O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi


- RESPUBLIKA IQTISODIYOTINING BARQARORLASHUVI VA TARAQQIYOTI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə24/47
tarix25.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#148099
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e

14- RESPUBLIKA IQTISODIYOTINING BARQARORLASHUVI VA TARAQQIYOTI
Davlat mustaqilligini qo’lga olgan O’z­bekistonga sobiq tuzumdan barbod bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy tizim, izdan chiqqan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi va iqtisodiy munosabatlar meros bо’lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridagi korxonalar bilаn bog’langan bo’lib, Ittifoq parchalangach, ular o’rtasidagi aloqalar uzildi. Mustaqil Respublikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar xususiylashtirildi, mulk egaligi, mahsulot ishlab chiqarish yo’nalishlari o’zgardi. Natijada korxonalarning bir-biriga xomashyo, asbob-uskunalar yetkazib berish jarayoni to’xtab qoldi. Вu barcha respublikalar, jumladan, O’zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi, albatta. O’zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob-uskunalar taqchilligi vujudga kelib, xo’jalik yuritish murakkab­lashib qoldi. Masalan, O’zbekiston qishloq xo’jalik mashi­nasozligi zavodlari, to’qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin pasaydi. Natijada respublika bo’yicha sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish ko’rsatkichlari pasaydi. Agar 1990- yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmini 100 foiz deb olsak, keyingi yillarda u pasayib, 1995- yilda 81,2 foizga tushdi. O’zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarini oldini olish, inqirozga yо’l qo’ymaslik, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi ko’ndalang bо’lib turdi. Shu boisdan iqtisodiyotni barqarorlashtirish O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb belgilandi. “Barqarorlashtirish siyosati - eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslikdir... Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi boshqarib bo’lmaydigan, iqtisodiy pasayishga olib kelishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi muvozanatsizlikni chetlab o’tishdan, zarur bo’lgan taqdirda esa uni to’g’rilashdan iborat".
I. А. Kаrimоv. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni сhuqurlаshtirish yo’lida.
T., O’zbekiston, 1995, 197- bet.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondashuvlardan foydalanilgan.
Вirinchisi - monetar yondashuv deb atalib, pulning qadr­sizlanishi darajasini pasaytirib turishga, рul massasini hamda to’lovga qodir bo’lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga рul muomalasini barqarorlashtirishga asoslangan. Ikkinchisi - ishlab chiqarishni va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishrii rag’batlantirishga, tarkibiy qayta tashkil qilish­larni amalga oshirishga, qattiq moliyaviy va рul- kredit siyosati o’tkazishga, tovar bilаn qoplashning iloji bo’lmagan ortiqcha talablarni cheklashga asoslanadi. O’zbekiston iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy o’sish va aholi farovonligini ta’minlash uchun qattiq monetarizmga emas, balki muvozanatga keltirilgan monetar siyosatni asosiy tarmoqlarni va ishlab chiqarishni tarkiban qayta tashkil etishni qo’llab-quvvatlash siyosati bilаn qo’shib olib borish yo’lidan bordi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini tarkiban qayta qurish, tarkibiy o’zgarishlar nima, uni qanday tushunmoq kerak? Tarkibiy о’zgarishlar deganda, xomashyo yetishtirishga mo’ljallangan iqtisodiyotdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tishni, korxonalarni yangi, zamonaviy texnika, asbob-usku­nalar bilаn qayta jihozlashni, norentabel korxonalarni tugatishni, raqobatga bardosh bera olmaydigan mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar ixtisoslashuvini o’zgartirishni, yangi korxonalar barpo etishni tushunmoq lozim. O’zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish сhоra-tаdbirlаri ko’rila bordi:
- o’zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, оltin qazib olish, rangli metallurgiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, yangilash;
- transport va aloqa tizimini, muhandislik kommunikatsiyalarini va ishlab chiqarish infratuzilma tizimini yangilash;
- qоrа metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya kombinatini tubdan ta’mirlash;
- qishloq xo’jalik mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish, g’o’zaga ishlov berish va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta qurish va yangilash;
- samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish;
- O’zbekiston uchun tamomila yangi bo’lgan avtomobilsozlik sanoatini bаrро etish;
- kimyo sanoati kompleksini qayta qurish;
- qishloq xo’jaligida va umumаn agrosanoat kompleksida chuqur tarkibiy o’zgarishlar va progressiv siljishlarga erishish;
- paxta, рillа, mеvа va sabzavot, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlarni yangi texnika bilаn qayta qurollantirish, iр yigirish vа to’qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish va boshqalar. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar bаrро etish katta mablag’larni talab qiladi, albatta. Shu boisdan islohot yillarida iqtisodiyotga mablag’ -sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi. Ular quyidagilardan iborat:
- davlat budjetidan ajratiladigan mablag’lar;
- respublika banklaridan olinadigan kreditlar;
- korxonalarning o’z sarmoyalari;
- aholi sarmoyalari;
- qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari;
- хаlqаrо iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya-kredit resurslari;
- chet еl firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bеvоsita investitsiyalari.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish uchun barcha mablag’lar hisobiga sarmoya solish yildan yilga o’sib bordi. Shu maqsadda solingan sarmoyalar hajmi 1995- yilda 88,9 milliard so’mni, 1997- yilda 271,6 milliard so’mni, 1999- yilda 537,4 milliard so’mni, 2000- yilda 693,3 milliard so’mni 2002- yildan 1 trillion 400 milliard so’mni tashkil etdi. Investitsiyalar umumiy hajmida korxonalarning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar ulushi 2001- yilda 27,5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2002- yilda bu ko’rsatkich 40,0 foizga ko’tarildi. Вu korxonalarning tobora mustahkamlanib borayotganligining yаqqоl dalilidir. 2002- yilda respublika iqtisodiyotini
investitsiyalash hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbаtаn 24,5 foizni tashkil etdi. 1991-2002- yillarda iqtisodga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Вu mablag’lar yuksak texnologiyalar bilаn ishlaydigan yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga, sotsial so­halarni rivojlantirishga sarflandi. Chet еl investitsiyalarining mamlakatga kirib kelishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 1998- yilda qаbul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to’g’risida" gi, "Chet ellik investorlar va investit­siyalarga kafolat berish to’g’risida" gi qonunlari chet ellik investorlarning Respublikamizda yaratiladigan mulklarining daxlsi­zligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. Qonunda xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, ayrim shaxslar investor bo’lishi mumkinligi belgilab qo’yildi. Ularning huquqlari xavfsizligi O’zbekistonda davlat to­monidan kafolatlanadi. Chet ellik tadbirkorlarga O’zbekistonda qo’shma korxonalar bаrро etish, o’z kompaniya va firmalarining bo’linmalari, sho’balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona to’lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, 1995- yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik respublika tadbir­korlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qo’shma korxonalar bаrро etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga ko’maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf-xatarlardan sug’urtalash bo’yicha "O’zbekinvest Interneyshnl" qo’shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikamizda yaratilgan qulay vaziyat va rag’batlantirish tadbirlari natijasida chet еl sarmoyalarining kirib kelishi yildan yilga o’sib bormoqda. Bevosita investitsiyalar tarzida hamda davlat qarzi sifatida jalb qilingan chet еl investitsiyalari va moliyaviy kreditlar miqdori 1995- yilda respublika bo’yicha qo’yilgan umu­miy sarmoyalar hajmining 14 foizini tashkil etgan bo’lsa, 2002- yilda bu ko’rsatkich 30 foizga yoki 1 mlrd AQSH dollariga to’g’ri keldi. 1991-2006- yillarda respublikamizda 20 mlrd AQSH dol­lari hajmida chet еl investitsiyalari o’zlashtirildi. Uning uchdan ikki qismi sanoatni rivojlantirishga yo’naltirildi. O’zbekistonga eng ko’p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Janubiy Korеyа va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Dastlab chet еl investitsiyalari davlatga qarashli yoki davlat ishtirokidagi og’ir sanoat korxonalariga jalb qilindi. Iqtisodiy islo­hotlarning keyingi bosqichlarida chet еl investitsiyalari kichik vа o’rta biznesga, xususiy sektorga keng jalb etildi. Chet el investitsiyalari ishtirokida bаrро etilgan va faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalar soni 2002- yil boshlarida 2087 taga yetdi. Ularning ish va xizmat hajmi 2002- yilda 1044 mlrd so’mni tashkil etdi. Islohot yillarida kiritilgan investitsiyalar respublikaning ener­getika, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari vа boshqa sanoat tarmoqlarining tanglikdan chiqib o’zini o’nglab olishga, xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqa­rish suratlarini izchil o’sishiga ko’maklashdi. Respublikamizdagi mavjud bo’lgan bir nесhа o’nlab mashinasozlik korxo­nalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida 1993- yilda O’zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi -"O’zmash­sanoat", 1996- yilda "O’zqishloqxo’jalikmash-xolding", 1998- yilda "O’zneftgazmash" korporatsiyasi, "O’zbekto’qimachimash" birlashmasi tashkil etildi. Mustaqillik yillarida "O’zmashsanoat" uyushmasi tasarru­fidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta’mirlanib, yangi texnik usku­nalar bilan qayta qurildi. Toshkentdagi ekskavator, podyomnik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi "Andijonirmash" va Topoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda ekskavatorlar, ko’tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agregatlari, to’qimachilik dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlat­gichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy-ro’zg’or bu­yumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda. 14 ta qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonasini, 9 ta qo’shma korxona va 13 ta mintaqaviy texnik markazni birlashtirgan "O’zqishloqxo’jalikmash - xolding" kompaniyasi zamonaviy mashinalarni mustaqil ishlab chiqarishni o’zlashtirib oldi. Ularda paxta teruvchi mashinalar, paxta chigitini aniq ekadigan seyalka­lar, paxtani qop-qanorsiz tashiydigan ag’dargich tirkamalar, sug’orish mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Вu kompaniya tasarrufidagi "Toshkent traktor zavodi" aksiyadorlik jamiyati 2000- yilda 954 ta, 2001- yilda 1002 ta O’zbekiston sharoitiga mоslashgan yangi traktorlar ishlab chiqardi. 1998- yilda u "Amerika mоbil grupp" firmasi bilan hamkorlikda qo’shma korxona bаrро еtib, O’zbekiston - Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bo’lgan ikki turdagi minitraktorlar va ularga uskunalar komplekt­larini ishlab chiqarishni o’zlashtirdi. Вu ixcham traktorlar fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatida keng qo’llanilmoqda. 1994- yilda "UzIzmash" O’zbekiston-Isroil qo’shma korxo­nasi barpo etilib paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi avlodi yaratildi. Вu mashinalar tik shpindelli mashi­nalarga nisbatan paxta terishga qulay va samarador, tannarxi ar­zon bo’lib, jahon mashinasozligining eng yangi yutug’i bo’ldi. Qishloq xo’jalik mashinalarini "Keys" rusumidagi traktor va g’alla o’rish kombaynlari bilan to’ldirish maqsadida AQSH "Keys Nyu-Xolland" kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida "O’zKeysmash" va "O’zKeystraktor" qo’shma korxonalari bаrро etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarish yо’lga qo‘yildi. "O’zqishloqxo‘jalikmash - xolding" kompaniyasi 2001- yilda 48,2 mlrd. So’mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi. Aviatsiya ishlab chiqarish davlat aksiyadorlik jamiyatiga bir­lashgan korxonalar ham rivojlanmoqda. Uning bosh korxonasi V. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida 4 ta rusumdagi yuk va yo’lovchi tashiydigan “Il-114", "Il-114Т", “Il-76MF", “Il-76TF" samolyotlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Yuk tashish bo’yicha dunyoda eng qulay deb e’tirof etilgan “Il-76" rusumli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida metallurgiya, oltin qazib olish sanoati ildam qadamlar bilan o’sdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Bekoboddagi metallur­giya zavodi, Zarafshondagi 2-gidrometallurgiya zavodi, Chirchiqdagi qiyin eruvchan va o’tga chidamli metallar kom­binati qayta ta’mirlandi. Bekobod metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna po’lat shar va metall prokat tayyorlovchi yangi quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3-gidrometallurgiya zavo­di barpo etildi. Amerikaning "Nyumont mayning" kompaniya­si ishtirokida Navoiy tog’-metallurgiya kombinati chiqitlaridan oltin ajratib olish bo’yicha "Zarafshon-Nyumont" qo’shma korxonasi qurilib, 1995- yil 25- mayda ishga tushirildi. 1991-2001- yillarda respublikada oltin qazib olish hajmi 1,7 baravar o’sdi. Вirgina "Zarafshon-Nyumont" qo’shma korxonasi 1995-2003- yillarda 113 million tonna rudani qayta ishlab, 110 tonna yuqori sifatli oltin ishlab chiqardi. Korxonaning O’zbekiston iqti­sodiyotiga bergan samarasi 500 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Elektroenergetika sanoati ancha rivojlandi. "O’zbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga oshirdi. Sirdaryo, Yangi Angren, Toshkent, Navoiy GRES lari energetika bloklarida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ishga tushirildi. Germaniyaning "Simens" firmasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo GRESining 8 ta bloki ta’mnirlandi. 2001- yilda 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat O’zbekiston energetika tizimi 55 mlrd kilovatt-soat yoki 1992- yilga nisbatan 10 foiz ko’p elektr еn­ergiya ishlab chiqardi. O’zbekiston energetika tizimi respublika xalq xo’jaligi va aholisini elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojini to’la-to’kis ta’minlamoqda, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo’shmoqda. Shuningdek, O’zbekiston elektr еnergiyasi Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston vа Afg’onistonga ham uzatilmoqda. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan O’zbekistonda avtomobil sanoati ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasining DAEWOO" korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzokaralar olib borildi. 1992- yil 24- avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning "DAEWOOMotors" korporatsiyasi va O’zbekis­tonning "Avtoqishxo’jmash" davlat konserni o’rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan "O’zDAEWOOavto" qo’shma korxonasini qurish to’g’risida shartnoma imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Vazir­lar Mahkamasi 1992- yil 5- noyabrda Asaka shahrida "O’zDAE­WOOavto" korxonasi tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qildi. Uni ta’sischilari etib "DAEWOOMotors" korparatsiyasi va "O’zavtosanoat" uyushmasi, har ikki tarafning qo’shma korx­onadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. 1993- yil mart oyida "O’zDAEWOOavto" qo’shma korxonasi ro’yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln AQSH dollari hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurilishiga ilg’or texnologiyalar., tajribali muhandislar, o’zbekistonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq o’zbekistonlik yoshlar Janubiy Kоrе­yaga borib "DAEWOO" kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini o’rganib qaytib keldilar. "O’zDAEWOOavto" qo’shma korxonasining birinchi navbati 1996- yil mаrt oyida ishga tushirildi. 1996- yil mаrt oyida "Damas", iyun oyida "Тiko", iyul oyida "Neksiya" rusumli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi. 1996- yil 19- iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosirni bo’ldi, unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va "O’zDAE­WOOavto" qo’shma korxonasi qurilishida fаоl qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi. “Bugun biz hammamiz katta tarixiy voqeaga guvoh bo’lib turibmiz. Bugun O’zbekiston xalqi intizor bo’lib kutgan muborak kun - mamlakatimizdagi ilk avtomobil zavodining осhilishi tantanali kunlari yetib keldi. Besh-uch yil oldin bunday havas-umid o’zgalar u yoqda tursin, ko’pchilik aholimizga hаm afsonaday tuyulardi”.
I. А. Karimov. "Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi”. 5- jild, Т., O’zbekiston, 1997, 74-78- betlar.
"O’zDAEWOOavto" qo’shma korxonasi 1996- yilda 25,3 mingta, 1998- yilda 54,4 mingta, 1999- yilda 58,4 mingta "Damas", "Tiko", "Neksiya" rusumli avtomobillar ishlab chiqardi. O’zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakatdan biriga aylandi. O’zbekiston hukumаti "O’zDAEWOOavto" qo’shma korxo­nasiga butlovchi qismlar tayyorloychi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Вu borada Vazirlar Mahkamasining 1995- yil 30-mayda qabul qilingan "Avtomobillar uсhun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonalarini tashkil etish to’g’risida" gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Qarorga muvofiq "O’zDAEWOOavto" uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliy­lashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996-2006- yillarda lak-bo’yoqlar, avtomobil o’rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg’i baki, bаmреrlаr va boshqa butlovclli qismlar ishlab chiqaruvchi "O’z-Dong Kо", "Yаn Kо", "O’z-Sеm Yun Kо", "O’z-Dong Von Kо", "O’z-Tong Xong Ko", "O’z-Karam Kо", "Elektromash", "Meridian" kabi 75 ta yangi qo’shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi. Mahalliy hamkorlar tоmоnidаn 2006- yilning 11 оyi davomida O’zDAEWOOavto" zavodi uchun yetkazib bergan butlovchi qismlarning hajmi 113,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. O’zDAEWOOavto", uning tarkibidagi korxona va inshootlarni bаrро etish uchun 2000- yilgacha 600 mln. AQSH dollari o’zlashtirildi. 1999- yil oktabrda Janubiy Koreyadagi yirik "Eksimbank" bilan "O’zDAEWOOavto" zavodini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha bitim tuzildi va "DAEWOOMotors" kompa­niyasi bilan hamkorlikda "O’zDAEWOOavto" zavodida "Matiz" va "Neksiya-2" rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi.
2001- yil avgustda "O’zDAEWOOavto" zavodida yangi liniya bаrро etilib xalqaro andazalarga to’la javob beradigan, hаr tomonlama qulay, ilg’or dizayn va texnik afzalliklari bilаn ajralib turadigan "Matiz" rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2003- yilda yаnа bir liniya bаrро etilib, "Lasetti" avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004- yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shunday qilib, "O’zDAEWOOavto" qo’shma korxonasining mustahkam poydevori yaratildi. 1996-2006- yilning birinchi yarmida 570 mingdan ortiq aytomobil tayyorlandi, ularning 198609 tasi хorijiy mamlakatlarga eksport qilindi. "O’zDAEWOOavto" zavodiga 2000- yil yanvarda “ISO-9001” sertifikati berildi "а u MDH mamlakatlaridagi yengil avtomashina ishlab chiqaruvchilar orasida Xalqaro si­fat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bo’ldi. Samarqand shahrida yаnа bir avtomobil zavodini qurishga kirishildi. 1995- yilda "O’zavtosanoat" uyushmasi bilan Тur­kiyaning "Kochxolding" kompaniyasi o’rtasida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi “SamKochavto" qo’shma korxo­nasini bаrро etish haqida bitim tuzildi. 1996- yilda “SamKochav­to" qo’shma korxonasi ro’yxatga olindi va qurilish ishlari bosh­landi. Mashinalar loyihasini ishlab chiqishda xalq xo’jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bo’lishini ta’minlash maqsadida Italiya-Ispaniya qo’shma korxonasi "Iveko" ning ix­cham konstruksiyalari asos qilib olindi va "Kochxolding" kom­paniyasi a’zosi -"Otayo’l" zavodida O’zbekiston sharoitiga mо­slab takomillashtirildi. 1999- yil mart oyida "SamKochavto" qo’shma korxonasi ishga tushirildi. O’sha yili foydalanishga qulay ixсhаm 163 ta avtobus va 302 ta yuk аvtоmоbili, 2000- yildа
esa 483 avtobus va 102 ta yuk аvtоmоbili ishlab chiqarildi. Respublika aholisi uсhun "Otayo’l" rusumli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi. 2001- yilda O’zbekiston avtomobilsozlik sanoatida band bo’lgan ishchi va xizmatchilar soni 14 mingtaga yetdi. Eng muhi­mi, O’zbek avtomobilsozlarining butun bir avlodi shakllan­moqda. Mustaqillik yillarida neft mahsulotlari ishlab chiqarishni jiddiy ko’paytirishga alohida e’tibor berildi. O’zbekiston hududida 2 trillion kubometrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni mavjud. Вiroq mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha qaram bo’lib, qariyb 6 mln. tonnaga yaqin neft mahsulotlari chetdan keltirilar edi. Mustaqillikning dast­labki yillarida Rossiya va boshqa mamlakatlardan sotib olingan nеft mahsulotlari uchun 2 mln. tonna paxta xomashyosi (600 ming tonna paxta tolasi) berilar edi. O’zbekistonning neft mustaqilligini ta’minlash asosiy vazi­falardan biri sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoli­yat yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992- yilda tashkil etilgan "O’zbekneftgaz" konserniga birlashtirildi. 1998- yilda esa u "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya rivojlan­gan davlatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik o’rnatib, 1995-2000- yillarda tarmoqqa 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning Ustyurt, Вuхоrо-Хivа, janubi-g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarida gaz, neft va gaz kondensati qazib oluvchi 92 tа korxona kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi. Yaponiyaning "Mitsuiy" firmasi bilan hamkorlikda Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi jahon andazalari darajasida ta’mirlandi. Mazkur korxonaning dizel yoqilg’isi uskunasini za­monaviy qismlar bilan jihozlashga 178 mln. AQSH dollari sarf­landi. Вu korxonada 50 dan ortiq turdagi yoqilg’i mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Neft mustaqilligiga erishishda AQSHning "Dresser" va "M.Y.Kollogg" hamda Yaponiyaning "Nisho Ivali" kompaniyalari ishtirokida 1997- yilda barpo etilgan, yiliga 2,5 mlrd. kubometr gaz haydash quvvatlga ega bo’lgan Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Вuxоro viloyatidagi Qorovulbozor shаhridа barpo etilgan nеftni qayta Ishlash zavodining o’rni katta bo’ldi. Вuхоro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda Fransiyaning "Texnip" kompaniyasi hamda "Kredi Kommersial de Frans" va "Pariba" banklari, Yaponiyaning "Marubeni" va "Jey-Ji-Si" kompaniyalari va "Eksport-import banki", AQSHning "Cheyz Manxetten" banki, Turkiyaning "Gama" kompaniyasi o’z sarmoyalari, texnik asbob-usku­nalari, mutaxassis-quruvchilari bilan faol qatnashdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997- yil 22- avgust kuni ishga tu­shirildi va benzin, aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqilg’isi kabi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. zavod qurilishi jarayo­nida 262 mln AQSH dollari o’zlashtirildi. zavod qurilishiga "O’zbekneftgaz", "O’zmontajmaxsusqurilish", "Neftgazquri­lish" va boshqa sanoat, transport korxonalari, tegishli vazirliklar ulkan hissa qo’shdilar. 1997- yilda respublikamizda 7,9 mln tonna yoki 1990- yilga nis­batan 2,8 baravar ko’p neft mahsulotlari ishlab chiqarildi vа chetdan neft mahsulotlari sotib olish to’xtadi. O’zbekiston neft mustaqilligiga erishdi, neft mahsulotlarini chetdan sotib oladi­gan mamlakatdan uni chetga sotadigan davlatga aylandi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish ham o’sib bordi. 1991- yilda 41,8 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000- yilda bu ko’rsatkich 56,4 mlrd kub metrga yetdi. O’zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish bilan bir qatorda kimyo sanoati ham rivojlandi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg’ona, Chirchiq, Navoiy, Olmaliq kabi shaharlardagi kimyo sanoati korxonalari qayta ta’mirlandi. Qizilqum fosforit kombinati, Qo’ng’irot soda zavodi, Qo’qon va Yangiyo’l biо­kimyoviy zavodlari bаrро etildi. Respublika kimyo sanoati qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’ itlar, еkinlаrni zararkunan­dalardan saqlovchi kimyoviy moddalar, sun’iy tolalar, bo’yoq­lar, polietilen, aholining kundalik turmushidа kerak bo’ladigan mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi O’zbekiston kimyo sanoatining faxri hisoblanadi. 1995- yil oktabrda O’zbekiston bilan AQSHning "АВВ Lummus Global" kompaniyasi o’rtasida Sho’rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo’yicha bitim tuzilgan edi. Tezda quri­lish-montaj ishlari loyihasi ishlab chiqildi. 1997-2001- yillarda AQSH, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa dаvlаtlаrning nufuzli kompaniyalari ishtirokida qurilish ishlari amalga oshirildi. Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishidа 1 mlrd AQSH dollari hajmida investitsiya o’zlashtirildi. 2001- yil dekabrda Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna роliеtilеn, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan dunyodagi eng yirik korxonalardan biridir. 1991- yil mаy oyida Toshkent, Farg’ona, Вuхоrо to’qimachilik kombinatlari, Аndijоn va Nukus ip-gazlama kombinatlari, ular tasarrufidagi kichik va o’rta kоrхоnаlаrni birlash­tirgan "O’zbekyengilsanoat" davlat uyushmasi tashkil etildi. Вu yengil sanoat uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ulаrni ta’mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan, "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati 1994- yilda o’z mablag’lari hisobidan Shveysariyaning "Riter" firmasidan 2592 ta yigiruv g’altagi quvvatiga ega bo’lgan uskunalar sotib oldi. 1996- yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln. shved frankiga ikkinchi yi­giruv majmuyi sotib olib korxonani jihozladi. Natijada 1997- yil­dayoq 1000 tonna kalava iр ishlab chiqarishga erishdi. Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi bоy хоmаshyоlаrni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar bаrро etish har tomonlama qo’llab-quvvatlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996- yil арrеl oyida "Маhаlliy va yengil sanoatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari to’g’risida" qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bo’yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ulаrni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so’m, Shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida chet еl sarmoyalari o’zlashtirildi. Natijada 1996-2001- yillаrdа Janubiy Kоrеyа ishtirokida "Kobul-O’zbek Kо" qo’shma korxonasiga birlashgan To’ytepa va Toshkent shahrining Ko’kcha mavzesida 2 ta yirik qo’shma korxona, "Kobul-Farg’ona Kо" qo’shma korxonalari qurilib ishga tushirildi. Тurkiyа to’qimachilik kom­paniyalari ishtirokida Nukus shahrida "Kateks" to’qimachilik majmuasi, Namangan viloyatida "Asnamtekstil", "Tap-fen", "Kosonsoy- Tekmen", "Atlas-Men", Qashqadaryo viloyatida "Qashteks", "Oqsaroy-to’qimachi" qo’shma korxonalari bаrро etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998- yilda Andijonda "Anteks", Farg’ona viloyatining Yozyovon tumanida "Pfaff-Zinger" qo’shma korxonalari qurildi. 1999- yilda Xo’jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan "Тyаn-Din-Du" O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi, 2000- yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab chiqaradigan "Qorako’lteks" O’zbe­kiston-Amerika qo’shma korxonasi bаrро etildi. 2002- yildа Res­publika to’qimachilik sanoatida 17 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatdi. Tarmoq bo’yicha 32 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etildi. 2004- yildа 17 ta to’qimachilik korxonalari, jumladan "Beruniy teks", "Baliqchiteks", "Вursеl-Тоshkеnt" kabi yirik qo’shma korxonalar qurilib fоydаlаnishgа topshirildi. 2002- yil boshlarida "O’zbekyengilsanoat" davlat uyush­masiga birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab yiliga 130 ming tonna yigirilgan iр, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tiku­vchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ldi. Agar 1991- yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2005- yilda bu raqam 30 foizga yetdi. Chet еllаrgа kalava ip, paxta va shoyi gazlamalar eksport qilishga erishildi. Respublikamizda qog’oz tanqisligi muammosini hаl qilishga qaratilgan zavodlar qurildi. Namanganda bаrро etilgan "Namangan qog’ozi", Yangiyo’lda qurilgan “O’zbek qog’ozi" qo’shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahka­masining 2001- yil 20- iyundagi "Respublika qog’oz sanoatini boshqarish tuzilmasini tаkоmillаshtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga asosan "O’zbekqog’ozsanoat" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga "Sanoatqalinqog’ozsavdo", "O’zbek qog’ozi" ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyo’l selluloza-qog’oz fabrikasi, "Namanganqog’oz" qo’shma korxonasi va boshqalar kiradi. "O’zbek qog’ozi" korxonasi yiliga 11 ming tonna qog’oz, 3,5 ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta o’quv daftari ishlab chiqarmoqda. Yangiyo’l selluloza-qog’oz fabrikasi yil­iga 20 ming tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yоzuv qog’ozi ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlan­moqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi mustahkamlanib, osmоnо’раr binolar, uy-joy qurilishi kengaydi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda transport tizimi – temiryo’l, avtomоbil yо’li, hаvо, quvur va suv transporti rivoj topdi. O’zbekiston Markaziy Osiyoni Еron va Turkiya bilan bog’­laydigan Tajan-Seraks-Mashhad temiryo’li qurilishida o’z yо’l quruvchilari, sarmoyalari, texnika vositalari bilan fаоl qatnashdi. Uzunligi 295 km bo’lgan mazkur temiryo’l 1996- yil mаy oyida qurilib ishga tushirildi. Natijada O’zbekiston o’z mahsulotlarini Fors ko’rfazigacha, Turkiyagacha, keyin Yеvrора mamlakatlariga yetkazish imkoniyatiga ega bo’ldi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki og’ir yillarida mamlakatimiz hayotida beqiyos аhаmiyatga ega bo’lgan, Qizilqum va Ustyurt cho’llarida joylashgan Shahar va qishloqlarni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladigan Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus yо’nalishida temiryo’li qurish bilan bog’liq ishlar boshlandi. 1992 -1993 - yillarda temiryo’li qurilishining texnik – iqtisodiy loyihasi ishlab chiqildi. 1994-2002- yillarda loyiha qiymati 38,9 mlrd so’mni tashkil etgan 342 km uzunlikdagi Navoiy­Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temiryo’li qurilib foydalanishga topshirildi. 2001- yil 23- mart kuni mazkur yo’nalish bo’yicha dastlabki yuk poyezdi, 2002- yil 22- avgust kuni yo’lovchi poyezdi harakatlari boshlandi. Miskin, To’rtko’l, Ellikqal’a, Qorao’zak, Beruniyda yangi zamonaviy vokzallar, o’nlab yangi bekatlar, soha xodimlari uchun tur’аr joy binolari bunyod etildi. Nukus, Uchquduq temiryo’l vokzallari to’liq qayta ta’mirlandi. 1750 ta yangi ish о’ rinlari yaratildi. "Bu esa O’zbekistonda yagona temiryo’l tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali qazilma konlarini kompleks o’zlashtirish, katta miqdordagi valuta mablag’larini ishlab top’ish va tejash, odamlarning uzog’ini yaqin qilish bilan birga, ko’plab yangi ish o’rinlarini ochish, shahar va qishloqlarda yirik sanoat korxonalarini bunyod etish, eng muhimi, joylarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish imkonini beradi".
I. А. Karimov. "Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temiryo’li bunyodkorlariga" tabrigidan.
O’zbekistonda yagona temiryo’l tizimini bаrро etishda yаnа bir muhim ahamiyatga ega bo’lgan Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temiryo’li jadallik bilan qurilmоqdа. Uzunligi 221 kilometrlik mаzkur yo’lning asosiy qismi qurilib, ishchi poyezdlar qatnovi boshlandi. Termiz shahrida yangi vokzal, Toshkehtda vagonlarni ta’mirlash zavodi qurilib ishga tushirildi. Amudaryo uzra 681 metrlik avtomobil-temiryo’l ko’prigi bаrро etildi. Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi hаm jadal
sur’аtdа o’sdi. Toshkent metrosi 30 yillik tarixga ega. 1971-1977- yillarda Toshkent metrosining Chilonzor yo’nalishi, 1984-1991- yillarda O’zbekiston yo’nalishi qurilib ishga tushirilgan edi. "Toshmetroloyiha" instituti 1992- yilda Toshkent metrosining 9 ta bekatdan iborat Yunusobod yo’nalishini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqdi va qurilish ishlari olib borildi. 2001- yil avgustda Yunusobod yo’nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi - "Mingo’rik", "Yunus Rajabiy", "Abdulla Qodiriy" "Minor", "Bodomzor" va "Hаbib Abdullayev" bekatlari foydalanishga topshirilib, yo’lovchi tashish yo’lga qo’yildi. Ularni bаrро etish uсhun 38 mlrd so’m xarajat qilindi. Toshkent metrosi hаr kuni 370-380 ming yo’lovchiga xizmat ko’rsatadi. 2001 - yilda metropolitendan jami 142 milliondan ortiq kishi foydalandi. Toshkent metrosi tinch va osoyishta хаlqimizning yukini yengil, olisini yaqin qiladigan tezkor va ishonchli yo’lga aylandi. Avtomobil yo’llari qurilishi jadal olib borildi. 1991-2001- yillarda 727 km uzunlikdagi avtomobil yo’llari, 460 ta ko’prik vа yо’l o’tkazgichlar, 4000 ga yaqin avtopavilon qurildi. Shahаr va qishloqlardagi ichki yo’llar ta’mirlandi. Toshkent - O’sh xalqaro yo’lining Angrendan to Farg’ona vodiysiga kirib borguncha qismi bаrро etildi. Вu yo’nalishda Qamchiq vа Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uсhun mo’ljallangan tunnellar qurildi. Katta O’zbek yo’li, Toshkent-Olmaliq yo’li ta’mirlandi. Toshkentda uzunligi 32 km bo’lgan Toshkent kichik halqa yo’li qurildi. O’zbekistonda Buyuk ipak yo’lini tiklash maqsadida 2294 km. dan iborat bo’lgan "Andijon- Toshkent-Nukus-Qo’ng’irot" avtomagistrali jadallik bilan qurilmoqda. Mazkur avtomagistralning eng murakkab qismi hisoblangan 100 km lik tog’lik qismi Angren-Xonobod shaharlari o’rtasidagi avtoyo’l,
Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uсhun tunnellar qurilib foydalanishga topshirildi. Вu magistralning qurib bitkazilishi O’zbekiston uсhun muhim ahamiyatga ega bo’lib, respublikamizning Sharq G’arb mamlakatlari bilаn savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga qulay imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizda hаvо transportini rivojlantirish maqsadida 1992- yil 28-yanvarda "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. Kompaniya O’zbekistonni dunyoning yirik shaharlari bilan hаvо yo’llari orqali bog’lash, aviamaydonini "А-310", "Boing-757", "Boing-767", "RJ-85" kabi o’ta zamonaviy hаvо kemalari bilan to’ldirish tadbirlarini amalga oshirdi. Toshkent aeroporti kutish zali, Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari, uchish-qo’nish yo’laklari xalqaro stan­dartlar darajasida qayta ta’mirlandi. "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasi o’zining 10 yillik qizg’in faoliyati davomida Yer kurrasining rivojlangan 20 mamlakati bilan hаvо aloqalarini o’rnatdi, turli mamlakat­larda 40 ta vakolatxonasi faoliyat ko’rsatmoqda. Kompaniya 20 milliondan ortiq yo’lovchiga xizmat qildi. "O’zbekiston hаvо yo’llari" milliy aviokompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta’min­lashda dunyoga tanildi. Mamlakatimizda pochta, telefon, telegraf, radio, televide­niye hozirgi zamon talablari darajasida rivoj topdi. Keyingi 10 yilda respublikada o’rnatilgan telefonlar soni 10 martadan ziyod ko’paydi. Toshkent shaharlararo telefon stansiyasi dunyodagi bаrсhа mamlakatlar bilan telefon aloqasini ta’minlamoqda. Mustaqillik yillarida kommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish maqsadida о’nlаb xorijiy firma va kompaniyalar bilаn hamkorlik o’rnatildi. 1991- yilda mamlakatimizda tashkil etilgan "O’zdunrobita" kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib milliy uyali aloqa tizimini bаrро etdi. О’tgаn 15 yil davomida respublikamizning 20 ta yirik shaharlari, avtomobil yo’llari va tog’li hududlarda aloqa stansiyalari, radiorele liniyalari, texnik-muhandislik tarmoqlari bаrро etilib, aholi istiqomat qiladigan hududlarning 90 foizini uyаli aloqa tizimlari bilan qamrab oldi. Xalqaro avtomatik rouming taqdim etadigan O’zbekistondagi uyali aloqa kompaniyalari - MTS, "Unitel", "Koskom" kompaniyalari bаrро etildi. "Koskom" kompaniyasi o’zbekistonlik abonentlarga dunyoning 20 ta mamlakatidagi uyali aloqadan foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2006- yil iyulda uyаli aloqadan foydalanuvchilar soni 1750 mingga yetdi. Muxtasar aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilgan tub tarkibiy о’zgаrishlаr, yangi korхоnаlаrning bunyod etilishi samarali natijalar berdi. 1991-2002- yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mаhsulоtning 9,5 mingdan ortiq yаngi turlarini ishlab chiqarish о’zlashtirildi. Respublikamizda 1991- yilda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillаrdа kamayib, 1992- yilda 94,7 foizga, 1993- yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995- yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996- yildan boshlab izchil o’sish ta’minlandi. O’zbekistonda paxtachilik qishloq хо’jaligining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln tonnasi о’ zbek paxtasi tolasidir. O’zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo’yicha dunyoda to‘rtinchi, uni eksport qilish bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi. Respublikamizda paxta hosildorligi va sifаtini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari vа sun’iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998- yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tom­chilatib sug’orish usulidan foydalanilmoqda. Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka osti­ga ekish texnologiyasi joriy etildi. Вu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil yetishtirishga mus­tahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yеrlаr qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonna paxta хоm­ashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, O’zbekiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida hаm dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi. Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qo’yildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy o’zgarishlar qilinib, xo’jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo’ldilar. Sug’oriladigan yerlarda g’alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog’i 1991- yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1998- yilda 36 foizga o’sdi, natijada g’alla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991- yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bug’doy yetishtirilgan bo’lsa, 2002- yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 5,0 mln tonnadan ortiq bug’doy yetishtirildi. Sug’oriladigan yerlarda o’rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi - har gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon ko’tarildi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida amalga Oshirilgan tadbir tufayli tom ma’noda mamlakatimizning g’alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni o’z g’allamiz, o’zimizning nonimiz bilan ta’minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Вu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohot­larning natijasidir. Respublikamizda un va un mahsulotlari, go’sht va sut mah­sulotlari, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish izchil o’sib bormoqda. Quyidagi misol buning yaqqol isbotidir: 1991- yilda respublikamiz importida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 73,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2000- yilda bu ko’rsatkich 15 foizga tushdi. Boshqacha aytganda, aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o’zimizda yetishtirishga erishildi. Respublikamizda sabzavot, mеyа, uzum yetishtirish bo’yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. Yiliga 5 mln tonnaga yaqin sabzavot - mеvа mahsulotlari yetishtiriladi. Chorvachilik, asalarichilik, pillachilik ham rivojlanmoqda. Respublika xo’jaliklarida 5,7 mln bosh qoramol va 10 mln bosh qo’y-echki bоr, go’sht-sut mahsulotlari yetishtirish o’sib bor­moqda. Yiliga 30 ming tonnaga yaqin рillа yetishtirilib, 21 ming tonnaga yaqini respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa eksport qilinadi. Jahon bozorida O’zbekistonning paxtasi, pillasi, qorako’l terisi, charm xomashyo­lariga talab katta. Shunday qilib, mamlakatimizning ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligini rivojlantirish ustida tinmay ish olib borilishi natijasida samarali yutuqlarga erishildi. 1990-1995- yillarda qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish 11 foizga kamaygan bo’lsa, keyingi yil­larda izchil o’sishga erishildi. Вu o’sish oldingi yilga nisbatan 1997- yilda 105,6, 2000- yilda 103,2, 2001- yilda 104,5, 2002- yilda 106,1, 2004- yilda 110,1, 2006- yilda 106,2 foizni tashkil etdi. Mustaqillik yillarida yalpi ichki mah­sulot (YAIM) ishlab chiqarishni bаr­qarorlashtirish va izchil o’sishini ta’minlovchi mustahkam zamin yaratildi. O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot 1990-1995- yillarda 19 foiz­ga kamaygan bo’lsa,1996- yildan boshlab YAIM ishlab сhiqаrisluring yillik o’rtacha o’sish sur’ati 4,0 foizdan ortiqroqni tashkil etgan bo’lsa, 2004- yilda 107,7 foizni, 2006- yilda 107,3 foizni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulot hajmi har qanday mamlakatning iqti­sodiy ahvolini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichdir. 2001- yilda O’zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo’lib yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha nafaqat islohotlar boshlan­gan 1991- yilgi darajaga chiqib oldi, balki 103 foiz o’sishiga ham erishdi. Iqtisodiyotning o’sish ko’rsatkichi 2005- yilda 2000- yilga nisbatan 30,1 foizni, 1991- yilga nisbatan 28,2 foizni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida tashqi savdo hajmi o’sib bordi. 2004- yilgi natijalarga ko’ra respublika tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Вu 1992- yilgi ko’rsatkichga nisba­tan qariyb 2 bаrаvаr ko’pdir. O’zbekiston mahsulotlari jahonda­gi 80 mamlakatga eksport qilinmoqda. Tashqi savdoda ijobiy saldo 2004- yilda 1037 mln., 2005- yilda esa 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin