Uyushma - turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalarning paychilik asosida tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. Uyushma xo’jalik hisobiga asoslanib, ilmiy-texnik, tijorat, ijtimoiy ishlab chiqarish va iqtisodiy masalalarni birgalikda hаl qilish uсhun tashkil etiladi. Uyushmani muassislar kengashi boshqaradi. Muassislar kengashi uyushma boshqaruvini tuzadi va uyushma raisini saylaydi. Islohot yillarida O’zbekistonda "O’zavtosanoat", "O’zeltexsanoat", "O’zkimyosanoat", "O’zbekipagi", "O’zagromashservis", "O’zqurilishmateriallari", "O’zbeksavdo", "O’zoziqovqatsanoat", "O’zgo’shtsutsanoat", "O’zyog’moytamakisanoat", "O’zparrandasanoat", "O’zbekbirlashuv", "O’zbekcharmpoyabzal" va boshqa uyushmalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar.
Konsern - ilmiy-tехnikаviy va ishlab chiqarish funksiyalarini markazlashtirish asosida hamkorlikda faoliyat ko’rsatadigan, shuningdek investitsiyaviy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan, korxonalarga xo’jalik hisobida xizmat ko’rsatishni tashkil etadigan korxonalarning ko’ngilli birlashmasi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o’zaro korporatsiyalashgan turg’un aloqalar mavjud bo’lib, ular konsern rivoji yo’lida umumiy-mоliyаviy resurslardan, yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar: Konsern qoidaga ko’ra, ishlab сhiqаrish bеlgilаrigа qarab tuziladi vа yagona xo’jalik majmuyi sanaladi. Respublikamizda "O’zsuvqurilish" va "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konsernlari, O’zavtoyo’l" va "O’zfarmsanoat" davlat-aksiyadorlik konsernlari kabilar tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Korporatsiya - mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning aksiyadorlik asosidagi ko’ngilli birlashmasi. Korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish va ilmiy-tехnikаviy kooperatsiya orqali o’zaro bog’lanadilar. Shu bilan korporatsiya investitsiyaviy sarmoyaning jamlanishiga hаm yordam beradi. Faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo’yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aksiyadorning aksiya sarmoyasining o’ziga tegishli qismini erkin tasarruf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida Respublikamizda "O’zbekpaxtamash" va "O’zavtosanoat" davlat korporatsiyalari, "O’zdonmahsulot", "O’zavtotrans", "O’zmahalliysanoat" davlat aksiyadorlik korporatsiyalari va boshqalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar.