O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Amir Temur 1370-yil iyul



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Amir Temur
1370-yil iyul 
oyida Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. 
Qurultoyda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo‘shin 
tuzish masalalari muhokama etiladi. 
Samarqand
davlat 
poytaxti deb e’lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, 
qal’alar hamda saroylar barpo etishga kirishiladi. Bu imoratlar 
Samarqand mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilganidan keyin 
150 yil o‘tgach, birinchi marta bunyod etilgan umummamlakat 
miqiyosidagi inshootlar edi. 
Amir Temur
mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy 
etadi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi. 
U yirik harbiy bo‘linmalar boshliqlarini va sipohsolorlarni 
tayinlaydi. 
Amir Temur
taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha 
yerlariga o‘zini voris deb bildi. Sohibqiron Sirdaryoning quyi 
havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini 
va Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. 
Amir Temur
1372-yil
dan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi 
va Xorazm 
1388-yil
da uzil-kesil bo‘ysundirildi.
1381-yil
da 
Hirot, Seyiston, Mozandaron 
egallandi. Shundan 
so‘ng 
Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor 
shaharlari jangsiz 
Amir 
Temur
ga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi. Shunday qilib, 
Amir Temur
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, 
yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi 


116
xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega 
bo‘ldi.
1. 
Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasidagi nizo qanday 
yakun topdi?
2. 
1370-yilning 11-aprelida o‘tkazilgan qurultoyning tarixiy 
aha miyati nimadan iborat?

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin