Qo‘zg‘olonlarning boshlanishi. Bunday qo‘zg‘olonlardan
biri
720-yil da Sug‘dda boshlandi. Qo‘zg‘olonga
Sug‘d ixshidi G‘urak va
Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar.
Sug‘dliklarga yordam berish uchun
yettisuv dan turk lash-
karlari keladi. Sug‘ddagi barcha hokimliklar aholisi ko‘tariladi.
Qo‘zg‘olonchilarning birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba
beradilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qol -
gan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘z-
g‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar.
Qo‘zg‘olonchilarga yon berilishi. Movarounnahr aholisini
tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida
Xuroson noibi
Ashros Islom dinini qabul qilganlardan
xiroj va
jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinch-
lantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon deh-
qonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni
qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar.
Xurosonning yangi noibi
Nasr ibn Sayyor (738–748)
mam
lakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida
moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar
jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan
tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning
xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi.
Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor deh-
qon lar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. Ayni
vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga
uylanadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy
zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela
boshladi. Ammo bu ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq