Shohrux ni
tan olardi. Shuning uchun ham mamlakat notinch edi.
Shayx Nuriddin Turkiston bilan qanoatlanmaydi.
1410- yil 20-aprel da Samarqand yaqinida
Qizilravot mavzeyi da
Shayx Nuriddin boshchiligidagi isyonkor ittifoqchilar bilan
Mirzo Ulug‘bek qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda
Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi.
Shohrux Samarqandga yetib kelib,
Shayx Nuriddin isyonini
bostiradi.
Ulug‘bek_qo‘liga_o‘tadi.__Ulug‘bek_1414-yil'>1412-yil dan boshlab Movarounnahr va Turkistonni
to‘liq boshqarish 18 yashar Ulug‘bek qo‘liga o‘tadi.
Ulug‘bek 1414-yil da Farg‘ona va Koshg‘arni egallaydi.
1413-yil da
Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O‘rda xonlari
tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug‘bek davlatining g‘arbiy va
janubiy chegaralarining xavfsizligi barqarorlashgan bo‘lsa-da,
ammo uning shimoli g‘arbiy va shimoli sharqiy tomonlari hali
xavotirli edi. Shu sababli
Ulug‘bek Dashti Qipchoqda bosh-
lan
gan o‘zaro nizoga hamda Mo‘g‘ulistonda avj olgan ichki
kurashlarga jiddiy e’tibor berishga va aralashishga majbur
bo‘la di.
Ulug‘bek otasining rizosi bilan
1425-yilning erta bahori da
Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlaydi.
Issiqko‘l yaqinida sodir
bo‘lgan to‘qnashuvda
Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba
qozonadi va mahalliy muxolafatchi kuchlarni bartaraf etib, mam-
lakat sharqiy chegaralarini mustahkamlaydi. Qo‘lga kiritilgan
o‘ljalar orasida ikki bo‘lak
nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik
bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabrtoshi yasattirildi.
Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan bu urushda