146
VI BOB. XIV–XV ASRLARDA FAN VA
MADANIyATNING ZAMONAVIy SIVILIZATSIyA
RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIyATI
40-§. TA’LIM TIZIMI
Tayanch tushunchalar: Madrasai umumiy, Madrasai oliya.
Madrasalar faoliyati.
Temur va temuriylar davrida mad-
rasa oliy ma’lumot beradigan markaz vazifasini bajargan.
Mo
va
rounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand
shaxs larning mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor
edi. Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonun-
shu noslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya
(handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, adabiyot,
she’ riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya)
o‘qi tilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishgan.
Ular ga alohida ish haqi to‘lanar edi.
1404-yil
da Saroymulkxonim Samarqandda shunday madrasa
qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi boshqa
inshootlardan ajralib turardi. Unda o‘z davrining mashhur
olim lari mudarrislik qilganlar.
Hirot hududining o‘zidagina 36 ta madrasa bo‘lib, bu mad-
rasalarda va shu hududda joylashgan xonaqohlarda ta’lim olish
uchun turli mamlakatlardan talabalar kelar edilar.
Hirot tevaragida joylashgan amir Feruzshoh madrasasi va
xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi. Injil anhori bo‘yida
joylashgan Ixlosiya madrasasi va Xalosiya xonaqohi Husayn
Boyqaro hukmronligi davrida barpo qilingan.
O‘qitish tanlov asosida olib borilib, har oylik tanlovda
bo‘sh talabalar tushirib qoldirilib, o‘qishni faqat kuchlilar
davom ettirishgan.
Ulug‘bek farmoni bilan
Dostları ilə paylaş: