O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Mahmud izmiga bo‘ysundirilgan edi.  Mahmud



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Mahmud
izmiga bo‘ysundirilgan edi. 
Mahmud 
Yalavoch
shularga suyanib mo‘g‘ul xoqonlari talabini ijro qilar 
va o‘zining cheksiz hukmronligini amalga oshirar edi.
Soliq turlari. 
Chig‘atoy xonlari markaziy hokimiyat xazi-
nasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo‘ravonlik bilan undirib 
olishar edi.
Ziroatchilardan olinadigan yer solig‘i bu davrda 
“kalon” 
deb yuritilgan. Chorvadorlarga esa 
“qopchur” 
solig‘i solingan. 


83
Davlat xazinasi uchun 
“shulen” 
nomi bilan yuritilgan oziq-
ovqat solig‘i ham undirilgan. “
Shulen
” har bir podadan ikki 
yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida 
olingan.
Hunarmandlar va savdogarlardan 
“targ‘u” 
solig‘i undirilgan. 
Targ‘u
ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning 
o‘ttiz dan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari, aho-
liga 
tuz solig‘i, jun 
va 
kumush solig‘i 
solingan.
Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan 
barot 
(ijara) tarti-
bida avvaldan bir yo‘la to‘lab yuborilardi, so‘ngra ular aho-
lidan yig‘ib olinardi. Aholidan yig‘ib olish paytlarida soliqlar, 
shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.
Zo‘rlik, jabr-zulmning nihoyatda kuchayishi, xilma-xil maj-
bu 
riy to‘lov va yig‘imlarning haddan tashqari ko‘pligi mo‘-
g‘ul 
lar 
ga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga 
qarshi xalqning bosh ko‘tarishiga olib keldi. Shunday qo‘z-
g‘olonlardan biri Buxoro vohasidagi 
Torob
qishlog‘ida ko‘ta-
rilgan xalq qo‘zg‘oloni bo‘ldi.
Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin