2 . SHAYBONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY
TARAQQIYOT
2.1.Shayboniylar davlatida ilm-fan va ta‟lim
Movoraunnahrdagi iqtisodiy va madaniy hayot haqida gap ketganda, avvalo,
aholidan turli soliqlar olinar edi, asosiy yer solig„i - xiroj hisoblanib, ho„kizdan–
foydalangani uchun – zakot to„lanardi. Amaldorlarning maoshlari uchun –
zobitona degan soliq yig„ilardi, qo„shinlarni saqlash uchun butun aholidan harbiy
soliq undirardi, bog„lar va tokzorlardan olinadigan soliq tanobnoma deb atalgan.
Ishlab chiqarishga kelsak, Shayboniylar zamonida ham tikuvchilik,
kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, duradgorlik, qog„oz, qurilish
ashyolari kabi bir qator, sohalar faoliyat ko„rsatib ichki va tashqi bozorda
sotiladigan turli xildagi mahsulotlar tayyorlangan. Bu mahsulotlar (ipak, jun, ip
gazlamalari, gilam, quruq mevalar, qorako„l va boshqalar) bilan savdogarlar Eron,
Xindiston, Arab o„lkalari, Xitoy, Qozon, Rossiya kabi o„lkalarga qatnagan.
Shayboniylar me‟morchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar.
Turli maqsadga mo„ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada
nafaqat sulola namoyandalari, balki o„z davrining ko„zga ko„ringan katta moddiy
imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi
Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko„kaldosh nomi
bilan bog„liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining ta‟mirlanishi, Mir Arab.
Abdulloxon, Modarixon, Juybor, Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja
Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko„kaldosh madrasasi,
Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko„plab
mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar,
bozorlar va boshqa qurilish ishlari bajarilganlar.
Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming
bitta ravot va sardoba qurilgan ekan
1
.
1
“Silsilot as salotin”. b – 147.
37
Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola
namoyandalarning tutgan o„rni katta bo„lgan. Avvalo, ularning o„zlari nihoyatda
o„qimishli
shaxslar
edilar.
Chunonchi,
Muhammad
Shayboniyxon,
Ko„chkinchixon, Ubaydulloxon, Abdulazitzxon kabi Shayboniylar turkiy va
forsiyda she‟r bitganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega
bo„lganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta‟limni Buxoro madrasasida
olgan. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta rag„bati bo„lgani, musiqiy asboblar
chalgani, nozik xusnixat egasi bo„lgani ma‟lum.
Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan. XVI asr tarixini yoritib
beruvchi “Tavorixi guzidai nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fathnoma”,
Binoiyning “Shayboniynoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”,
Abdulloh Nasrullohning “Zubdat al-asror”, Fazlulloh Ro„zbekxonning
“Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi ul vaqoye”, Hofiz
Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” kabi mumtoz tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir.
Bundan tashqari Muhammad Shayboniyxon davrida Binoiyning “Ajoyib ul
Maxluqot” geografik asarini ham aytishimiz mumkin, deb o„tilgan mavzuga xulosa
yasaladi.
XV asrning ikkinchi yarmida milliy – madaniy markazi bo‟lgan Hirot, XVI
asrga kelib o‟z mavqieni yo‟qotdi, avval Shayboniy, keyinchalik esa Eron shohi
Safoviy hukmdorlarning chekka shaharlaridan biriga aylanib qoldi.
Bu davrga kelib madaniy va adabiy markazlik roli Samarqand va Buxoroga
ko‟chgandi. Bu shaharlarga faqatgina O‟rta Osiyo territoriyasidangina emas, balki
Eron, Afg‟oniston, Hindiston shaharlaridan ham bu yoki u sohalarning
ishtiyoqmandlari kelar edilar. Natijada bu o‟lkada o‟sha zamon madaniyati va
adabiyotining turli sohalarida ancha – ko‟zga ko‟ringan vakillar yashab ijod
etishgan.
XVI asrda Movarounnahrda adabiyot, tarix fani me‟morchilik va tasviriy
san‟at rivojlanib bordi. Poeziya juda ravnaq topdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566
yil)ning “Muzakkir ul - ahbob” va Mutribiyning (1604 – 1605 yillar) “Tazkiroti
Shuaro” nomli O‟rta Osiyo antolgiyalari buning shohididir.
38
Bularda Samarqand, Buxoro, Toshkent va O‟rta Osiyoning boshqa
shaharlarida yashab ijod qilgan bir necha yuz adabiyot va fan arboblarining
nomlari keltirilgan. Antologiya tuzilishi bu davrda aholining madaniy saviyasi
yuksak ekanligini ko‟rsatadi.
XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahrda O‟zbek tilida adabiy va tarixiy
asarlarning paydo bo‟lishi maroqli hodisadir. “Tarixi guzidayi Nuratnoma” shu
sohadagi ilk asarlaridandir. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostoni ham
o‟zbek tilida yozilgan. Bu ikki asar, garchi Shayboniyxonning topshirig‟I va
ishtiroki bilan yozilgan bo‟lsada, har holda O‟rta Osiyo xalqlarining tarixi,
etnografiyasi va adabiyotiga doir faktlarga asoslangan juda qiziq materiallarni o‟z
ichiga olgan.
XVI asrda yashab ijod etgan shoirlardan biri, buyuk shoir, adib, tarixchi va
olim Boburdir. Boburnomani A. Beverij Boburga shunday baho bergan edi:
“… sahovatliligi, mardligi, talantligi, fanga, san‟atga muhabbati va ular bilan
muvaffaqiyatli shug‟ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podsholar ichida
Boburga teng keladigan birorta podsho topa olmaymiz”.
Bobur 12 yoshidan boshlab umrining oxirigacha deyarli uzluksiz urush va
yurishlar bilan band bo‟ldi. Lekin, shunga qaramay, u keng va chuqur bilim olgan
hamda ajoyib iste‟dodi bilan o‟z davrining yirik madaniyat arboblaridan biri bo‟lib
yashagn edi. U qaerda bo‟lmasin, doimo ilm – fan, san‟at va adabiyot oqillari bilan
yaqindan aloqa bog‟lar, ularga homiylik qilar va turli ilmiy – adabiy suhbatlar
hamda munozaralar uyushtirar edi.
Bobur 16 – 17 yoshlaridan boshlab, badiiy ijodiyot bilan shug‟ulanadi. U
“Boburnoma”da 906 – 907 yillar (1449 – 1500 yillar) voqeasi haqida so‟zlar ekan,
“ul fursatlarda biror ikki qator bayt olishuv erdim, vam g‟azal tugamaydir erdim”
deydi. Bobur o‟zbek klassik adabiyotining, ayniqsa, Alisher Navoiyning boy
adabiy merosini hamda fors, tojik adabiyoti ustoz san‟atkorlarining adabiy
tajribalarini o‟rganadi. Boburni eng yirik va eng ajoyib asari uni butun dunyoga
tanitgan. Yevropa sharqshunoslari, jumladan, X. Vamberi tomonidan Yuliy
Sezarning komentariyalari bilan bir qatorga quyilgan kitobi “Boburnoma”dir. Bu
39
asar tarixiy manba bo‟lishi bilan birga o‟zbek prozasining qimmatli yodgorligidir,
shu bilan birga “Boburnoma” geografiya, etnografiya, tabiat, xalq meditsinasi va
boshqa ilmiy sohalar boyicha ham qimmatli ma‟lumotlar beradi.
Boburning “Boburnoma”dan tashqari yana bir qancha asarlari bor, bular islom
dini huquqshunosligi va shariyat aqidalarini bayon etuvchi “Mubayyn” nomli
she‟riy risolasi “Validiya” nomi bilan atalgan tasavvufga oid kitobi “Xatti
Boburiy” nomi bilan mashhur bo‟lgan alfabit jadvalidan iborat. Shular
jumlasidandir. Abdulla ibn Muhammadning “Zubdat ul asror” nomli tarixiy asari
XVI asrning birinchi choragida majburdir. Unda Shayboniyxonning halok
bo‟lishiga olib brogan sabablardan biri – Shayboniylar lageridagi ziddiyatlar ochib
ko‟rsatilgan.
Rashididdin va Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari o‟zbek tiliga
tarjima qilinadi. Ulug‟bekka bag‟ishlangan “Muntahabi Jome” va “Tavorixiy
shoxiy” degan asarning o‟zbek tiliga tarjima qilinganligi o‟zbek tilining ta‟sir
doirasi kengayib borganidan dalolat beradi.
O‟z zamonining tarixiga doir “Sharafnomai shoxiy” degan katta asarini
Hofuz Tanish Buxoriy yozgan bo‟lib siyosiy voqealarga boy. Bu asarda O‟rta
Osiyoning ijtimoiy – iqtisodiy tarixiga oid juda ajoyib ma‟lumotlar bor.
Shuningdek, bu davrda ayrim Shayboniy hokimlari adabiy asarlar yaratishda
qatnashganlar. Shayboniyxonning o‟zi ham o‟z zamonasining o‟qimishli odami
edi. Bu haqda X. Vamberi shunday yozadi, u har holda o‟zining Eroniy
dushmanlari tarafidan ta‟sir etilganidek, nimani hohlasa, shuni bajarib yuruvchi
vahshiy bir kimsa emas edi. Masalan, u zamonning ruhoniy ulamolariga katta
hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o‟zi bilan barobar
kichkina go‟zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham doimo diniy
munozaralarga qatnashgan. Qur‟onning ba‟zi bir oyatlari haqida Hirotning
nimqadam tafsifchilari bo‟lgan qozi Ixtiyor va Muhammad Yusufga e‟tiroz ham
bildirgan edi.
1
1
// “O‟zbekistonda ijtimoiy fanlar” jo‟rnali. 2005 yil. №4.
40
Shayboniyxon Bobur aytganidek, ma‟nosiz va lazzatsiz she‟rlar yozmagan,
balkim go‟zal she‟rlar yozgan. Shayboniyxon tomonidan 1508 yilda yozilgan,
chig‟atoy Turkiy tilidagi “Bahr ul asror” (Haqqiqiy yo‟lning dengizi) nomli diniy
qasidaning yagona qo‟l yozma nusxasi Angliyaning Londondagi Britaniya muzeyi
kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qasidaning bir joyida Shayboniyxon shunday
deydi:
Dostları ilə paylaş: |