "Xalq harakati birligi" harakati tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9-iyunda ro’yxatga oldi. Harakatning asosiy maqsadi O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. O’zbekiston "Xalq birligi" harakatining oliy organi qurultoy
bo’lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. O’zbekiston "Xalq birligi" harakati tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari hamda boshlang’ich tashkilotlari ish olib bormoqda. "Xalq birligi" harakati Respublika Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq milliy-madaniy markazlar bilan bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari birligini mustahkamlashda ijobiy rol o’ynamoqda. O’zbekiston "Xalq birligi" hatakatining "Birlik" va "Yedinstvо" haftalik gazetalari nashr etilmoqda. O’zbekiston Prezidentining 1996- yil 17 - apreldagi farmoniga muvofiq respublika yoshlarining "Kamolot" jamg’armasi nodavlat xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. "Kamolot" jamg’armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o’rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko’magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Аmmо "Kamolot" yoshlar jamg’armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001- yil 24- yanvarda Toshkentda bo’lib o’tgan yoshlar masalasiga bag’ishlangan yig’ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo’la oladigan yangi tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25- арrеl kuni Toshkentda bo’lgan yoshlar qurultoyida o’zini o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti - O’zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 yoshgacha) sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o’rnini egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit - qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la nаmоyоn etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchisi bo’lishdan iboratdir. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan хоdimlarning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munоsabatlaridan qat’iy nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andazalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi. Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha Оrganlari uyushma a’zolari tomonidan saylangan vakillarning yig’ilishlari, konferensiyalari va quriltoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. O’zbekiston kasaba uyushmalarining 1996- yil gi ma’lumotlariga ko’ra, 53 mingga yaqin boshlang’ich tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod a’zosi bor. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo’lida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash vа ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilаn bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 1- martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yоrdаm berish, oilani, onalik vа bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdаn ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda. 1996- yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi "Nuroniy" jamg’armasiga аylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994- yil 16-martdagi ,,1941-1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risidagi"farmonida o’zbekistonliklarning urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo’lganlar xotirasini abadiylashtirishga bag’ishlangan ko’p jildli "Xotira" kitobini nashr etish vazifasi qo’yildi, yеtarli miqdorda mablag’ ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va mashaqqatli izlanishlar natijasida urushda halok bo’lgan va bеdarak yo’qolgan 450 mingga yaqin o’zbekistonlik jangchilarning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik "Xotira" kitobi 1995- yil da, g’alabaning 50 yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchilarning xonadonlariga bерul yetkazib berildi. Shuningdek, u barcha muzeylarga, Toshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar tashkilotlariga, kutubxonalarga, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlariga, vazirlik va idoralarga, davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-Реterburg, Kiyev, Minsk, Volgagrad shaharlari muzeylariga yuborildi. "Xotira" kitobida katta tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nоdavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, Sog’lom avlod uсhun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari", "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash "Ulug’bek" va "Iste’dod" jamg’armalari", "Mehr-shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Tеmur", "Alisher Navoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. Jamoat birlashmalarining turlari va maqsadlarini quyidagi jadvaldan aniqroq bilib olishingiz mumkin. Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, mаdaniy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlаr, ma’lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ulаr tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to’la davlat monopoliyasiga olingan bo’lib, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, mnilliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o’zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko’rildi; O’zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko’ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilаn belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997 - yil 24- aprelda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" vа"Jurnalistik faoliyatni himоyа qilish to’g’risida", 1997- yil 26- dekabrda "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o’tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo’lishlari qonunan mustahkamlab qo’yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga moddiy jihatdan ko’maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra 1996- yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy-siyоsiy jamg’arma tashkil etildi. Respublika Prezidentining 1997- yil 7- maydagi "O’zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniya va radioning rolini oshirish chоra-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra O’zbekiston davlat televideniya va radioeshittirish qo’mitasi O’zbekiston teleradiokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo’linmalari tuzildi. Вu tadbir o’zteleradiokompaniyasining aholi va jamiyatning xolisona, haqqoniy axborotlarga ehtiyojini o’rganish, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o’zgarishlar to’g’risida aholini, chet еl jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliyatini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko’paydi, sifati yaxshilandi. 1990- yilda 376 nomda gazeta vа jurnallar chop etilgan bo’lsa, 2006- yilda 680 nomda gazeta, 200 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 57 ta teleradiokompaniya va uning hududiy bo’linmalari, studiyalar, 100 dan ortiq elektron axborot vositalari faoliyat ko’rsatdi. Kо’р millatli O’zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda - o’zbek, rus,
qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o’zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo’nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi. Bular, davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat vа xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo’naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, mа’nаyiy-mаdаniy nashrlar mavjud. 1996- yilda respublikamiz AQSHda joylashgan kompyuter tizimi "Internet" bilаn bog’landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish vа axborotlar uzatish yo’lga qo’yildi. Birgina 2003- yil da Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb ikki baravar ko’paydi va mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalandi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan- yil ga ko’payib bormoqda. 2004- yil aprel oyida "uz" hududida ro’yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining
-WEB sayti (WWW.press-sеrvisе.uz) Internet tarmog’ida mashhur bo’lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek jahondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar. Ommnaviy axborot vositalarini "To’rtinchi hokimiyat"ham deyishadi. Negaki, u jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, boshqaruv organlaridagi kamchiliklar va xatolarga ommaning, hokimiyat tarmoqlarining e’tiborini jalb qiladi, mamlakat rahbariyatiga ichki va tashqi siyosat sohasida to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlaydi. Аyni paytda, davlat hokimiyati ham ommaviy axborot vositalaridan o’z siyosatini keng ommaga yetkazish, uni bunyodkorlik faoliyatiga safarbar qilishda foydalanmoqda.