O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 11,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/175
tarix19.12.2023
ölçüsü11,63 Kb.
#185656
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   175
tarix7uz

Buxoro

Poykand

Sug‘d 
hukm dorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olindi. 
Xalifalik qo‘shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb 
etdilar.
Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar 
undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. 
Marv

Poykand

Buxoro 
va 
Samarqand 
kabi shaharlarda 
shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va 
ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo‘shatib beriladi. 
“Xiroj”

“ushr”

“zakot”

“jizya” 
kabi soliqlar joriy etiladi.
Islomga da’vat etish.
Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan 


32
siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini 
ta’ minlash uchun Islom dinini da’vat etishga, aholi o‘rtasida 
islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular 
shu davrgacha Movarounnahrda mavjud bo‘lgan dinlarga 
qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron 
etilib, ularning o‘rniga jome masjidlari bino qilinadi. Masalan, 
Qutayba
Buxoro shahrining markazida joylashgan zardush tiylar 
ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, sug‘diy yozuv da bitilgan 
asarlarni yo‘qotdi. Mahalliy aholini Islom diniga kiritishga harakat 
qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto 
2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi. 
Aholini islomlashtirish yo‘llari.
Islom dinini qabul qilib, 
musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda 
xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilma-
ganlardan esa jon solig‘i – 
jizya 
undirilib olingan. Soliqlarni 
o‘z vaqtida to‘lamagan kishilarning bo‘yinlariga 
“qarzdor” 
deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi. Mahalliy davlat 
boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini 
saqlab qolish maqsadida Islom dinini qabul qilgan. Islomni 
qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilgan 
yoki tovon to‘lagan. Bunday tadbir va cho ra lar Movarounnahr 
aholisi o‘rtasida Islom dinining tez tar qalishiga yordam bergan.
Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy 
e’tiqodiga o‘z ta’sirini o‘tkaza olganlar. 
Xalifalik tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqi-
ba tida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, madaniyati 

Yüklə 11,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin