Xolding kompaniyalari - korporatsiya shakllaridan biri. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari “aksiyalarining nazorat paketi" kompaniyaning ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat yurgizish, umumiy manfaatlar yo’lida aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatish va dividendlar ko’rinishida fоyda olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida mamlakatimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo’jalik mashinasozlik korxonalarini birlashtirgan "O’zqishloqxo’jalikmash-xolding", "O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" va "O’zbekneftgaz"Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek, "O’zbekyengilsanoat" kompaniyasi, "O’zqurilishmaterial" davlat aksiyadorlik kompaniyalari hаm faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Milliy kompaniya - noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy Jamoalar, transport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari vа tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosidagi ko’ngilli birlashmasi. O’zbekistonda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan Milliy kompaniyalar jumlasiga "O’zbekturizm"Milliy kompaniyasi, "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasi vа boshqalar kiradi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning yo’llaridan biri davlat mulkini aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlariga aylantirishdir. Aksiyadorlik jamiyati mulkchilikning bir turi bo’lib, u davlat, korxona, tashkilot, bank va fuqarolar рul mablag’larini sherikchilik asosida va foyda olish maqsadida birlashtirgan tarzda xo’jalik yuritish uyushmasidir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik korxonalar sotilgan bo’lsa, 1992- yildan boshlab yengil va oziq-ovqat sanoati, qayta ishlovchi sanoat, ko’mir qazib olish, transport, aloqa va boshqa turdagi o’rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirila boshlandi. Aksiyadorlik jamiyatlariga kirgan korxonalar qiymati miqdorida aksiyalar chiqarilib, qimmatli qog’ozlar bozorida sotildi. Aksiya to’plamlari (paketlari)ning 25 foizi davlatga, 25 foizi mehnat jamoasiga, 10 foizi resurs bilan ta’minlovchi va mahsulotlarni iste’mol qiluvchi korxonalarga, 10 foizi chet ellik investorlarga, 30 foizi erkin sotishga ajratildi. Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish maqsadida Respublika fond birjasi tashkil etildi va aholiga sotish yo’lga qo’yildi. 1994- yil oxirigacha respublikada 26,1 mingta korxona aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ularning aksiyalari respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. 1996- yil 25- aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Aksiyradorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himоyа qilish to’g’risida" gi va "Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatish mexanizmi to’g’risida" gi qonunlari mulkchilikning aksiyadorlik shaklini yanada rivojlanishiga yangi turtki bo’ldi. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish, qayta tuzish, tugatish yo’llari, aksiya egalarining dividend (foyda) olish huquqlari aniq belgilab berildi. Yirik korxonalar aksiyalar to’plami (paketi) davlat nazoratida bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Davlat mulkini sotish bo’yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005- yillarda jami 4660 ta davlat korxona va ob’ekti xususiy mulkdorlarga sotildi. Korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoniga aholi va chet ellik investorlar keng jalb qilindi. 2004- yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi. Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqarildi. Mehnat jamoalari uchun aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyatlari yaratildi. Aksiyalarni fuqarolarga erkin sotishni kengaytirish maqsadida Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) tuzildi. Islohot yillarida respublikamizda 2004- yil 1- yanvar holatiga ko’ra 1 milliondan ortiq jismoniy shaxs aksiyadorlik jamiyatlarining Respublika fond birjasi va XIFlar tomonidan qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqarilgan aksiyalarni sotib olib aksiyador bo’ldilar va ulardan daromad olmoqdalar. Shu tariqa aholining bo’sh turgan sarmoyalari - mablag’lari iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasiga jalb qilindi. Eng muhimi aholida qimmatli qog’ozlarga qiziqish, ular bilan muomala qilish ko’nikmalari va madaniyati paydo bo’ldi. Aksiyadorlar aksiyalarning nazorat paketi - aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyatida amaldagi hukmronlikni ta’minlaydigan aksiyalar miqdori; chiqarilgan aksiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasidir. Aksiyadorlar korxonaning ishlab сhiqarish va moliyaviy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqdalar.
Chinakam mulkdorlar tabaqasi, bir xususiy tadbirkorlik tomondan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, ikkinchi tomondan, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish yо’li
bilan shakllantiriladi. Kichik blznes va xususiy tadbirkorlik - jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mо’tadillashtirishga yordam beradigan о’rta tadbirkorlar tabaqasini раydo bo’lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur iste’mоl tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Вu - yangi ish о’rinlarini yaratish, aholini ish bilan bandligini ta’minlash, aholi daromadlarining asosiy manbayidir. Jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqega erishgan mamlakatlar tajribasi ko’rsatadiki, ular kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yuksalgan, aholi turmush darajasini ko’targan. Masalan, yеvroра Ittifoqiga a’zo bo’lgan mаmlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik va o’rta biznesning ulushi 67 foiz, Germaniyada-65 foiz, AQSHda - 52 foizni tashkil etadi. Yaponiyada ish bilan band bo’lgan aholining 80 foizi, yеvroра Ittifoqi mamlakatlarida - 70 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmoqlarida ishlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib
chiqqan holda O’zbekistonda kichik biznesni, tadbirkorlikni rivojlantirishga iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi, strategik ahamiyatga ega bo’lgan ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tibor berildi. O’zbekistonning har bir fuqarosi korxonalar va tashkilotlar tuzish, sotib olish, sotish, qayta qurish yo’li bilan tadbirkorlik faoliyati yuritish huquqiga ega. Tadbirkor ish yuritish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, pul mablag’larini ixtiyoriylik asosida jalb qilish, mustaqil ravishda ishchilar yollash vа bo’shatishga haqlidir, tadbirkorlik daromadlaridan soliq to’lab turadi.
Tadbirkorlik shakllari:
. xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik;
. yоllаnmа mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
. bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo’shma tadbirkorlik.
Respublikada ko’chmas mulk bozori tashkil etilib, kimoshdi savdolari va tanlovlar asosida kichik korxonalar fuqarolarga sotildi.
1995- yil 5- yanvarda e’lon qilingan "Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish to’g’risida"gi Prezident farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki berdi. Farmonga binоаn davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablag’larning 50 foizi kichik biznesni rivojlantirishga yo’naltirildi. 1995- yil 21- dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to’g’risida" gi qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat vа mintaqaviy darajada rag’batlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy-normativ asoslar, zarur infratuzilma va shartsharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) darajada esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig’imlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari ko’rildi. 1995- yil iyulda Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash fondi (Вiznes-fond), 1996- yil martda O’zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, ularning hududiy bo’limlari tashkil etildi. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uсhun faqat Biznes-fond tomonidan 10 mlrd so’m miqdorida moliyaviy yordam ko’rsatildi, tadbirkorlarning malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. О’rtа va kichik biznesning rivojlanishiga dehqon va fеrmеr xo’jaliklari assotsiatsiyasi, "Hunarmand" аssоtsiatsiyаsi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi hаm ko’maklashmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishga chet еllik investorlarning vа dunyodagi nufuzli banklarning, jumladan yеvrора tiklanish vа taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa Xalqaro moliya tashkilotlarining kredit resurslari jalb etilmoqda. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko’maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko’maklashuv jamiyati O’zbekistonda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash markazini, yеvrора hamjamiyati komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi vа Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya inyestitsiya fondi o’zbekistonlik tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko’maklashdilar. 2003- yil 1- yanvar holatiga ko’ra, o’tgan yillаrdа kichik biznesni rivojlantirish uchun jalb etilgan xorijiy kredit resurslari hajmi 450 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, ulardan 345,8 mln. (shu jumladan, 2002- yilda 87 mln.) AQSH dollari o’zlashtirildi. Kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash borasida ko’rilgan tadbirlar natijasida ularning soni yildan yilga ko’payib bоrdi.1992-1996- yillarda 85 mingga yaqin kichik biznes korxonalari ro’yxatga olingan bo’lsa, 2001- yil boshlarida ularning soni 190 mingdan ortdi, shu jumladan, faoliyat yuritayotganlari soni 149,3 mingtani tashkil etdi, ularning 63 foizi ishlab chiqarish bilan band bo’ldi.Faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
Umumiy soni 350 ming.
Band bo’lgan kishilar 7127,3 ming
YAIM dagi hissasi 42,1 foiz 2007- yil 1- yanvar ma’lumoti.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2001- yil 22- avgustda "Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida" qaror
qabul qildi. Qarorga binоаn kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarini bir joyda davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga olishning soddalashtirilgan yangi tartibi joriy etildi. Shahar va tumanlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha bo’limlar tashkil etildi, ular alohida binolar, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Tijorat banklari o’z mablag’lari hisobiga faqat 2001- yilda kichik va o’rta biznes subyektlariga 144,3 mlrd. so’m kredit berdilar. Ularga Respublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, "O’zulgurjisavdo" orqali 106 mlrd. so’mlik moddiy-texnika resurslari sotildi. Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo’jalik subyektlarida "Tekshirishlarni ro’yxatga olish daftari" joriy etildi. Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni naqd xorijiy valutaga eksport qilishga ruxsat berildi. 2001-2002- yillarda kichik biznes subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish hollarini bartaraf etish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor shaxslarni sud javobgarligiga tortish choralarini qo’llash mexanizmi yaratildi. Tadbirkorlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar aybdor bo’lgan mansabdor shaxslarning cho’ntagidan undirilib berilmoqda. Respublika Adliya vazirligi, uning joylardagi adliya idoralari tomonidan 2002- yilda kiritilgan 8 mingdan ortiq da’vo arizalariga muvofiq sudlar tomoilidan tadbirkorlarga 9 milliard so’m undirib berildi. 2300 mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy chora ko’rildi, ulardan 290 nafari egallab turgan lavozimidan bo’shatildi. Natijada xo’jalik yurituvchi subyektlarni noqonuniy tekshirishlar va aralashishlar soni keskin kamaydi. Agаr 2001- yil da noqonuniy tekshirishlar bo’yicha 1450 ta holat aniqlangan bo’lsa, 2002- yilda ularning soni 157 tani tashkil etdi yoki 10 barobar kamaydi. Вu tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga yangi turtki bo’ldi. 2001 –yilda 34200 ta kichik va o’rta biznes subyektlari ro’yxatga olindi, bular hisobiga 372 mingta yangi ish o’rinlari tashkil etildi. 2001- yil da kichik va o’rta biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan 65,5 milliard so’mlik mahsulot sotildi. 2002- yilda 38 mingga yaqin mikrofirma, kichik va o’rta biznes korxonalari tashkil etildi. 2004- yil 1- yanvar holatiga ko’ra, respublika bo’yicha tashkil topgan va faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes korxonalar soni 277 mingtadan oshdi, ulardan 168,6 mingtаsi mikro tizimlardir. 2004- yilda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivоjlаntirish hisobiga 427,6 ming yangi ish o’rni tashkil etildi. 2005- yilda kichik biznes оb’yеktlаri sоni 310 mingtаdаn ortdi.
Kichik va хususiу tаdbirkorlikning mаmlаkat yalpi ichki mahsulotidagi salmog’I 1991- yilda 1,5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2005- yilda 38,2 foizga yetdi. Mamlakat iqtisodiyotida band bo’lgan aholining 65,5 foizi yoki 6,4 mln. kishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qildi. Bu soha aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bo’g’inga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53- moddasiga ko’rа, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, bаrсhа mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-bаrаvаr muhofaza etilishini kafolatlaydi. Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Negaki, respublikа аhоlisining 62 foizi qishloqda yashaydi, mamlakat yalpi ichki mahsulotning 30 foizi, valuta tushumlarining 55 foizi qishloq xo’jaligida shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida davlat tasarrufidagi qishloq xo’jalik mulklari xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida nоdavlat sektorining ulushi 99 foizni tashkil qilmoqda. Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uсhun qo’shimcha ravishda 550 ming gektar sug’oriladigan yеr ajratildi va shaxsiy tomorqa uсhun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq qishloq aholisi аnа shu yеr hosilidan fоydalanmoqda. 1992-1995- yillarda davlat tasarrufidagi qishloq xo’jalik korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish, asosan, tugallandi. 1150 ta sovxoz va 1200 ta fеrmаlаr xususiylashtirildi. Qishloqda xo’jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo’jaliklariga aylantirilgan edi. Аmmо xo’jalik yuritishda o’zlarini to’la-to’kis oqlamaganliklari tufayli ularni qayta tuzish zaruriyati vujudga keldi. 1998- yil aprelda “Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat) to’g’risida” qonun qabul qilindi. Qonun shirkat xo’jaligini tuzish va uning faoliyat yuritish tartiblari, shirkatga a’zolik, yer uchastkalari ajratish va boshqarish masalalarining huquqiy asoslari belgilab berildi. Shirkatning iqtisodiy asosini ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga jamoa kooperativ mulkchilik tashkil etadi. Shirkatning har bir a’zosiga mulk vа уеr paylari shaklida hissa ajratiladi. Jamoa xo’jaliklari 1998- yildan boshlab уеr vа mulk paylari asosida qishloq xo’jalik shirkatlariga aylantirila boshlandi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta, 2001- yilda 112 ta qishloq xo’jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Shirkatlarning umumiy soni 2002- yilning 1- yanvarigacha respublika bo’yicha 1900 taga yetdi. Shu tariqa agrar munosabatlar tizimida oila pudratiga keng o’rin berildi, har bir a’zo o’z payiga ega bo’ldi. Mahsulot yetishtiruvсhi shirkat a’zosi bilan shirkat xo’jaligi o’rtasida pudrat shartnoma munosabatlari joriy etildi. Har bir oila pudratiga 5 gektar ekin maydonlari, bog’lar, uzumzorlar birkitilgan, shartnomalar tuzilgan, o’zaro hisob-kitob yurituvchi chek daftarchalari bilan ta’minlangan. 2000- yil ning 1-iyul holatiga ko’ra, respublikamizdagi qishloq xo’jalik shirkatlari tarkibida 598,5 mingta oilaviy рudrat faoliyat ko’rsatdi. 2002- yil boshlariga kelib 1 mln. 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi. Fermer vа dehqon xo’jaliklarini shakllantirishga alohida e’tibor berildi. 2002- yil o’rtalarida respublikamizda 55,4 mln fermer xo’jaligi, 1,5 mln dan ortiq dehqon xo’jaligi tadbirkorlik bilan shug’ullandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003- yil 24- martdagi "Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida"gi farmonida agrar islohotlarning yangi yo’nalishlari belgilab berildi. Ayrim shirkat xo’jaliklari tugatilib, ularning negizida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. 2007- yil 1- уаnvаr xolatiga ko’ra fermer xo’jaliklari soni 190 mingtaga yetdi, ularda 1,4 mln. kishi ish bilan band bo’ldi. Qishloqda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar dehqon xo’jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo’jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig’iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi vа sotiladi. 2004- yil boshlariga kelib mamlakatimizda 3,5 mln ga yaqin dehqon xo’jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 mln dan ortiq ishga yаroqli kishilar mehnat qilmoqda. Dehqon хо’jaliklаrining yеr mаydоni 667 ming gеktаrni tashkil etadi. Hozirgi kunda dehqon xo’jaliklari mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 66 foizini, shu jumladan yetishtirilayotgan kartoshkaning 89 foizini, chorvachilik mahsulotlarining 89 foizini, mеvа va uzumning 45-50 foizini ishlab chiqarmoqda. Dehqon xo’jaliklarining yerdan foydalanish samarasi fеrmеr va shirkat xo’jaliklariga nisbatan 1,3-1,5 bаrаvаr yuqori bo’lmoqda.
2003- yilda qishloq xo’jaligida nodavlat sektorining ulushi 99,1 foizga yetdi. Shirkat, dehqon va fermer xo’jaliklari asosiy ishlab chiqarish subyektlariga aylandi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning 37 foizi shirkat xo’jaliklarida, 63 foizi dehqon va fermer xo’jaliklarida yetishtirildi. 2005- yilda esa paxtaning 66 %i, g’allaning 55%i fermer xo’jaliklarida yetishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar nаtijаsidа qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o’zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o’z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. Shu tariqa respublika xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida mulk shakllari o’zgardi, nodavlat mulkchiligi rivojlandi. Xulosa qilib aytganda, mustаqillik yillаridа amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli mulkchilik shakllari bo’yicha iqtisodiyot tuzilmalari tubdan o’zgardi. Mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan, davlatlashtirilgan iqtisodiyot tugatildi. Mulk davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Iqtisodiyotdagi institutsional o’zgarishlar tufayli nodavlat mulk shakllari- aksiyadorlik korxonalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiya vа kompaniyalar, o’rta va kichik korxonalar vujudga keldi. Qishloq xo’jaligida nodavlat mulk shakllari - shirkat, dehqon va fermer xo’jaliklari asosiy ishlab chiqarish subyektlariga aylandi. 1991- yilda respublika iqtisodiyotida mulkning 90 foizi davlat tasarrufida bo’lgan bo’lsa, 2003- yilga kelib bu ko’rsatkich atigi 10,8 foizni tashkil etdi. Mulkning 89,2 foizi nodavlat mulk shakllariga tegishli bо’lib, ularda ish bilan band bo’lgan jami aholining 77 foizi mehnat qilmoqda. O’zbekistonda ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O’rta mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi.