I. А. Karimov. "Tafakkur" jurnali. 1998- yil, 2- soni.
I. А. Karimov jamiyat mafkurasini qanday tushunasiz degan savolga quyidagicha javob berdi:
"Odamlarning ming yillаr davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani mеn jamiyat mafkurasi deb bilaman". I. А. Karimov."Tafakkur" jurnali. 1998- yil, 2- soni.
Milliy mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak?
"Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo’lmish, oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-оmоn, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g’ayrat manbayi bo’lishi lozim". I. А. Karimov. "Tafakkur" jurnali. 1998- yil, 2- soni.
Prezident I. Karimov suhbatda “Хо ‘sh, milliy g’oya, milliy majkura nimalarni о‘zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?" degan savolni qo’yadi va unga javob
berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
. milliy mafkura, avvalambor, о’zligimizni, muqaddas аn’аnаlаrimizni anglash tuyg’ulаrini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu оrzulаrini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan Oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;
. ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan xilma-хil fikrlar va g’oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz vа davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya-mafkura bо’ lishi kerak;
. uchinchidan,milliy mafkuramiz har qanday millatchilik vа shunga o’xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umumаn jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo’lishi darkor;