143
Shunday qilib,
Ulug‘bek
zamonida mamlakatda ichki va
tashqi savdoning kengayishi hunarmandchilik mahsulotlarining
hajmini oshirib, kasb-hunar tarmoqlarining rivojida asosiy
omillardan biriga aylandi.
Dehqonchilik va chorvachilik.
Mamlakatda tez-tez sodir
bo‘lib turadigan o‘zaro ichki urushlarga qaramasdan,
XV asr-
da ham Movarounnahr va Xuroson qishloqlarida birmuncha
obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Xususiy sohibkorlarning
dashtliklarda yangi yerlarni o‘zlashtirish,
kanallar qazib, bog‘
ko‘kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug‘orib,
obod etish kabi mehnatlari qo‘llab-quvvatlanadi. Hatto bunday
sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to‘lovlardan
ozod etiladi.
Xo‘jalikning iqtisodiy hayotida, ayniqsa, yaylov chorva-
chiligi:
yilqichilik, tuyachilik
hamda
qoramolchilik
muhim
o‘rin tutgan.
yer egaligi.
XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda
avvalgidek yer va mulkchilikning asosan to‘rt shakli:
“mulki
devoniy”
,
“mulk”
,
“mulki vaqf”,
“jamoa yerlari”
bo‘lgan.
Sug‘oriladigan yerlarning eng katta qismi davlat mulki
hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori
sulton yoki amirlar egalik qilardi.
Temuriylar davrida davlat yerlarini
“suyurg‘ol”
tarzida
in’om qilish keng tarqaladi. Suyurg‘ol
egalari tobeligini
kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba’zan ular
tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning
haq-huquqlarini cheklab, bo‘ysunmagan taqdirda suyurg‘ol
huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi.
Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga
yaxshi
xizmati uchun
tarxonlik yorlig‘i
berish an’anaga
aylanadi. Tarxonlik yorlig‘ini olgan mulkdorlar barcha soliq,
to‘lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig‘i
odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va
boshqa
yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan
mulkdor ismiga “tarxon” martabasi qo‘shib aytilgan.
144
XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko‘p yer va suv
masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va
mozorlarga biriktirilib,
bunday yerlar
“mulki vaqf”
deb atalgan. Odatda yer va suvdan
tashqari ko‘plab do‘kon, korxona,
tegirmon, objuvoz, bozor
rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan
daromad masjid, madrasa, tabiblar uyi va xonaqohlarning
ta’miri, jihozi, mutavalli, mudarris,
tabib va talabalarga
beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va
shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun sarf etilgan.
Dostları ilə paylaş: