“O„zbekiston tarixi” fanidan yozgan



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#40565
1   2   3   4   5   6   7   8
shayboniylar davrida movarounnahrda madaniy hayot

 

 

 

 

 

 

                                                 

1

 

Ibrohimov A. “Biz kim o‟zbeklar”. T., 1999 yil. b – 45.



 


 

16 


1.2.  Shayboniylar davrida Movoraunnahrda madaniy taraqqiyot uchun 

shart-sharoitlarning vujudga kelishi 

 

Shunday  qilib,  ko„chmanchi  o„zbeklar  davlati  inqirozga  uchradi.  Lekin  bu 

davlatning inqirozi vaqtincha bo„lib, oradan ko„p vaqt o„tmasdan  XV  asrning 80-

yillarida Muhammad Shayboniyxon bu davlatni qayta tiklaydi. 



  Abulxayrxondan  keyin  bu  parchalanib  ketgan  saltanatni  qayta  tiklash  va 

yanada  ulkanroq  davlatga  aylantirish  uchun  hech  bir  hukmdor  harakat  qilmadi. 

Qabilalarni birlashtirishga urinmadilar.  

Muhammad  Shayboniyxon  bir  qancha  tarqoq  qabilalarni  birlashtirdi. 

Abdulxayrxonning  o„limidan  keyin  Shayboniylar  xonadonidagi  ichki  ziddiyatlar 

sabab  sulola  zaiflashishiga  qaramay  Muhammad  Shoxbaxt  davriga  kelib 

Shayboniylar yana bir bor qadlarini tiklashga ega bo„ldilar. Muhammad Shoxbaxt 

Abulxayrxonning  Shohbudog„  nomli  o„g„lidan  tug„ilgan  nabirasi  bo„lib,  biz  uni 

asosan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) nomila yaxshi bilamiz. 

Abulxayrxon davlatining inqirozga uchrashiga quyidagilar sabab bo„ldi: 

O„troq aholi bilan ko„chmanchi aholi o„rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalar 

yo„q  edi.  Ko„chmanchi  o„zbeklar  davlatiga  kirgan  G„arbiy  viloyatlar  Volga 

bo„yidagi shaharlarga Sharqiy viloyatlar esa Movarounnahrga tortim edi; 

Qabilalar o„rtasida ham mustahkam aloqalar yo„q edi; 

Ko„chmanchi feodallarning mustaqilligi kuchli bo„lgan holda markaziy davlat 

apparati nisbatan kuchsiz edi; 

O„rda,  Ichin,  Shaybon  va  To„qay  Temur  avlodlari  o„rtasida  toju-taxt  uchun  

feodal kurash benihoya katta edi; 

XV asrning o„rtalariga kelib Movarounnahrda  Temuriy shaxzodalar o„rtasida 

toju-taxt  kurashi  kuchayib  ketdi.  Samarqand  taxtiga  Ibrohim  Sultonning  o„g„li 

Abdullo  Mirzo  o„tiradi.  Buxoroda  podsholikka  ko„tarilgan  Mironshohning  o„g„li 

Abu  Said  unga  raqib  sifatida  maydonga  chiqadi.  U  ko„chmanchi  o„zbeklar  xoni 

Abulxayrxondan  yordam  so„raydi  va  juda  ko„plab  yerlar  berishni  va‟da  qiladi. 

1451-yilning  yozida  Samarqand  atrofidagi  Sheroz  qishlog„ida  Abdulla  Mirzo 

hamda  Abu  Said  Mirzo  o„rtasida  qattiq  jang  bo„ladi.  Bu  jangda  Abdulla  Mirzo 



 

17 


mag„lubiyatga uchraydi va halok bo„ladi. Abulxayrxon yordamida Abu Said Mirzo 

Samarqand taxtini egallaydi. Shu tariqa Movarounnahr xokimi bo„ladi.  Abu Said 

Mirzo  davlatining  chegaralarini  kengaytirish  niyatida  edi.  U  avvalo  Xurosonni 

egallashni maqsad qilib qo„ygan edi. Xuroson taxtida bu paytda Abulqosim Bobur 

Mirzo  Samarqand  hukmdori  Abu  Said  Mirzoga  qarshi  yurish  qiladi.  Bu  yurish 

muvaffaqiyatli  amalga  oshmagach,  ikki  o„rtada  sulh  bitimi  imzolanadi.  1457-yili 

Abulqosim  Bobur  Mirzo  to„satdan  vafot  etadi.  Abu  Said  Mirzo  bunday  qulay 

vaziftdan  foydalanib,  Hirotni  egallaydi  va  Temuriylar  davlatining  ikki  qismini 

yana  birlashtirdi.  Abdullatif  Mirzoning  o„g„illari  Axmad  va  Muxammad  Jo„chi 

Mirzolar  ham  taxt  uchun  kurashni  boshlab,  Abu  Said  Mirzoga  juda  katta  xavf 

tug„diradi.  Bular  o„rtasidagi  jang  1455-yil  Balx  yaqinida  bo„lib  o„tadi.  Bu  jang 

Abu Said Mirzoning g„alabasi bilan yakunlanadi. Jangda Axmad Mirzo vafot etadi, 

Muhammad  Jo„ychi  Mirzo  qochib  qutiladi.  U  ko„chmanchi  o„zbeklar  xoni  

Abulxayrxondan yordam so„raydi. Bu haqda Abulg„ozi shunday yozadi:  

“Abdullatif Mirzoning o„g„li Muhammad Jo„chi qochib Abulxayrxonga borib 

turar, Abulxayrxonning xotini Abdullatif Mirzoning singlisi ekandur. 

Muhammad  Jo„chining  ammasi  bir  necha  vaqt  xon  eshigida  turg„on  so„ng 

Movarounnahrdin  bir  kishi  borib  turur.  Sulton  Abu  Said  Mirzo  Samarkanddin 

otlanib Xurosonga ketdi. Andin nari Mozondarang„a ham borurman deb bu so„zni 

eshitkandan  so„ng  Mirzo  Muhammad  Jo„chi  bizdan  ko„mak  iltimos  qilib  turur. 

Xon Berka Sultonni chaqirib aytib turur. Mirzo Muhammad Jo„chi bizdan ko„mak 

so„rayturur.  Mening  –  o„g„lonlarimni  va  yaqin  ishlarimda  bu  ishni  boshqarutek 

kishi yo„q. Sen mening o„g„limsen. O„z cherigingdin bilan otlan. Men ham cherik 

qo„shayin. Birka Sultonning so„zini qabul qilib Muhammad Jo„chi Mirzoni o„ttiz 

ming kishi birlan otlanib Toshkent kelib turur. Otasindin va o„zidan qolg„on Abu 

Said  Mirzodin  Jo„chi  Mirzog„a  keldilar.  Andin  Toshkentga  borib  kirdi.  Andin 

Shoxruxiyani borib oldi”

1



   Muhammad  Jo„chi  Mirzo  shu  yerda  vafot  etdi.  Abu  Said  Mirzo  tez  orada 

Jo„rjon,  Seyiston,  Kirmon,  Afg„oniston  va  Eronning  katta  territoriyalarini  bosib 

                                                 

1

 



Abulg„ozixon “Shajarachi turk” 116-bet

 



 

18 


oldi.  Qora  quyunli  Turkman  sulolasining  vakili  Xasan  Ali  Abu  Said  Mirzo 

g„uzuriga  kelib,  Uzun  Xasan  bilan  bo„ladigan  urushda  unga  yordam  berishini 

so„radi.  Abu  Said  Mirzo  katta  qo„shin  bilan  Marvdan  harakat  boshlab, 

Ozarbayjonga  yo„l  oldi.  1469-yilda  Qorabog„da  uning  qo„shinlari  Uzun  Xasan 

bilan  bo„lgan  to„qnashuvda  mag„lub  bo„ldi.  Abu  Said  Mirzo  Samarqand  taxtini 

qo„ldan  boy  beradi.  Abu  Said  Mirzo  to„qnashuvda  asirga  olinadi  va  qatl  etiladi. 

Shu  yili    Xusayn  Boyqaro  Xuroson  taxtini  egalladi  va  1506-yilgacha  hukmronlik 

qildi.  Abu  Said  Mirzo  Samarqand  taxtini  o„zi  tiriklik  vaqtidayoq  katta  o„g„li    -  

Sulton  Ahmadga  bergan  edi.  Farg„onani  yana  bir  o„g„li  Umarshayx  Mirzo 

boshqarar  edi.  Bu  davrda  ham  Temuriy  Mirzolar  o„rtasida  to„qnashuvlar  bo„lib 

turdi.  Sulton  Axmad  Mirzo  Toshkentni  egallash  maqsadida  Umarshayx  Mirzo 

ustidan  qo„shin  tortdi.  Umarshayx  Mirzo  ham  qaynotasi  Yunusxon  ko„magiga 

ishonib  o„z  qo„shini  bilan  Sirdaryo  yoqasiga  keladi.  Bu  yerda  unga  Sayramdan 

yo„lga  chiqqan  qaynotasi  Sulton  Mahmud  ham  raxbarligida  mug„ullar  qo„shini 

kelib qo„shiladi. Endi jang boshlanay deb turgan vaqtda oraga o„sha davrning eng 

nufuzli  din  arbobi  Xo„ja  Nasriddin  (Xoja  Axror)  tushib  qon  to„kilishiga  yo„l 

qo„ymaydi.   

 

 



Sulh  bitimi  tuzilib  unga  binoan  Toshkent  Sulton  Mahmudxonga  beriladi. 

Lekin bu sulh uzoqqa bormaydi. Umarshayx Mirzo va Sulton Axmad Mirzo Sulton 

Mahmudxonga  qarshi  urush  boshlaydi.  Dastavval  Umarshayx  Mirzo  Toshkentga 

yurish  boshlab,  Xavos  qal‟asini  egallaydi.  Lekin  Sulton  Mahmudxondan    akasi 

Sulton Axmad Mirzodan mag„lubiyatga uchrab Andijonga qaytib ketadi. Bu voqea 

1487-yil  bo„lib  o„tadi.  Oradan  bir  yil  o„tgach,  Sulton  Axmad  Mirzo  Toshkentga 

yurish  boshlaydi.  Chirchiq  bo„yidagi  jangda  Sulton  MahmudxonSamarqand 

qo„shiniga  jiddiy  shikast  yetkazdi.  Sulton  Axmad  Mirzo  juda  ko„p  odamni 

yo„kotib,  qochishga  majbur  bo„ldi.  1494-yilda  Sulton  Ahmad  Mirzo  inisi 

Umarshayx  Mirzoga  qarshi  yurish  boshlaydi.  Toshkent  xoni  Sulton  Mahmudxon 

ham  Farg„onani  egallash  uchun  yurish  boshladi.  Ayni  shu  paytda  Umarshayx 

Mirzo  fojiali  xalok  bo„ladi.  Bobur  bu  haqda  shunday  yozgan  edi:  “Bu  asnoda 

G„arb  voqe‟  dast  berdi,  mazkur  bo„lib  edikim,  Axsi  qo„rg„oni  baland  jar  ustida 



 

19 


voqe‟  bo„lubtur,  imoratlar  jar  yoqasida  edi.  Ushbu  tarixda  Dushanba  kuni 

Razamon  oyining  to„rtida  Umarshayx  Mirzo  jardin  Kabutar  va  Kaburxona  bila 

uchib, shunqor bo„ldi”

1



  Taxtga  uning  o„g„li  12  yoshli  Bobur  Mirzo    o„tiradi.  Sulton  Axmad  Mirzo 

qo„shini  Quva  yonida  daryodan  o„tishda  ko„prik  sinib  ketib  katta  talofat  ko„radi. 

Askarlarning  ko„pi  suvga  cho„kib  ketadi.  Buning  ustiga  ot  ulati  boshlanib,  otlar 

tappa-tappa  yiqilib  jon  berayotganini  ko„rgan  lashkar  dilidagi  vahima  o„rnini 

qo„rquv  egallaydi.  Shu  sababdan  ham  Sulton  Axmad  Mirzo,  Bobur  Mirzo  bilan 

sulh tuzib, orqaga qaytishga majbur bo„ldi. Sulton Mahmudxon boshliq mo„g„ullar 

qo„shini  Axsini  qamal  qildi.  Qanchalik  urinmasin  Axsini  olishga  qurbi  yetmadi. 

Axsilik  ximoyachilarning  matonat  bilan  jang  qilayotganini  ko„rgan  Sulton 

Mahmudxon ham orqaga qaytishga majbur bo„ldi. Andijon yurishidan qaytayotgan 

Sulton  Axmad  Mirzo  O„ratepa  qo„rg„oni  yaqinida  Oq  suv  degan  joyda  to„satdan 

vafot etadi.  

Sulton  Axmad  Mirzoning  o„g„li  bo„lmaganligi  sababli  taxtga  uning  inisi 

Maxmud  Sulton  o„tiradi.  Ammo  uning  hukmronligi  uzoqqa  bormaydi.  U 

xokimiyatni olti oy ham boshqarmasdan to„satdan vafot etadi. Sulton Mahmudxon 

o„rniga  1495-yili  Samarqand  taxtiga  ikkinchi  o„g„li  Boysung„ur  Mirzo  o„tiradi. 

Movarounnahrdagi  vaziyat  keskinlashgan  yillar  ayni  shu  zamonda  ro„y  bergan,  

desak  to„g„ri  bo„ladi.  Zero,  mahalliychilik  avj  olib  Samarqandlik  va  buxorolik 

beklar Boysung„urni Xisorlik beklarga  yon bosganlikda ayblab, oliy taxtga uning 

ukasi  Sulton  Alini  (1483-1501)  o„tkazish  payiga  tushadilar.  Mazkur  qarama-

qarshilikka  din  peshvolari  ham  aralashadilar.  Vaziyatning  nechog„liq  murakkab 

bo„lganini shundan ham bilib olsa buladiki, Xoja Axror avlodlaridan Muhammad 

Xojani Boysung„urni yoqlasa Xoja Yaxyo Sulton Ali tomonida edi.  Bobur ta‟biri 

bilan aytganda, “Xazrati Xoja Ubaydullo (Axror) avlodining orasida bu sababdan 

taassuf  tushdi,  ulug„i  –  ulug„iga  murabbiy  bo„ldi,  kichigi-kichigiga  muqavviy”

1

 

bo„ldi.  Bir  so„z  bilan  aytganda  mamlakat  nafakat  siyosiy  jihatdan  ham  ikkiga 



                                                 

1

 Z.M. Bobur “Boburnoma” 



2

 O‟sha asar. 36-bet 




 

20 


bo„linadi.  Boshqa  tomondan  esa  Xuroson  hukmdori  Sulton  Xusayn  Xisor  va 

Qunduzga  intilishini  kuchaytiradi.  1496-yili  Samarqand  taxti  atrofidagi  mazkur 

mash-mas‟halar xabari Farg„onaga ham yetib boradi. Bu yerda esa otasi o„limidan 

so„ng  xokim  maqomida  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483-1530)  faoliyat 

boshlagan edi. Bu haqda uning o„zi shunday yozgan edi: “(Xabar) kelgach biz ham 

Samarqand davosi... o„q cherik otlanduk”

1

. Boshqacha aytganda  Samarqand  taxti 



uchun ya‟ni bir da‟vogar kupaydi. 

  Boysung„urning  akasi  Sulton  Ma‟sud  (1475-1506)  bilan  ittifoqga  kirgan 

Bobur  1497-yili  Samarqandni  qamal  qiladi.  Boysung„ur    yordam  so„rab 

Turkistonga (Yassiga) odab yuborib, Muxammad Shayyuoniyxonni da‟vat qiladi.  

Paytdan foydalangan Muxammad Shayboniyxon tezlikda lashkar tortib kelgan 

bo„lsa-da,  ammo  so„nggi  pallada  Boysung„ur  aynib  uni  qabul  qilmaydi. 

Muxammad  Shayboniyxon  tezlikda  lashkar  tortib  keladi.  Boysung„ur  ham 

Samarqandni  tark  qilgach,  shu  yili  Bobur  ilk  bor  Samarqandga  kirib  taxtni 

egallashga  muvaffaq bo„ldi.  Ammo  bu  yutuq  uzoqqa  cho„zilmay  tez  orada  Bobur 

o„zi  yo„qligida  Andijonni  egallab    olgan  raqiblari  bilan  kurashish  uchun 

Farg„onaga  jo„nashga  majbur  bo„ldi.  Bir  so„z  bilan  aytganda,  Temuriylar 

xonadonida  boshbodohlik  avjiga  chiqqan,  mahalliy  beklar  mavqe  oshib  rasmiy 

sulolani tan olmay qo„yganlar. Bunday sharoitda Muxammad Shayboniyxon uchun 

Samarqandga  intilish  tabiiy  bir  xol  edi.  Kamoliddin  Binoiy  shu  munosabat  bilan 

temuriylar o„rtasida qarama-qarshilik ortib borayotganidan bu sulolaning umri tez 

orada  bitishini  bildi  deb  yozgandi1.  Haqiqatdan  ham  kuchga  to„lib  kelayotgan 

Muxammad Shayboniyxonning mo„ljali to„g„ri chiqadi. 

  1500  yilning  qishini  Shayboniyxon  urush  hozirligi  bilan  o‟tkazdi.  U  qish 

ichida Qorako„l qal‟asini Abul Muhsin Mirzodan tortib oladi. G„uzor va Qarshini 

qamal  qilib  olishga  muvaffaq  bo„lishga  ulgurmadi.  Vabo  boshlangach  u  yerdan 

qochdi. Tez orada Dabusiya qal‟asi xon qo„liga o„tdi.  

  Shayboniyxon yana Samarqandni egallash uchun yurish boshladi. Bobur va 

Shayboniyxon o„rtasida jang 1500-yilda Samarqand yaqinida Sariko„l degan joyda 

                                                 

1

 

“Boburnoma” 37-bet



 


 

21 


bo„lib o„tdi. So„nggi jang juda qisqa va bag„oyat dahshatli bo„ldi. Ikki qo„shin bir-

biriga  jadal  yaqinlashib  kelayotib,  kutilmaganda  Shayboniyxon  Bulon  g„orining 

uchi Bobur Mirzo asakarlarini aylanib o„tib, orqadan siquvga ola boshladi. Bobur 

Mirzo  o„sha  zaxoti  askarlarini  orqaga  yuz  o„girtirdi.  Buning  oqibatida  shunday 

bo„ldiki, jang ko„rgan yigitlardan tuzilgan  Qirovul o„ng qo„lda - jang markazidan 

chetda  qolib  ketdi.  Bobur  Mirzo  qo„shini  jon  holatda  jang  qilib,  g„anim 

Barong„orini g„o„ma tiqa boshladi. 

Buni  ko„rib  Shayboniyxonning  tajribali  sarkardalari  “Xujumni  kuchaytirish 

kerak, to„xtab emas, chopib jang qilish kerak” – deb jangga maslahat beradi. Ikki 

tarafdan  siquvga  olingan  Bobur  Mirzo  askarlari  tutday  to„kila  boshladilar. 

Ko„chmanchilarning temuriylar qo„shinini yengishda juda qo„l kelgan jang uslubi 

bor  edikim,  Shayboniyxon  uni  bu  jangda  uni  ham  ustalik  bilan  qo„lladi.  Bu 

to„lg„ama  edi.  To„lg„ama    ichida  qolganlarning  omon  chiqishi  qiyin  edi.  Bobur 

jangda  yengilib  ozgina  lashkari  bilan  Samarqand  qal‟asiga  qochib  kirdi. 

Shayboniyxon  tezda  shaharni  qamal  qildi.  Shahar  axli  uchun  qamal  oylari  juda 

og„ir  kechdi.  Qamalning  to„rtinchi  oyi  tugab,  beshinchi  oyi  boshlandi. 

Shayboniyxon  qo„shinining  bir  to„dasi  Qarshi  bilan  Kesh  tarafga  yo„l  oldi.  

Qamalni davom  ettirish uchun katta o„lja ko„p zahira kerak edi. Xon qoshida juda 

oz  askarlar  qolganidan  xabar  topgan  shayxul  islom  odamlari  Bobur  Mirzoni 

g„animga  to„satdan  xujum  qilish  imkoniyatini  qo„ldan  chiqarmaslikka  da‟vat 

qildilar.  Bunday  qulay    vaziyatdan  foydalanmoq  zaruratini  Bobur  Mirzo  ham 

tushunardi. 

  Muhammad  Solihning  yozishicha:  “Ming  kishilik  yaqin  odam  qurollanib 

tashqariga  chiqdilar.  Temur  Sulton,  Xamza  Sulton,  Sulton  Bahodir,  Maxmud 

boshchiligidagi  dushman  ularga  qattiq  zarba  berdi.  Qamalning  oltinchi  oyida 

qamalchilarning  ko„pchiligi  shahardan  qocha  boshladilar.  Shayboniyxon  Boburga 

sulh  tuzishni  taklif  qildi.  Sulhning  birinchi  talabiga  ko„ra,  Shayboniyxon 

Boburning  opasi  Xonzodabegimni  xotinlikka    so„ragan  edi.  Ikkinchi  talabiga 

binoan  Bobur  shaharni  tark  etishi  kerak  edi.  Shayboniyxon  Boburni  shahardan 

eson-omon  chiqarib  yuborishga    va‟da  berdi.  Bobur  bu  haqida  shunday  yozadi: 




 

22 


“Zarurat  bo„ldi,  sulh  guna  qilib  kechadin  ikki  pakr  yovulib  edikim,  Shayxzoda 

darvozasidan chiqildi. Volidam xonimni olib chiqdim, yana ikki xotun kishi chiqti. 

Biri  Birka  xalifa  edi,  yana  biri    Minglik  Ko„kaltosh  edi.  Mening  egachim 

Xonzodabegim ushbu chiqqonda Shayboniyxonning iligiga tushdi”

1



Bobur Samarqanddan chiqib ketgach, Shayboniyxon shaharni egalladi. 1501-



yili  qishida  Shayboniyxon    Shoxruxiya  va  Pskent  qal‟alarini  egalladi.  Toshkent 

xoni Sulton Mahmudxon Andijonni bosib olish uchun Sulton Axmad Tanbal bilan 

urush olib borayotgan edi. Mana shu to„s-to„polondan foydalangan Shayboniyxon 

O„ratepani qo„lga kiritdi. 

Shu  fursat  Andijon  taxtini  qo„lga  kiritgan  Sulton  Axmad  Tanbal 

Shayboniyxon  huzuriga  og„asi  Bektalbani  yuborib  itoat  izhorini  qildi  va  xon 

xokimiyatini  Qur‟on  ustida  tan  olganini  ma‟lum  qildi.  Bu  xabarni  olgan 

Shayboniyxon Tanbalga o„z nishonlarini yubordi. 

Sulton  Mahmudxon  Shayboniyxonga  ko„p  yordamlar  berganini  aytib,  uning 

bu  xatti-xarakatlaridan  noroziligini  bildiradi.  Shayboniyxon  Sulton  Mahmudxon 

maktubini  olib  sulh  tuzishga  rozi  bo„ldi.  Biroq  bu  kelishish  vaqtincha  ekanligini 

har  ikkala  tomon  ham  bilardi.  Shayboniyxonga  sulh  tuzish  Xorazmni  qo„lga 

kiritish  kerak  edi.  Xorazmga  yuborilgan  qo„shinga  xonning  inisi  Sulton  Mahmud 

boshchi  bo„ldi.  U  yoniga  Ubaydulloxonni  ham  qo„shib  oldi.  Xorazm  o„sha  yili  - 

1502-yilda zabt etildi.  

Shayboniyxon  Samarqand,  Buxoro  va  ularga  tobe  bo„lgan  yerlarda  o„z 

mavqeni mustahkamlab olgandan keyin Xuroson va Amudaryoning so„l sohilidagi 

boshqa  viloyatlarni  tasarrufiga  kiritib  olishga  qaror  qildi.  BIRinchi  navbatda  u 

Amudaryoning  yuqori  oqimida  uning  ikki  sohilida  joylashgan  ulkan  hududga 

hukmronlik qilayotgan va unga jiddiy ravishda tahdid solayotgan Xusravshoxning 

yo„q qilishga axd qildi. 

Xusrav  shox  katta  harbiy  kuchga  tayanib  va  Shayboniyxonning  O„ratepaga 

yurish  qilishidan  foydalanib,  ellik  ming  kishilik  lashkari  bilan  Xisordan  chiqib 

                                                 

1

 Z.M. Bobur “Bobrunoma” 85-bet 



 


 

23 


yurish boshladi. U mashhur Temur darvoza mavzedan o„tib Qarshi ustiga otlandi. 

Lekin  yo„lda  uning  qo„shinlari  tarqalib  ketgan  va  Xusrashoh  orqaga  qaytishga 

majbur  bo„lgan.  Keyinchalik  u  Xisordan  ham  qochib  Ayvoch  degan  yerda 

Amudaryoning  o„ng  sohiliga  o„tib  Arxang  mavzeda  Balx  xokimi  Temuriy 

Badiizzamon 

lashkari 

bilan 

birlashgan. 



Shayboniyxonning 

qo„shinlari 

Xusravshohni  Arxangacha  ta‟qib  etib  bordi.  Va  boy  o„lja  bilan  qaytdilar. 

Shayboniyxon  sovuq  bo„lganiga  qaramay  Xusravda  qoldi  va  Xisori  shodmon  

qal‟asini  qurshab  oldi.  Uzoq  davom  etgan  qurshov  vaqtida  Xisori  Shoxmonga 

Xurosondan  madad  kuchlari  yetib  keldi.  Biroq    ular  kutilgan  natijasini  bermadi. 

Amir Vali Xusravshohning buyrug„i bilan 80 ming kishilik qo„shini bilan bu yerda 

hozir bo„ldi. Biroq qo„lidan bir ish kelmay  mahlubiyatga uchrab qochdi. Mazkur 

jangda  Amir  Vali  tomonidan  turib  urishdan  Muhammad  Xusayn  Ko„ragonning 

ko„p  amirlari  va  askarlari  xalok  bo„lib  o„zi  Oloyga  u  yerdan  esa  Farg„ona 

tog„lariga  qochadi.  Biroq  o„shanda  Toshkent  xokimi  Sulton  Mahmudxon 

mavqeining kuchayishi natijasida Shayboniylar Xisor va Badaxshonda mustaxkam 

o„rnasha  olmadilar.  1503-yilning  bahorida  Shayboniyxon  Toshkentni  bosib  olish 

uchun  yurish  boshlaydi.  Sulton  Mahmudxon  jangda  mag„lubiyatga  uchrab  inisi 

Sulton  Ahmadxon  bilan  asirga  tushadi.  Shayboniyxon  xonlarni  avf  etib,  ularni 

ozod qilib yubordi. 

1503-yilning  noyabr  oyida  Kerki  degan  yerga  Amudaryodan  kechib  o„tib 

osonlik bilan Antihudni qo„lga kiritib oldi va Balxni qamal qildi. Badiizzamon esa 

Shayboniyxon  Amudaryoning  so„l  sohilida  paydo  bo„lishidan  ancha  ilgari  Balxni 

tark  etib  shahar  mudofaasini  o„g„li  Muhammad  zamon  Mirzo  vaziri  Xoja 

Jaloliddin va boshqa amirlarga topshirib o„zi Jo„z darasaida o„rnashib oldi. U yerda 

u  Sulton  Xusaynning  ko„rsatmasiga  muvofiq  ish  yuritgan  bo„lsa  kerak.  Chunki, 

masalan:  Bobur  Mirzo  Sulton  Xusaynning  o„ziga  Badiizzamon  va  Xusravshohga 

yo„llagan nomasi haqida so„zlab jumladan, shunday deyilganligini aytadi: “Sulton 

Axmad Mirzo va Ulug„bek Mirzo og„a ishlar ittifoq qilib yurganda men Murg„ob 

yoqasini  berkitdim.  Mirzolar  yovuq  yotib  hech  ish  qila  olmay  yondilar.  Agar 

o„zbek mutavvajjiq bo„lsa, men Murg„ob  daryosini berkitay. Badiizzamon Mirzo 



 

24 


– Balx va Shobirg„on hamda Antihud qo„rg„onlariga mazbut kishilarini quyub o„zi 

Go„rvon  va  Darayi  zangda  u  Qo„histonni  berkitsun.  Sen  Kohmard  Ajarda  ul 

Kuhpolni  berkitib  Xusrav  shoh  Xisor  va  Qunduz  qo„rg„onlarida  e‟timodiy 

kishilarni qo„yub o„zi va inisi Badaxshon va Xatlon tog„larini berkitsunlar. O„zbek 

ish qilolmay yong„usidur”

1

 Shayboniyxon Balxni qamal qildi. Lekin uni ololmadi 



va  qo„shinlarni  Movarounnaxrga  olib  ketishga  majbur  bo„ldi.  Bunga  sabab 

Andijonda  Sulton  Axmad  Tanbal  Shayboniyxonga  qarshi  isyon  boshladi. 

Shayboniyxon  qo„shinlari  bilan  Andijonni  qamal  qildi,  qattiq  janglardan  keyin 

shahar  egallanib,  Sulton  Ahmad  Tanbal  og„a-inilari  bilan  qatl  etildi.  Andijonga 

Jonibek Sulton xokim etib  tayinlandi.  

Shayboniyxon  1504-yilning  bahorida  Xisorga  yurish  boshlagan.  Lekin  hech 

qanday qarshilikka uchramay uning poytaxti Xisori Shodmonni egalladi. Bag„lon, 

Qunduz va Badaxshonni zabt etish uchun u Mahmud Sulton va Muhammad Temur 

sultonlarni  yubordi.  Xusravshoh  ularning  xujumiga  dosh  berolmay  Qunduzni  o„z 

xoliga tashlab o„sha paytda Farxor qal‟asiga joylashgan Mirzo Boburning panohiga 

qochib  bordi.  Shayboniylar  sipohi  o„shanda  Arxang  va  Badaxshonning  katta 

qismini fath etdi. Ilgari Xusravshohga tobe bo„lgan viloyatlarni Shayboniyxon o„z 

yaqin  qrindoshlari  o„rtasida  taqsimlab  berdi.  Masalan,  Qunduz,  Bag„lon  va 

Badaxshonni  zabt  etilgan  qismini  inisi  Mahmud  Sultonga,  Xisorni  Xamza 

Sultonga, Chag„onyonni Mahdiy Sultonga in‟om etdi. 

Xusravshoh  haqida  gapiradigan  bo„lsak,  u  Qunduzni  qamal  qilishga  otlanib 

shahardan ikki yag„och naridagi Xoja Chortoq degan yerni qarorgoh qildi. Qunduz 

xokimi  Qamarbiy    Soli  saroyga  Xamza  sulton  huzuriga  yordam  so„rab  chopar 

yubordi.  Xamza  Sulton  Qunduzga  ko„p  sonli  lashkar  bilan  Matlab  Sulton  va 

Mamoq  Sultonni  yubordi.  Oxir-oqibat  Xusravshox  mag„lubiyatga  uchrab  asir 

olindi.  Uni  shahar  ko„chalari  va  bozorlaridan  sharmandai-sharmisor  qilib  olib 

o„tdilar. So„ng boshini tanidan judo qildilar. 

1505-yilning qishida boshlangan Xorazm qamali xuddi Samarqand qamalidek 

olti oy cho„zildi. Xorazm xokimi Chin So„fi mardona jang qildi.  

                                                 

1

 



Z.M. Bobur “Boburnoma” 117-bet

 



 

25 


Lekin  Shayboniyxon  oltinchi  oy  boshida  yetib  kelgan  yangi  kuchlar 

yordamida  uni  yengishga  muyassar  bo„ldi.  Xon  Xorazmni  Kupakbiyga  berib  o„zi 

Samarqandga  qaytdi.  Bobosi  saltanatining  asosi  bo„lmish  yerlarni  birin-ketin 

egallab  zo„rayib  borayotgan  Shayboniyxonning  harakatlari  Xuroson  xukmdori 

Sulton Boyqaro ko„ngliga g„ulg„ula soldi. U Shayboniylarga qarshi chiqishga ahd 

qildi. 


  Shayboniyxonning  Balxga  qarab  yo„lga  chiqqanini  eshitib,  jangga  otlangan 

Xusayn  Boyqaro  912-yilning  Zulhijja  oyida  –  1506-yilning        5-mayida  yo„lda 

qazo qildi. O„sha yilning noyabrida Balx to„rt oylik qamalidan keyin Shaybniyxon 

qo„liga  o„tdi.  Sulton  Xusayn  o„zining  to„ng„ich  o„g„li  Badio„zzamonni  

valiaxdlikka  belgilagan  edi.  Biroq  uning  qazosidan  so„ng  Hirot  saroyida  nufuzli 

o„rin  tutgan  Xadichabegim  –  o„lgan  Mirzoning  bevasi  xiyla-yu  nayranglari  bilan 

o„z  o„g„li  Muzaffar  Mirzoni  taxtga  o„tkazdi.  “Badiizzamon  Mirzo  bilan  Xusayn 

mirzo Hirot taxtida Bashirkat podshoh qildilar”

1

.   


  1507-yilning may oyida Shayboniyxon katta qo„shin bilan Xuroson poytaxti 

Hirotga  yurish  boshladi.  Qorabog„da  bo„lib  o„tgan  janglarda Ubaydulla  Sulton va 

Muxammad  Temur  Sulton  temuriylar  qo„shinini  tor-mor  etdi.  Badiuzzamon 

Hirotga kirmay Qandahorga qarab qochdi. 

  Muzaffar  Xusayn  esa  jang  payti  shaharga  yetib  shayxul  islom  Sayfiddin 

Axmad  Taftozoniyning  bog„iga  qo„ndi.  O„sha  zaxoti  u  o„z  huzuriga  qozi 

Ixtiyoriddin  boshliq  shahar  mudofaasini  tashkil  qilishda  ko„mak  so„radi.  Ammo 

chaqirganlar  bunga  ko„nmaganlardan  so„ng,  badbaxt  shaxzoda  Astrobodga  qarab 

qochdi.  Shayboniyxon  boshchiligidagi  ellik  ming  kishilik  qo„shin  tez  orada  Hirot 

yaqiniga  yetdi.  Hirotning  ko„zga  ko„ringan  ayonlari  shahar  kalitlarini  xonga 

topshirdi.  Shunday  qilib,  1507-yil  may  oyining  oxirida  Hirot  egallanib 

Shayboniyxon nomiga xutba o„qildi. 

1507-1508-yillarda  Shayboniyxon  Jom,  Marv,  Mashhad,  Sabzavor  va 

Damg„onni  qo„lga  kiritdi.  Xon  yangi  zabt  etilgan  yerlarni  o„z  farzandlari, 

birodarlari  va  sultonlarga  bo„lib  berdi.  Hirot  –  Jonvafobiyga,  Marv  – 

                                                 

1

 

Z.M. Bobur “Boburnoma” 165-bet



 


 

26 


Qubiznaymanga,  Balx  –  Xorazmlik  Sultonshohga,  Xisor    atrofi  bilan  Mahdiy 

Sulton  va  Hamza  Sultonlarga,  Qunduz  –  Ahmad  Sultonga,  Toshkent  – 

Suyunchxo„jaxonga,  Axsi  –  Jonibek  Sultonga,  Andijon  –  Mahmud  Sultonga, 

Xorazm – Qushchi Kupakbiyga, Turkiston – Ko„chkinchixonga berildi. 

Buxoro  va  Qorako„l  noibligi  Shayboniyxon  ukasi  Sulton  Mahmudga  butun 

mamlakatning javohiri Samarqand bilan Kesh va Miyonka Ayoltiy bilan birgalikda 

o„g„li Muhammad Temur saltanatiga  berildi. Biroq Movoraunnahr bilan Xuroson 

mulkining yangi egasi bo„lmish Muhammad  Shayboniyxonning har bir harakatini 

ziyraklik bilan  kuzatib  turgan  shaxs  allaqanchalar  tarix  sahnasida  mavjud  edi. Bu 

shaxs  juda  yoshligidayoq  Shirvonshoh  taxtini  keyin  esa  Eron  taxtini  qo„lga 

kiritishga muvaffaq bo„lgan shoh Ismoil (1510-1524) edi. 

XV  asr  oxiri  XVI    asr  boshlarida  nafaqat  Turkiston  balki  Eronda  ham  katta 

siyosiy  o„zgarishlar  yuz  beradi.  Chunonchi,  G„qrbiy  Eronda  xokimiyatga  yangi 

siyosiy kuch - Safaviylar (qizil boshlar) keladi. Garchi manbalarda Safaviylarning 

(1501-1732)  kelib  chiqishi  haqida  turlicha  talqinlar  mavjud  bo„lsa-da,  (masalan: 

Safaviylar  sulolasi  nasabini  arablar,  kurtlar,  turklar  bilan  bog„lash  hollari  bor), 

ammo  bir  narsa  fanda  aniq,  ya‟ni  Safaviylar  kichik  Osiyo  va  O„rta  sharqdagi 

muayyan  bir  turkiy  harbiy-siyosiy  kuchlarga  suyanganlar.  Ular  ko„magida 

xokimiyatga kelganlar, ular yordamida xokimiyatni boshqarganlar

1



 Ularning  qizil  boshli  deyilishiga  sabab  –  bosh  kiyimlarining  qizil  rangda 

bo„lganligidandir. Zero, Kichik Osiyo qavmlarining  XIII – XIV asrlardayoq Qizil 

quloq kiyib, yurganliklari ma‟lum. 

Shayboniyxonning  Movoraunnaxr-u,  Xurosonni  qulga  kiritishi  shoh  Ismoil 

uchun navbatdagi urush ular o„rtasida bo„lajagini bildiradi. Keyingi voqealar  shoh 

taxminini isbotladi. Shoh Ismoil davlatida har bir masjidda shia imonlarining nomi 

xutbaga  qo„shib  o„qitilishi  qonun  kuchiga  kirgan  edi.  Shayboniyxon  esa  sun‟iy 

mazham  tarafdori  sifatida    bunday  shakkoklikka  tezroq  barham  berilishini  aks 

                                                 

1

 



Farrux  Sumer.  Safaviy  davlatining  barpo  bo„lishi  va  rivojlanishida  anadulu  turklarning  roli. 

Anqara 1992-yil. b -42  

 



 

27 


xolda  urush  boshlajagini  aytib  Shohismoilga  tahdidli  maktublar  jo„nata  boshladi. 

Shayboniyxon  o„z  maktublariga  Safaviylar  hukmdorligida  o„ziga  tobe  sultonlarga 

murojaat qilganidek, bepisand tarzda undan Makkaga borib tavba qilib, kaytishini 

o„z  nomini    xutbaga  qo„shib  o„qitishini  o„ziga  loyiq  sovg„alar  hozirlab  xuzuriga 

bosh  egib  kelishini  talab,  iddaoli  ko„rsatmalar  berardi.  Shoh  Ismoil  bu  maktubni 

javobsiz  qoldirgan,  shekilli  Shayboniyxon  buni  uning  zaifligiga  yo„yib  qo„l 

ostidagi  keng  mamlakatni  yanada  kengaytirish  payiga  tushdi.  Xurosonning 

janubidagi  shafqatsiz  o„zbek  o„rdusi  Qandahorning  nariga  tarafiga  kechib  o„tdi. 

Shu  tariqa xirmon ustiga xujumga hozirlik ko„rilayotganiga Shox Ismoil xujumni 

to„xtatish  qasdi  bilan  javob  berdi.  Sufiga  Kashkul  va  Hassa  yuborib  quyidagi 

maktubni  yozdi:  “Bu  hodisalarni  qabul  et,  ular  sening  otangdan  qolgan  meros 

alomatlaridir.  Ammo  menga  kelganda  men  o„zimning  ulug„  mashhur  bobom 

Chingizxondan  meros  qilich  bilan  xokimiyat  oldim.  Agar  sen  o„zingning 

tilanchilik davoingdan rozi bo„lmasang o„z-o„zingdan o„pkala”. 

  1509-yilning  Shoh  Ismoil  g„azabga  to„la  bir  maktub  bitib  Shayboniyxonga 

jo„natdi. Maktubda pand-nasihat kor qilmagani uchun xonning tazirini qilich zarbi 

bilan berib qo„yish lozim deb topilganini ma‟lum qildi. Ammo maktub junatishga, 

jo„natib o„zi qulay vaziyatni kutdi. Shunday qulay vaziyat haqida xufiyalar xabar 

keltirdi. Ulardan Shayboniyxon  qo„shinining asosiysi Dashti Qipchoqdagi Qozoq 

va  mug„ul  xonlari  bilan  jangu-suronni  ovora  ekanligini  xonning  o„zi  rahbarlik 

qilayotgan  qo„shin  esa  Feruzqo„zi  qabilasining  isyoni  sababli  Janubga    harakat 

qilishdan  to„xtaganligini  eshitishi  bilan  Shoh  Ismoil  Qizil  boshlar  qo„shinini 

boshlab  Xuroson  sarhadlariga  bostirib  kirdi.  Shoh  Ismoilning  bosib  kelayotganini 

eshitgan 

Muhammad 

Shayboniyxon 

Marvga 

ketdi. 


Shayboniyxon 

Movoraunnaxrga  choparlar  yuborib,  sultonlarni  qo„shinlari  bilan  tezda  kelib 

yetishini  aytdi.  Lekin,  sultonlar  o„z  vaqtida  yetib  kelmadi.  Bunga  sabab 

Shayboniyxon Sultonlarni o„zboshimchaliklari uchun vazifalaridan chetlashtirilgan 

edi.  Jumladan,  Ubaydullo  Sulton  Buxoro  xokimligidan,  Jonibek  Sulton  Andijon  

xokimligidan  va  –  Ko„chkinchixon  Turkiston  xokimligidan  olib    tashlangan  edi. 




 

28 


Qo„shinlarida  bu  sultonlarning  ta‟siri  kuchli  bo„lib,  ular  xonning    bu  siyosatidan 

norozi edilar. 

  Shoh  Ismoil  Marv  qo„rg„onida  qamalib  olgan  Shayboniyxonni  xiyla  bilan 

qal‟adan tashqariga chiqardi va uning qo„shiniga jiddiy shikast yetkazdi. Mana shu 

jang  so„ngida  bo„yniga  o„ralgan  qilich  ziyoni  bilan  o„zbeklar  hukmdori  xalok 

bo„ldi. Bu voqea 1510-yilning 6-fevralida sodir bo„ldi. 

  Abu  Tohirho„ja  “Samariya”  asarida  yozishicha,  Shayboniyxonning  o„g„li 

Muhammad Temurxon otasining murdasini keltirib o„z xotini Mahdiy Ulyaxonim 

soldirgan  madrasa  hovlisida  tuproqqa  topshiradi.  Shundan  buyon  bu  madrasa 

Shayboniyxon madrasasi nomi bilan atala boshlandi. 

  Shunday  qilib,  Muhammad  Shayboniyxon  Eron  bosqinchilariga  qarshi 

tengsiz janglarda dinimiz yo„lida qahramonlarcha xalok bo„ldi. U boshlab bergan 

sulola tariximizda Shayboniylar sulolasi nomi bilan ataldi. 

  Muhammad Shayboniyxon o„limidan so„ng taxtga Abdulxayrxonning o„g„li 

Ko„chkinchixon  (1510-1530)  marhumning  amakisi  chiqardi.  Garchi  u  rasman  20 

yil  mamlakatni  boshqargan  bo„lsa-da,  ammo  sulola  ichida  mavjud  ba‟zi  bir 

qarama-qarshiliklar  sabab,  Shayboniylar  Muhammad  Shayboniyxon  zamonidek 

qat‟iy ichki va tashqi siyosat yurgiza olmaganlar.

1

  

  Shoh  Ismoil  Hirotni  olgach,  Badaxshon,  Qobul,  Qandaxorni  ham  egalladi. 



Tez  orada  Shayboniylar  va  Eroniylar  o„rtasida  sulh  bitimi  tuzildi,  unga  binoan 

Amudaryoning  chap  tomoni  Eroniylarniki,  qilib  belgilandi.  Sulh  natijasida 

Xuroson  Shayboniylar  qo„lidan  ketdi.  Bobur    -  Movoraunnaxrni  egallash  uchun 

shoh Ismoil bilan ittifoqlashdi. Bobur 1511-yili xon Mirzo ibn Sulton Mirzoni shoh 

Ismoil  huzuriga  yubordi.  U  bilan  hayrihoxlik,  itoatkorlikni  ifodalovchi  ariza  ham 

yuboriyu yordam so„radi. Shoh Ismoil Bobur Mirzo iltimosini ortig„i bilan  bajarib 

o„z askarlaridan xon Mirzoga hamroh qildi. Mirzo qo„shin bilan Xurosonga yetib 

keladi.  Bobur  bularning  yordamiga  tayanib  Xisor  ustiga  qo„shin  tortdi.  Xisorni 

boshqargan  Xamza  Sulton  va  Mahdiy  Sulton  dushmanlarning  kelishlaridan  ogoh 

bo„lib bu xodisani ma‟lum  qilish uchun Samarqand va Buxoroga odam yubordilar. 

                                                 

1

 Ahmedov B. “O‟zbekiston tarixi manbalari”. T., 2001 yil. b – 68. 




 

29 


O„zlari  esa  dushmanga  qarshi  chikdilar.  Surxob  daryosining  so„l  irmog„i  obi 

Hingov ustiga qurilgan bo„sh Sangin deb atalgan Tosh ko„prik ustida bu 2-qo„shin 

to„qnashdi.  Bobur  bu  jangda  g„alaba  qilib  Xamza  Sulton  Mahdiy  Xisor 

mamlakatini bosib oldi. 

   Bobur  Mirzo  Samarqandga  kirgan  kuniyoq  shoh  Ismoilning  shoh 

Ismoilning  qat‟iy  talablaridan  birinchisini  bajardi  –  Samarqanddagi  Jome‟ 

masjidida  o„n  ikki  Shia  imomlarining  va  shoh  Ismoilning  nomi  xutbaga  qo„shib 

o„qitildi. Bobur Mirzoning Samarqand jome‟ masjidida o„n ikki shia imomi nomini 

xutbaga qo„ydirib o„qitishi Samarqandliklar orasida norozilik uyg„otdi. Ikki o„t  – 

Vatan mehri va taxt da‟vosi o„rtasida qolgan Samarqand bilan Buxoro oralig„ida ot 

choptirib  yurib  o„zbek  sultonlari  hujumlarini  qaytirish  o„z  mavqeini 

mustahkamlash    uchun  qanchalik  urinmasin  qilgan  xatti-harakatlarini  mahalliy 

xalq tomonidan qo„llab-quvvatlanmadi. 

  Bobru  Mirzo  Turon  saltanati    poytaxtiga    qizilboshlilar  vasalli  sifatida 

kirganidan    norozi  bo„lgan  Samarqand  kazo-kazolari  xususan,  Shayboniyxonga 

yaqin 


kishilardan 

bo„lmish 

Xo„ja 

Nizom 


boshchiligidagi 

odamlar 


Ubaydulloxonning  Samarqandga    kelishini  so„raydi.  Ko„li  Malikda  Ubaydullo 

Sulton,  Temur  Sulton,  Jonibek  Sulton  boshliq  Shayboniylar  qo„shini  bilan  Bobur 

o„rtasida  jang  bo„lib  o„tadi.  Bu  jangda  Bobur  mag„lubiyatga  uchrab,  Xisorga 

chekinadi.  U  yana  Shoh  Ismoil  huzuriga  odam  yuborib  undan  yordam  so„raydi. 

Shox  Ismoil  uning  iltimosini  yerda  koldirmaydi  va  o„zining  bosh  amiri  Najmi 

Soniy  boshchiligidagi  80  ming  qo„shinni  yordamga  jo„natadi. Bobur  Mirzo  mana 

shu amir boshchiligidagi qo„shin bilan dastlab Qarshi shahrini qamal qiladi. Najmi 

Soniy qo„shni Ubaydulloxon va Jonibek Sulton Karmana atrofida Ko„chkinchixon 

bilan  Temur  Sulton  boshliq  boshqa  o„zbek  sultonlari  Miyonkolda  edilar. 

Miyonkoldan  yo„lga  chiqqan  Temur  Sulton  va  Abu  Saidxon  ildam  yurib, 

G„ijduvon qal‟asiga kirib uni istexkomga aylantirdilar. Najmi Soniy qo„shini yetib 

kelib qal‟ani qamal qiladi. Qarshi shahri egallanib aholisi qilichdan o„tkaziladi. Bu 

jangda  Shayboniylarning  qo„li  baland  kelib  Eroniylarni  mag„lubiyatga  uchratadi. 

Najmi  Soniy  jangda  o„ldiriladi.  Sakkiz  oylik  Bobur  xokimiyatidan  keyin 




 

30 


Samarqand  yanak  Shayboniylar  qo„liga  o„tadi.  Bobur  xavfni  qaytarishda 

Muxammad  Shayboniyxonning  jiyani  Ubaydullo  Sulton  jonbozlik  ko„rsatadi. 

Umuman,  olganda,  xuddi  mana  shu  sulton  oliy  taxtga  o„tirganga  qadar 

Shayboniylarni  ichki  va  tashqi  siyosatga  e‟tiborga  molik  tadbirlarni  amalga 

oshirolmaganlar.  1530-yilda  Ko„chkinchixon  vafot  etadi.  Vafotidan  keyin  1530-

1533  yillarda  Ko„chkinchixonning  o„g„li  Abu  said  xukmronlik  qiladi.  1533-yili  

uning  vafotidan  so„ng  oliy  xokimiyatga  ya‟ni  Movoraunnaxr  taxtiga  Ubaydullo 

keladi.  Shunda  ham  osonlik  bilan  emas,  chunonchi  poytaxt    Samarqandda 

o„rnashib  olgan  Ko„chkinchixon  avlodlari  uning  shaharga  kirib,  rasm  bo„yicha 

taxtga chiqishiga to„sqinlik qilganliklari sabab Ubaydullo Buxoroda Oliy xukmdor 

deb e‟lon qilinadi. 

  Demak,  poytaxt  ham  o„sha  yoqqa  ko„chadi.  G„ayratli  va  uddaburon 

Ubaydulloxon  (1533-1539)  mamlakat  ichkarisida  tartib  o„rnatishda  va  ayniqsa 

Xurosonda  Movoraunnahrning  ilgarigi  mavqeini  mustahkamlashda  ko„p 

tadbirkorni  amalga  oshiradi.  Ubaydulloxon  davrida    Eronga  va  Xorazmga  bir 

necha  bor  harbiy    yurishlar  uyushtirildi.  Hirot,  Mashhad  kabi  shaharlar  ham 

egallanib  keyinchalik  qo„ldan  ketdi.  Bu  davrda  Sultonlarning  o„zboshimcha 

xarakatlariga barham berilib mustahkam davlat boqaruvi joriy etildi. Ubaydulloxon 

vafotidan  keyin  Movoraunnahrda  feodal  tarqoqlik  kuchaydi.  Xokimiyat  tepasiga 

Ko„chkinchixonning 

o„g„li 

Abdullaxon 

(1539-1540)  keladi.   

Lekin 


Abdullaxonning  xukmronligi  6  oydan  oshmaydi.  U  vafot  etgach,  mamlakatda 

qo„sh  xokimiyatchilik  boshlanadi.  Buxoroda  Ubaydulloxonning  o„g„li 

Abdulazizxon  (1540-1550)  Samarqandda  Shayboniy  sultonlarning  xokimiyat 

uchun  kurashsh  shu  qadar  kuchayib  ketadi.  Bu  vaqtda  Toshkent  va  Turkistonda 

Navro„z  Axmadxon  (1551-1556),  Karmana  va  Minkolda  Abdullaxonning  otasi 

Iskandarxon (1561-1583), Balxda Pirmuxammadxon (1557-1561) Nasaf viloyatida 

Abdullaxonning  amakivachchasi  Qilich  Qora  Sulton,  Xisor  va  Badaxshonda 

Shayboniyxonning  nabirasi  Burxon  sulton  (1550-1556)  mustaqil  xokim  edilar. 

Oliy  hukmdor  sifatida  rasman  Abdulloxon  II  ning  amakisi  Pirmuhammadxon, 



 

31 


1561  yili  esa  otasi  Iskandarxon  e‟lon  yilingan  bo„lsa-da,  ammo  amaldagi  siyosat 

tuguni Abdulloxon  II ixtiyorida edi

1



  Rasmiy  xon  sifatida  esa  u  faqat  1583  yili  ya‟ni  otasi  o„limidan  so„ng  oliy 



taxtga chiqadi. 

  Abdulloxon  II  so„nggi  20  yil  davomida  siyosiy  boshbadoqlik  natijasida 

parchalangan  mamlakat  qilib,  bu  yo„lda  ko„p  va  muvaffaqiyatli,  shu  bilan  birga 

mashaqqatli  harakatlarini  amalga  oshirgan  buyul  siyosiy  davlat  arbobidir.  U 

Samarqand,  Shaxrisabz,  Farg„ona,  Toshkent,  Xorazm,  Termez  kabi    viloyatlarni 

poytaxt  Buxoro  atrofida  birlashtirish  yo„lida  harbiy-siyosiy  tadbirlarni  ruyobga 

chiqaradi.  Bu  siyosatning  murakkabliligi  nechog„lik  bo„lganini  shundan  ham 

ko„rsa  bo„ladiki,  1578-yili  ya‟ni  faol  siyosat  yurgiza  boshlaganidan  20  yil 

o„tganidan  keyin  ham  Samarqand,  Xorazmni  poytaxt  ixtiyorida  saqlab  qolishdek 

yumushlarini bajarishga majbur bo„lgan. Xorazmni Markaziy  xokimiyat doirasiga 

kiritish uchun -  uch marotaba uringan va oxiri maqsadiga 1596- yilda o„limidan 2 

yil  burungina  erishganini  olaylik.  Xullas,  mamlakat  siyosiy  yaxlitligiga  erishish 

oson kechmagan. 

Abdullaxon    II  Amir  Temurdan  so„ng  Dashti  Qipchoqqa  nisbatan  qat‟iy 

siyosat yurgiza olgan yagona  va so„nggi davlat arbobi hisoblanadi.  Chunonchi, u 

1582-yili  mazkur  yo„nalishda  Buxoro  xokimiyatini  tiklash  niyatida  harbiy  yurish 

uyuushtirib,  ulug„  toqqa  (hozirgi  Qarag„anda  viloyatining  g„arbida  Sariq  suv 

daryosining shimolida joylashgan tog„lik) boradi. Manbalarda shu munosabat bilan 

qiziq ma‟lumot bor. Abdullaxon II ulug„ toqqa  yetib borgach, tog„ tepasidagi bir 

minorada  bitilgan  quyidagi  so„zlarga  ko„zi  tushadi:  “Tarix  yetti  yuz  to„qson 

uchinda qo„y yili, yozning ora oyi Turon Sultoni, Temurbek ikki yuz ming cherik 

bila To„xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo„lsin deb 

bu  minorani  qurdirdi.  Tangri  nusrat  bergay,  inshoollox  Tangri  el  kishiga  rahmat 

qilg„ay, bizni duo bilan yod qilgay”

2



                                                 



1

 

Hofiz Tanish Buxoriy



 

“Abdullanoma” 1-jild 139, 299-betlar. 

2

 

Abulg‟ozi Bahodirxon



 

“Shajarai turk” 143-bet. 




 

32 


Mazkur  bitiklar  1391-yili  Amir  Temur  To„xtamishxonga  qarshi  lashkar 

tortgan  kezi  shu  tog„  ustiga  chiqib  be  yerda  bir  minora  qurdirib  unga  yozdirgan 

xotira  so„zlari  edi.  Abdullaxon  II  Sohibqiron  haqida  duolar  o„qittirib,  o„zi  ham 

Qarshi  tomonda  minora  qurishga  buyruq  beradi  va  unga  “Kimki  bu  manzilga 

qadam  qo„ysa,  xayrli  duo  ila  yod  aylasin”  degan  so„zlarini  uydirtiradi”    Mazkur 

guvohliklar  Abdullaxon  II  ning  Amir  Temur  davri  Turon  zamin  shuhrati  va 

qudratini  tiklash  niyatini  nechog„lik  baland  bo„lganligidan  dalolatdir.  Firkimiz 

isboti  sifatida  Abdullaxon  II  ning  1563-yiliyoq  Shayboniy  Ko„chkinchixonga 

lashkar  berib  uni  Sibir  xonligida  xokimiyatga  kelishida  qo„llab-quvvatlaganligi 

hamda  Sibir  xonligining  Buxoro  bilan  yaqindan  siyosiy,  iqtisodiy  va  diniy 

aloqalarda  bo„lganligini  keltirish  mumkin.  Agar  biz,  Abdullaxon  II  ning  80-

yillarda  Xurosonda,  ayniqsa  uning  markazlari  Hirot,  Mashxadda  90-yillarda  esa 

Seyiston Garmsir va Xilmant  daryosigacha bo„lgan yerlarda Buxoro xokimiyatini 

o„rnatgani Qandaxorga qamal qilganini nazarda tutsak, u xolda biz Abdullaxon II 

davrida  ulug„  tog„dan  Xilmant  daryosigacha,  Sibir  daryosidan  Mashhadgacha 

bo„lgan  xokimiyat  –  Buxoro  qo„l  ostida  birlashganini  guvohi  bo„lamiz.  Bunday 

natijaga Amir Temurdan so„ng Abdullaxon II erishdi.  

Abdulloxon  II  1598-yili  65-yoshida  vafot  etdi.  Umrining  so„nggi  yillarida  u 

o„g„li  va  valiy  ahdi  Abdulmo„min  (1568  yilda  tug„ilgan)  bilan  biroz  qarama-

qarshilikda  bo„lgani ma‟lum. Aniqrog„i  manbalarda  berilgan  ma‟lumotlarga ko„ra 

Shayboniylar  orasida  mardlik,  shijoat,  benazir  Abdulmo„min  otasidan  oliy  taxtni 

talab  qila boshlaydi. Yuqorida  aytilgan  Iskandarxon  rasman  oliy  xukmdor  bo„lsa-

da  ammo  amaliy  ishni  Abdulloxon  II  ning  o„zi  bajarganini  vaj  qilib  olgan 

Abdumo„min  niyatidan  qaytmay  oliy  taxt  uchun  ochiqchasiga  bo„lmasa  ham  har 

holda  ko„p  uringan.  Lekin,  tez  orada  otasining  kuni  bitib,  1598-yili  u  rasman 

xonlik kursiga o„tiradi. 

Abdulmo„min  o„z  mavqeini  mustahkamlash  yo„lida  taxtga  da‟vogarlik 

yillarida otasi tomon bo„lgan ba‟zi amallarni qatl ettirdi. Bu bilan ham cheklanmay 

xatto Shayboniy shahzodalarni ham ayamaydi. So„ng esa saltanat ishlariga kirishib, 

avval  shu  yili  Toshkentda  yuz  bergan  Shayboniy  sultonlar  isyonini  bostiradi. 




 

33 


Keyin  Xurosonda  o„z  mavqeini  mustahkamlash  yo„lida  yo„lga  chiqaradi.  O„sha 

davr  tarixchilarining  guvohlik  berishicha,  Abdulmo„min  qiziqqon,  cho„rtkesar 

shaxs bo„lib, otasi davrida xuzur halovat va taqvoga o„rganib qolgan Buxorolik bir 

qator beklarning payiga tushgan. Ular buni  sezib mazkur Xuroson yo„liga chiqqan 

O„ratepa va Zomin oralig„iga  yetgan. Abdulmo„minga qarshi suiqasd uyuushtirib 

uni  o„ldirganlar.  Taxtga  so„nggi  Shayboniy  hukmdor  Pirmuhammadxon  chiqadi. 

Oradan 2 yilcha vaqt o„tib, 1601 yili Samarqand xokimi Boqi Muhammad  taqdiri 

bilan  birga  umuman    Shayboniylar  sulolasi  taqdiri  hal  bo„ladi.  Zero,  Boqi 

Muhammad  boshqa  bir  sulola  –  Ashtarxoniylar  sulolasi  edi.  Demak,  1601  yili 

mamlakatimiz siyosiy sahnasiga yangi sulola - Ashtarxoniylar sulolasi chiqadi.  



  Shunday  qilib,  1500-1601  yillargacha  Movoraunnaxrda  xukmronlik  qilgan 

Shayboniylar sulolasi hukmronligiga barham berildi. 

  Shayboniylar  davri  –  davlat  boshqaruvi    masalasiga  to„xtaladigan  bo„lsak, 

oliy  –  davlat  idorasi  dargoh  hisoblangan.  Uning  tepasida  Oliy  hukmdorlar  –  xon 

turgan. Oliy hukmdorlik otadan bolaga emas, balki suloladagi eng ulug„  yoshdagi 

namoyondaga  o„tishi  tartibi  dastlabki  Shayboniylar  davrida  saqlangan  bo„lsa-da 

asosan  XVI    asrning  40-yillaridan  boshlab  sulola  ichidagi  ommaviy  an‟ana  ustun 

chiqa  boshlagan.  Abdullaxon    II  davriga  kelib  esa  bu  halokat  aniq  bir  shaklga 

tushgan.  (Bu  yerda  rasmiy  xokimiyatni  Iskandarxon  o„g„li  Abdullaxonga  va 

Abdulloxondan Abdulmo„minga o„tganini nazarda tutmoqdaman). 

  Dargohdagi  xondan  keyingi  muhim  davlat  vazifasi  -  naqib  xisoblangan. 

Tarjimada  sardor,  boshliq,  yetakchi  ma‟nosini  beruvchi  naqiblik  mansabi  amalda 

ancha  keng  mazmun  va  vakolatga  ega  bo„lgan.  Naqib  xonning  eng  yaqin  va 

ishonchli  kishilaridan  hisoblangan.  Rasmiy  qabul  marosimlarida  uning  oliy 

xukmdorlaridan  chap  tomonidan  birinchi  bo„lib  joy  olishi  Naqibning  dargohda 

tutgan  yuksak  maqomidan  dalolatdir.  Xonning  farmon,  yorliqlarida  ham  Naqib 

nomi birinchi bo„lib zakr etilgan. 

  Davlat  ahamiyatiga  molik  mansablardan  yana  biri  Otaliqdir.  Nomidan 

ko„rinib  turibdiki,  Otaliq  qilmoq,  otasining  o„rnini  bosmoq  mazmunini  beruvchi 



 

34 


mazkur  lavozim  Markaziy  xokimiyatning  viloyatlardagi  siyosatini  belgilashda 

katta ahamiyat kasb etgan.  

  Oliy Hukmdor chiqargan hukmlar, yorliqlar va boshqa rasmiy xujjatlarni o„z 

egalariga yetkazish tartiblariga parvonachi javobgar bo„lgan. Urush paytlarida esa 

ular harbiy yetakchilik vazifalar bilan ham shug„ullangan. 

  Dargohga  tushgan  arizalarni  qabul  qilish  ularga    javobini  berish  hamda 

mamlakatdagi  ijtimoiy  adolat  tartiblariga  rioya  qilishning  nazorati  kabi 

yumushlariga  Dodgoh  mutasaddi  edi.  Shuningdek, u  elchilarni  qabul  qilish, hatto 

shaxsan elchi sifatida boshqa mamlakatlarga borib kelishini amalga oshirgan.  

  Dargohdagi  yana  bir  muhim  lavozimlardan  biri  bu  –  Ko„kaldosh 

hisoblanadi. 

  Ular  Oliy  xukmdorlarga  va  rasmiy  sulolaga  eng  yaqin  kishilardan  bo„lgan. 

Bir so„z bilan  aytganda,  mazkur  maqom  vazifasi  mamlakatda Oliy  hukmdor  olib 

borayotgan  siyosiy  daxlsizligi  unga  kishilarning  munosabati  bilan  bog„liq 

yumushlardan iborat bo„lgan. 

  Sulola  ichki  munosabatlariga  oid  tadbirlar,  chunonchi,  oliy  hukmdor  bilan 

shahzodalar  o„rtasidagi  aloqalarni  tashkiliy  tartibi  asosida  yo„lga  qo„yish  ishini  – 

Xon yasovuli olib borgan. 

  Dargohdagi  haqsizlik,  tartib  keldi-ketdidan  xabardorlik  kabi  tadbirlar  – 

Eshik  og„asi  kabi  ichki  taqsimotlari  bo„lgan  bu  xizmat  vakillari  urush  paytlarida 

oliy  xukmdorlarning  eng  muhim  harbiy  topshiriqlarini  ham  bajarib  borganlar. 

Dargoh  faoliyatida  katta  mavqega  ega  lavozimlardan  yana  biri  –  Shayxulislom 

bo„lib, davlat va mafkuraviy xayotda uning o„rni favqulodda edi.

1

 



  Shayboniylar  davridagi  devonlar  tizimi  haqida  fikr  yuritish  bir  oz 

mushkulroq. Xofiz Tanish Buxoriy guvohliklariga ko„ra, Devonbegi mamlakatning 

muhim  ishlaridan  Moliya,  Soliq,  Yer,  Suv  masalalari,  viloyatlar  bo„ylab 

amaldorlarga  ish  tafsimlash,  mansablarga  tayinlash  va  bularning  barchasi  haqida 

oliy hukmdorlarga har kuni hisobot berib turishi kerak bo„lgan.  

                                                 

1

 Ravshanov P. “Qashqadaryo tarixi”. T., 1995 yil. b – 165. 




 

35 


  Demak,  Devonbegi  (bosh  vazir)  nima  bo„lganda  ham  o„zining  ilgarigi 

maqomini butunlay yo„qotmaganlar. 

Shayboniylar  davrida  Movoraunnahrda  ye,  suv  munosabatlari  quyidagi 

ko„rinishlarga  ega  edi:  Davlat  mulki,  vaqif  xamda  xususiy  mulkdorlardan  iborat 

edi. Unumli yerlarning asosiy qismi xonlar ularning qarindosh urug„lari, ruhoniylar  

va hukmron sinfning boshqa namoyondasi qo„lida to„plangan edi. Dehqonchilik va 

chorvachilik xo‟jaligining asosiy tarmoqlaridan edi. 

Dehqonchilik  haqida  so„z  yuritganda  avvalo  sug„orish  ishlari  qay  darajada 

yo„lga  qo„yilganligini  aytish  joizdir.  Bunda  sug„orish  ishlarida  tabiiy  tayanch 

bo„lib  kelgan  an‟anaviy  manbalar  –  Zarafshon,  Chirchiq,  Sirdaryo,  Amudaryo, 

Vaxsh, Murg„ob daryolari imkoniyatlaridan foydalanganligi ham shubhasizdir. 

Masalan:  “Mehmonnomai  Buxoro”  muallifi  Sirdaryo  daryosi  imkonlari 

haqida  so„z  yuritar  ekan,  bu  daryoning  kechuv  joylaridan,  irmoqlaridan  ko„plab, 

katta-katta  anhorlar  qazilgan  va  suvi  bilan  atrofdagi  ekinzorlar  sug„orilganligini 

alohida ta‟kidlaydi. Sig„noq atrofini obodonlashtirishda bu yaqqol ko„rsatilgan

11



Sun‟iy  sug„oriladigan  yerlar  dehqonchilikni  rivojlantirishda  asosiy  negiz 

hisoblangan. Sug„oriladigan yerlarda paxta, bug„doy, sholi, beda, bog„dorchilik va 

sabzavotchilik yaxshi edi. 

Dehqonchilikning  bunday  turi  adirlar  va  vodiylarida  yaxshi  yo„lga  qo„yilgan 

edi.  Lalmikor  dehqonchilik,  chorvachilik  bilan  birga  olib  borilgan.  Dehqonchilik 

uchun yaroqsiz bo„lgan yerlarda, sero„t yaylovlarda chorvachilik rivojlangan. 

                                                 

1

 “Mehmonnomai Buxoro” 74 – 116 – 117 – betlar. 



 

 



 

36 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin