VII asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davr
da
Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi.
Abruy boshchiligidagi qo ‘
zg ‘
olon. Turk xoqonligi davri-
da O‘rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jara-
yoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. O‘z yer mulkidan ajral-
gan kashovarzlar mulk dor dehqonlar asoratiga tushib, qaram
kadivarlarga ayla
nadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va deh
qonlar
asoratiga qar shi aholi bosh ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Shunday
xalq qo‘z
g‘olonlaridan biri
585–586-yillar da Buxoroda yuz
beradi. Qo‘z
g‘olonga xoqon xonadoniga mansub
Abruy boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olondan vahimaga tushgan mulkdor
dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib,
Tur kiston va Taroz atrofiga borib o‘rnashadilar. Ular turk
xoqo
niga muro
jaat qilib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda
yordam be rishni so‘raganlar. Turk xoqoni
Qoracho‘rin o‘g‘li
Sheri Kish var (El Arslon) boshliq qo‘shin yuboradi.
Abruy o‘ldi rilib, qo‘zg‘olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o‘z
xo‘ja yinlari – dehqonlarga qaytariladi.
1. Mustahkam markazlashgan davlatga xos asosiy belgilarni
ayting.
2. Sharqiy va G‘arbiy turk xoqonliklarining o‘xshash jihatlarini
aniqlang.
3. G‘arbiy turk xoqonligiga qaysi hududlar kirgan?
4. Xoqon To‘ng yabg‘u davrida qaysi sohada islohot o‘tkazi ladi?
5. Ayting-chi, nega Turk xoqonligidagi aholining hayoti va xo‘-
jaligi turlicha bo‘lgan?
6. Nima sababdan Buxoroda xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi? Uning
oqibati nima bilan tugadi?