O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida.
Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda 
sifatida O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim 
o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi 
bilan bir qatorda 
“Sohibi jahon” 
hamda 
“Sohibi adl” – “Ado lat 
sohibi” 
nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro YUNeSKO tash-
kilotining tashabbusi bilan 
1996-yil
da Toshkent, Samarqand 
va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi 
keng miqyosda nishonlandi va shu yil O‘zbekistonda “Amir 
Temur yili” deb e’lon qilindi. 
Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan 
uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor 
o‘zlarining bir geosiyosiy maydonda yashayotganliklarini his etdilar. 
Bu, xususan, bugun juda muhim. Chunki insoniyat shuni 
tushundiki, biz hammamiz bir-birimizga chambarchas bog‘liq, o‘zaro 
aloqadorlikda yashar ekanmiz, demak, endi yangi va xavfsiz dunyo 
tartiboti o‘rnatish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.
I.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti
1402-yil
da jahonga, ayniqsa, Bolqon yarimoroli hamda 
Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarga tahdid solgan Turkiya 


129
sulton 
Boyazid I Yildirim
tor-mor keltirilganidan so‘ng, 
fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib, 
ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan. 
Bugun bu ulug‘ zotni buyuk bunyodkor, ulug‘ davlat arbobi, 
mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida butun 
dunyo tan oldi. Davlat arboblari, olim-u fozil kishilar hazrat 
sohibqiron haqida iliq fikrlarni aytmoqdalar, uning hayoti va 
faoliyatiga yuksak baho bermoqdalar. 
Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning fao-
liyatiga qiziqishi XVI asrdan boshlangan edi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin