O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

1408-yil 22-aprel
kuni Qoraqo‘yunli turkmanlarning 
qabila boshlig‘i 
Qora yusuf 
bilan bo‘lgan jangda 
Mironshoh
halok bo‘ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar 
qo‘lidan ketadi.
1409-yil 
bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada kes-
kinlashadi. 
Amir Xudoydot
O‘ratepa va Shohruxiya shaharlarini 
osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. 
Sheroz yaqini
dagi Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan 
jangda 
Xalil Sulton 
qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zi esa 
asirga olinadi.
Shohrux hokimiyatining qaror topishi.
 
Shu davrda 
Xuro 
sondagi amirlar isyonini bostirishga ulgurgan 
Shohrux
endi 
likda butun e’tiborini Movarounnahrga qaratadi. Chunki 
u ota yurtidagi hodisalarga loqayd qaray olmasdi. 
1409-yil 
25-aprel
da u Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish 
qiladi. Qariyb besh yil davom etgan o‘zaro kurash va isyonlar 
xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Temuriyzodalar 
va amirlar o‘rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida 
Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko‘pgina 


133
tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. Shu bois Movarounnahrdagi 
beboshliklarga chek qo‘yilib, Movarounnahr va Xurosonda 
o‘z hukmronligini o‘rnatadi hamda mamlakatda tinchlik va 
osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladi.
Shohrux
ning uzoq hukmronligi davrida Amir Temur salta-
natining asosiy qismi uning qo‘li ostida saqlanib qolsa-da, 
ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo‘lingan edi. Ulardan 
biri Amudaryodan janubda joylashgan 
Shohrux
boshchiligidagi 
davlat bo‘lib, uning markazi 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin