97
Beruniy
astronomiya, geografiya, ma te matika va tarix
fan
lari bo‘yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning “
Qa
dim gi xalq lar dan qolgan yodgorliklar
”, “
Hin dis ton
”, “
Mine
ralogiya
”, “
Geode ziya
” kabi yirik asarlari shular jumlasi dan-
dir. U o‘zining astronomiyaga oid asar
larida
Kopernik
dan
qa riyb besh asr muqad dam Yerning Quyosh atrofida ayla ni-
shi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari sur-
di.
Beruniy
yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab
berdi. U
1029
ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd
etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kar-
tasini tuzgan.
Beruniy
yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin
Amerika qit’asi mavjudligini taxmin qilib, o‘z asarlarida bir
necha bor yozgan. Beruniyning g‘arbiy yarim sharda katta
quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri XV–XVI asrlarda o‘z
tasdig‘ini topdi.
Beruniy
Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda
yangi usul – matematik usulni ishlab chiqdi. U birinchi bo‘lib
Yer shari globusini yaratgan.
Beruniy
ning ilmiy va falsafiy
ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga
qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: